|
Pedagogik aksiologiya
|
bet | 35/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш148
ehtiyojning real dunyoni bilish uchun bilimlarni taqqoslashni nazarda tutadi, bu esa mana shu mavjud ehtiyojni qondirish uchun vositalami tanlashga yordam beradi. Ikkinchi bosqichda ehtiyoj - real bir kuchdir, u insonning aniq bir faoliyatini boshqaradi. Bu yerda ehtiyoj bilan mazmun aniqlashtirilib olinadi, u esa aynan tashqi reallikdan kirib keladi.
0‘z navbatida, ehtiyoj faoliyatni jadallashtiradi va o‘zining aniq natijasi bilan yakunlanadi. Avvaliga u sharoit sifatida maydonga chiqadi, biroq talaba harakat qilishni boshlashi bilan birga uning transformatsiyalanishi va ehtiyojning «o‘zida» bo‘lmay qolishi yuzaga keladi. Qanchalik faoliyat rivojlansa, shunchalik uning ko‘zda tutilgan holati natijaga aylanib boraveradi.
Shuning uchun faoliyatni ehtiyojlarning qondirilishi va kelib chiqishi orqaligina to‘g‘ri tushunib olish mumkin. U bir vaqtni o‘zida mavjud ehtiyojlarni qondirish jarayoni va yangi ehtiyojlarni yaratish sharoiti, shu bilan birga mavjud subyekt va obyekt o‘rtasidagi qarama-qarshilik yechimi jarayoni va yangining paydo bo‘lishini nazarda tutadi.
Ehtiyojlar kelajakka yo'naltirilgan bo‘lib, natijada hayotiy faoliyat namunasini dasturlashtiradi. Ehtiyojlar o‘zining regulyatorlik funktsiyasiga ko‘ra, o‘zida muhim ahamiyatliligi yuqori bo‘lgan shaxs rivojlanishi mezonini aks ettiradi.
Ehtiyojdan maqsadni shakllantirishga o‘tish o‘z-o’zidan amalga oshirilmaydi. Ehtiyoj va maqsad motivni birlashtiradi. Ehtiyojlar motivga nisbatan birlamchidir, ular esa aynan kelib chiqqan ehtiyoj asosida shakllanadi. Faollik ehtiyojlaming o‘zidan kelib chiqmaydi, balki subyektning mavjud holati, shart-sharoiti o‘rtasidagi ziddiyatga bog‘liqdir. Aynan shu qarama-qarshilik (ziddiyat) faoliyatni rag‘batlantiradi (stimul), va shart-sharoitlarning o‘zgarishi yoki saqlab qolinishiga kurashishga undaydi.
0‘quvchilarda qadriyatlar tizimini shakllantirish maqsadga yo‘naltirilgan trening mashg‘ulotlari, pedagogik-psixologik o‘yinlami samarali tashkil etishga ko‘p jihatdan bogMiq. Quyida ayrim o‘yin va trening mashg‘ulot!arini keltirib o‘tamiz.
149
«Qadriyatlar» o‘yini. Ishtirokchilarga oltita varaq tarqatilib, mana shu qog‘ozlarga ajdodlar tajribasida o‘z ifodasini topgan qadriyatli tasavvurlarni ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra yozib chiqishlari so‘raldi. Keyin varaqlar shunday aralashtirilishi, ya’ni eng qadrli narsa yozilgan varaq oxirida turishi kerakligi aytildi. Boshlovchi ishtirokchilarga qandaydir hodisa ro‘y berib, birinchi varaqda yozilgan qadriyatdan mahrum boMganliklarini his qilib ko‘rishlarini taklif etdi. So‘ngra boshlovchi ishtirokchilardan shu qadriyat yozilgan qog‘ozni g‘ijimlab uloqtirishni va hayotni ana shu qadriyatsiz tasavvur qilib ko‘rishlarini so‘radi.
Shu tariqa har bir qadriyatdan voz kechib boriladi. Sh‘undan so‘ng ishtirokchilarga qadriyatdan ajralayotgan vaqtda qanaqa hissiyot, qanaqa tuyg‘uni his qilganligini eslash taklif etildi. Keyin boshlovchi mo’jiza ro‘y berib, qadriyatlarni birma-bir qaytarish imkoniyati tug‘ilganligini e’lon qiladi va talabalar g‘ijimlangan qog‘ozlami birma-bir qaytarib oldilar. So’ng ishtirokchilardan qadriyatlarni yo‘qotilgan vaqtdagi holati va g‘ijimlangan qog‘ozlarga yozilgan holatini solishtirib, yo’qotilgan paytdagi qadriyatli tasavvurlarni hozir ham xuddi shunday qadr-qimmatga egami yoki yo‘qmi ekanligini so‘raydi. Guruh a’zolaridan ba’zilari qadriyatlarni ahamiyatiga ko‘ra o‘rinlarini almashtirganliklarini ham ma’lum qilishadi. Mashg‘ulot so‘nggida boshlovchi natijalarni muhokama qilib, xulosalami bayori etdi.
«Men hech qachon ...maganman» o‘yini.Mazkur o‘yin jarayonida o‘quvchilarga mavjud qadriyatlar tizimidan foydalanib, ularning shaxsiy ahamiyatini o‘zlarida namoyon eta olishlari so‘raladi. Ishtirokchilar navbatma-navbat «Men hech qachon ....maganman» degan jumladan iborat gap aytishlari lozipriligi belgilab qo‘yiladi (masalan, «Men hech qachon yolg‘on gapirmaganman», «Men hech qachon o‘zimdan kattalarga tik qarab gapirmaganman», «Men hech qachon haqoratli so‘zlami ishlatmaganman» va h.k.). Qolgan talabalar esa, aytilayotgan gaplar, • agar ular uchun noto‘g‘ri bo‘lsa barmoqlarini bukib boradilar. Ya’ni, masalan, biror o‘quvchi haqoratli so‘zlarni ishlatsa, bitta barmog‘ini bukadi, keyingi ishtirokchi tomonidan aytilgan gap ham
|
| |