Pedagogik aksiologiya




Download 296,16 Kb.
bet50/59
Sana02.02.2024
Hajmi296,16 Kb.
#150387
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59
Bog'liq
Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

167




ifodalaydi. Odamlaming xulq-atvori, yurish-turishi, muomalasi va tafakkur tarzi orqali namoyon bo‘ladi.
Umummadaniy qadriyatlar tufayli xiyobonlar, sayilgohlar, o‘yingohlar, tomoshagohlar, san’at saroylari, ziyoratgohlar, maktablar, madrasalar, kutubxonalar, madaniyat markazlari kabi muassasalarda xalqaro ahamiyatga ega boMgan nufuzli tadbirlar, turli millat xalqlarini birlashtirgan anjumanlar tushuniladi.
Umuminsoniy qadriyatlar bu millatni, elatni tashkil qiluvchi kishilaming milliy madanyatini, merosini, qadriyatlarini, urf- odatlarini, an’analarini o‘zlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish bo‘lib, u milliy ong va milliy o‘zlikni anglashning subyektidir.
Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalaming, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha.
Qadriyatlar - jamiyatda kishilar o‘rtasida obro‘ga, e’tiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga ega kishilar, munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi.
Qadriyatli ustanovka - shaxsning o‘z ichki pozitsiyasini anglashi va aniq qadriyatlar bilan bog‘liqlikda faoliyatga tayyorlik darajasi.
Qadriyatli yo‘nalganlik shaxs yo‘nalganligining mazmunli tomonini, uning borliqqa munosabatini aks ettiradi. Shu bilan birga, qadriyatli yo‘nalganlik subyekt uchun shaxsiy ahamiyatga ega ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liqlikda atrof-borliqqa subyektning bahosi sifatida qaraladi.
Qadriyatning naturalistik nazariyasi (qiziqishlar nazariyasi, tadrijiy etika, kosmik teologik etika) qadriyat ostida inson tabiiy ehtiyojlari, yoki yaxlitlikda tabiat qonunlarining aks etishini ko‘radi. Masalan, qiziqishlar nazariyasi tarafdorlari narsa-hodisalaming qimmatini insonning unga qiziqishidan kelib chiqib belgilaydi (R.Peri, D. Parker (AQSh), F. Tennant (Angliya).
Huquqiy qadriyatlar - bu jamiyat va madaniyat, davlat va huquq yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etib, har bir kishida huquqiy bilim, tafakkur va dunyoqarashni shakllantiradi. Tenglik, erkinlik,


168




birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, insonning o‘z xohSsh- irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, bar-cha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruv—ida qonun ustunligi - huquqiy qadriyatlar hisoblanadi.
Shaxsiy-pedagogik qadriyatlar ijtimoiy-psixologik ta’Zlim sifatida yuzaga chiqib, ularda o‘qituvchi shaxsining maqsadl^ari, motivlari, ideallari va boshqa dunyoqarashga oid xususiyatlari ^aks etadi.


169



Download 296,16 Kb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59




Download 296,16 Kb.