|
Pedagogik aksiologiya
|
bet | 37/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш151
«Qadr-qimmat tuyg‘usi» treningi.
Treningni maqsadi: o‘quvchilarda o‘z-o‘zini namoyon etish, o‘z-o‘zini baholash va boshqalar bilan aks aloqaga kirisha olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Materiallar: vatman qog‘ozlari, markerlar.
Treningning borishi:
Dastlab barcha o‘quvchilar bir varaq qog‘ozga o‘zining alohida jihatlari ro‘yxatini tuzishadi.
So‘ng trener ularning biridan o‘zining alohida jihatlari ro‘yxatini o‘qib berishni so‘raydi.
0‘quvchi o‘z ro‘yxatida yozilganlarini o‘qib bo‘lgach, trener boshqa o‘quvchilar orasidan mazkur o‘quvchi haqida fikr bildirishlarini so‘raydi, ya’ni aks aloqa vaziyati vujudga keltiriladi.
0‘quvchilar aks aloqa jarayonida quyidagilarga rioya qilishlari shart:
aks aloqani Sizdan biror o‘quvchi haqida so‘rashganlaridagina bering;
fikr va tuyg‘ularingiz haqida gapirayotib, ulami keltirib chiqargan aniq so‘z va xatti-harakatlami tilga olib o‘ting;
boshqani xafa, yoki haqorat qiladigan tarzda gapirmang;
baho bermang;
maslahat bermang: «Sening o‘mingda boisam,...», «Sen ... qilishing kerak» kabi jumlalami ishlatmang.
Mazkur vaziyat so‘nggi ishtirokchi o‘z ro’yxatida yozilganlarini o‘qib berib, unga aks aloqa ko‘rsatilguniga qadar davom etadi.
«Proektiv rasm» treningi. Hammadan ikkita rasm ishlash so‘raladi: «men qandayman» va «men qanday bo‘lishni istayman». Rasm ishlashga besh daqiqa ajratiladi. Rasmlar imzolanmaydi. Rasmning texnik jihatlari muhim emas. Hamma rasmlar xona o‘rtasida yoyiladi. Keyin bittasi tanlab olinadi. Hammaga ko‘rinadigan qilib qo‘yiladi. Keyin hamma navbat bilan nimani ko‘rayotganini aytadi. U yerda nima chizilgani va nimani his qilganini, rasm ishlagan kishi, uningcha, o‘zini qanday ko‘rayotgani va qanday ko‘rishni istayotgani(nimani o‘zgartirmoqchi ekani)
|
| |