Pedagogik aksiologiya




Download 296,16 Kb.
bet33/59
Sana02.02.2024
Hajmi296,16 Kb.
#150387
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

146




shaxsning qiziqishlari va qobiliyatlarini pedagogik faoliyat tavsifiga muvofiqligi, kasbiy o‘sish va boshqalar).
Shuningdek, pedagogika fanlari doktori professor N.M.Egam- berdievaning fikricha, pedagogik faoliyatga doir qadriyatlar peda- gog nuqtai nazarini ham belgilab beradi.
Pedagogning nuqtai nazari - bu uning faolligining manbai hisoblangan olamga, pedagogik voqelik, pedagogik faoliyat va xususiy holatlarga irodaviy va hissiy-baholovchi munosabati. Bu bir tomondan, jamiyatning unga qo‘yadigan va taqdim qiladigan talablari, umidlari, imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Boshqa tomondan esa, uning doirasida ichki, shaxsiy faollik manbalar - mayllar, kechinmalar, faoliyat motiv va maqsadlari, qadriyatlar tizimi, dunyoqarash, ideallar amal qiladi.
Pedagogning nuqtai nazarida uning shaxsi, ijtimoiy yo‘nalishi tavsifi, fuqarolik xulq-atvori va faoliyati namoyon bo‘ladi.
Pedagogning ijtimoiy nuqtai nazari umumta’lim maktabi chogMaridayoq, qarashlar, qadriyatlar tizimi tarzida shakllanib, rivojlanib boradi. Ularning asosida kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagoglik kasbiga, pedagogik faoliyatning maqsad va vositalariga nisbatan qadriyatli munosabat tarkib topadi. Pedagogik faoliyatga nisbatan qadriyatli munosabat, keng ma’noda o‘qituvchi shaxsining negizini tashkil etuvchi yo‘nalganlikni ifodalaydi.
Pedagogning ijtimoiy nuqtai nazari ko‘p jihatdan uning kasbiy qarashini ham belgilab beradi. Biroq, bu yerda hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘Iiqlik yo‘q, chunki tarbiya doim shaxsga ko‘rsatiladigan o‘zaro ta’sirlardan hosil bo‘ladi. Pedagogning kasbiy nuqtai nazarini tanlanishida ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ular orasida hal qiluvchi rolni kasbga doir me’vorlar, shaxsning individual-tipologik xususiyatlari, temperament va xarakteri egallaydi.
0‘quvchilarda qadriyatlar tizimini shakllantirishning samarali yo‘Ilari. Aksiologik yondashuv asosida insonning o‘z- o‘zini kamolotga yetkazib borishining quyidagi jihatlarni hisobga olish bilan bog‘liq:



Download 296,16 Kb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Download 296,16 Kb.