• Siyosiy ong
  • Siyosiy xulq-atvor
  • Pedagogik aksiologiya




    Download 296,16 Kb.
    bet13/59
    Sana02.02.2024
    Hajmi296,16 Kb.
    #150387
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
    Bog'liq
    Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

    Siyosiy tajriba:

    1. xalqning o‘ziga xos milliy-ma’naviy qadriyatlari;

    2. mentalitet;

    v) tarixiy xotirasi va an’analari;
    g) milliy davlatchilikni amalga oshirish tajribasi hamda milliy qadriyatlridan kelib chiquvchi siyosiy maqsadlaridir.
    Siyosiy ong:

    1. mafkuraviy, g‘oyaviy komponent;

    2. emotsional-psixologik komponentlardan iboratdir.

    Siyosiy xulq-atvor:

    1. siyosiy vaziyat, siyosiy jarayondagi xatti-harakat, faoliyat yo‘nalishi;

    2. ijtimoiy-siyosiy faoliyat uslubining namunalari, turlarining xususiyatlaridir.

    Huquqiy davlat, fiiqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti - bu qonunlami so‘zsiz bajarilishidir. Qonun va qonun osti aktlarini amalda tatbiq qilish, aholining huquqiy madaniyati darajasi bilan, davlat organlari va jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar va fuqarolaming huquqi bilan bogMiqdir. Kishilarning tafakkuri qanchalik yuqori bo‘lsa, qonun buzilishi hollari shunchalik kamroq bo‘ladi va qonunchilik mustahkamlana boradi. Qonunchilikning mustahkamlanishi esa aholi huquqiy tafakkurini oshiradi. Huquqiy tafakkur yuritish saviyasini yetarli darajada ko‘tarmasdan turib


    67


    qonunchilikni takomillashtirishga, qonun ustuvorligiga erishish mumkin emas.


    Huquqiy tafakkur - shaxs huquqiy madaniyatining yuksak ko‘rinishi bo‘lib, huquqiy voqelikni anglash, huquqiy munosabatlarga erkin kirisha olish, huquq doirasida xatti- harakatlarni amalga oshira bilish hamda huquqiy faollikka qobiliyatlilikdir.
    Huquqiy tafakkur murakkab tuzilishga ega bo‘lib, u quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq va aloqador tarkibiy qismlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi: huquqiy ong, huquqiy munosabat, huquqiy faoliyat, huquqiy madaniyat.
    Huquqiy ong shaxs ongida, jamiyat g‘oyalarida namoyon bo‘lgan huquqdir. Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar, tasavvurlar, baholar, his-tuyg‘ular va ma’naviyatning boshqa tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.
    Ma’lumki, huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari to‘g‘risidagi g‘oyalar, qadriyatlami o‘z ichiga olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni huquqning emotsional qabul qilinishi bilan bog‘liq.
    Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik normalami amalga oshirishning, huquq amal qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq «yashaydi», amal qiladi. Huquq subyektlarining huquqiy imkoniyatlari va yuridik majburiyatlarini amalga oshirishning haqiqiy manzarasini aynan huquqiy munosabatlaming yuzaga kelishi ko‘rsatadi. Huquqiy munosabatlar subyektlarining huquqiy pozitsiyasi va /no‘ljallari, yuridik sohadagi tashabbuslari va faolliklari, xatti-harakatlari yuridik shakllarini afzal bilish darajasi birgalikda ularning huquqiy madaniyatini belgilab beradi.


    68




    Huquqiy faoliyat - huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og‘ishmay amal qilish, qonunlami hurmat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo‘naltirilgan amaliy xatti-harakatlar majmui.
    Huquqiy madaniyat - bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, u eng avvalo, huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o‘zlashtirishni; umumiy madaniy asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar, tarixiy xotira, urf-odatlar va an’analarni; aholi tomonidan qonunlami bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori darajasini, ular nufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huquqni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaxslaming qonunga itoatkorligini talab etadi.
    Jamiyatimiz ijtimoiy hayotida muruvvat va saxovatpeshalik muhim o‘rin tutadi. Mazkur ijtimoiy qadriyatlar zamirida insoniylikni saqlash, o‘z shaxsiy manfaatlariga berilmaslik, o‘zgalar manfaatini hisobga olish, el-yurt, davlat va jamiyat muammolarini hal etishda faollik ko‘rsatish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhit yaratish kabi yuksak tushunchalar o‘z aksini topgan. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Jamiyatimizda insonparvarlik, mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlashda mazkur tushunchalar- ning ahamiyati kattadir».
    Muruvvat va saxovat Sharq xalqlari hayotida milliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. «Muruvvat» so‘zi mardlik, odamgarchilik ma’nolarini ifoda etsa, «saxovat» esa saxiylik, qo‘li ochiqlik ma’nolarini bildiradi. Saxovat tushunchasi o‘zida quyidagi ma’nolami ifoda etadi: 1) oliyhimmatlilik, saxiylik; himmat qilish; yordam qo‘lini uzatish; himmat bilan ehsonu in’omlar ulashish; 2) ko‘chma ma’noda tabiiy boylik; mo‘l hosil; to‘kinlik, mo‘l-ko‘llik. Saxovatlilik insonga xos bo‘lgan xususiyatlaming eng oliyjanobidir.


    69




    Saxovatlilik sidqidildan qilingan yaxshilik bo‘lib, u beminnatlilikning nishonasidir. Muruvvat - insonparvarlik, biror kishiga qilingan xolisona insoniy yordam, yaxshilik, saxovat, lutf. Muruvvat saxovatli, mehr-muhabbatli, oqibatli insonlaming nafaqat o‘z tashvishi bilan, balki o‘zgalar tashvishi bilan yashashida, ularning kimgadir moddiy va ma’naviy ko‘maklashishi, xayru ehson qilish, ko‘nglini ko'tarish singari insoniy xatti-harakatlarida "namoyon bo‘ladi. Bunday insonlar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan muhtojlarga, nogironlarga, yetimlarga moddiy yordam berish bilan birga, bu kabi ezgu amallami bajarishni o‘z insoniy burchi deb biladi. Muruvvat insondagi eng yaxshi fazilatlar ifodasi, jo‘mardlik belgisi bo'lib, u turli shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) g‘arib va ojiz kishilaming ko‘nglini ko‘tarish; yetim-yesirlar, keksa va nogironlarning boshini silash, topgan boyligidan bir qismini nogironlarga ulashish va boshqalar. Demak, muruvvat moddiy yordamdangina iborat emas, aslida mardlik va oliyjanoblikning har qanday ko‘rinishi muruvvatdir. Bilmasdan noto‘g‘ri ish qilgan kishini kechirish, yoshlarning xato va kamchiligini bilib-bilmaslikka olish, ammo mavridi kelganda, buni nozik ishoralar bilan tushuntirib qo‘yish kabilar ham muruvvatning bir ko‘rinishidir.
    Bugungi kunda axloqning umuminsoniy tushunchalari sifatida e’tirof etilgan ezgulik va yovuzlik, vijdon, muhabbat, burch va qadr- qimmat, hayot mazmuni va baxt tushunchalari eng avvalo, Sharq falsafiy-axloqiy ta’limotida talqin qilib berilgan. Mashhur faylasuf- axloqshunos olim G.A.Golubevaning fikricha: «Mutaxassislar axloq masalalari bo‘yicha talqinlar miloddan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida bir vaqtda va bir-biridan mustaqil bo‘lgan uch hududda - Qadimgi Xitoy (Konfutsiy), Qadimgi Hindiston (Budda) va Qadimgi Yunoniston (yetti donishmand) paydo bo‘ldi». Mazkur fikrga qo‘shilgan holda, unga qisman to‘ldirish va o‘zgartirish kiritish lozim: «Axloq masalalari bo‘yicha talqinlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalarida bir vaqtda va bir-biridan mustaqil bo‘lgan to‘rt hududda - 0‘rta Osiyo (Zardo‘sht), Qadimgi Xitoy (Konfutsiy), Qadimgi Hindiston (Budda) va Qadimgi Yunoniston (yetti donishmand) paydo bo‘ldi». Bunday fikr


    70




    yuritishga o‘ziga xos asoslar mavjud. Jumladan, nemis faylasufi Artur Shopengauming «Ko‘pgina dinlarga Zardo‘shtiylik asos bo‘lgan, masalan, bu dindan Yahudiylik kelib chiqqan: Ormuzd - Yaxvega, Axriman - Iblisga aylantirilgan» degan fikrini va Fridrix Nitsshening «Mening Zardo‘shtim» kitoblarini yodga olishning o‘zi kifoya.
    Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda jahon dinlari orasida eng qadimgi din, 0‘rta Osiyo hududida zardushtiylik dini hukmronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir etdi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chiqdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto»ni o‘z erasining o‘ziga xos ijtimoiy-qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardushtiylik dinida axloqiy.me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. «Avesto»da «Inson yaxshi fikrlarga ega boMishi, faqat yaxshi so‘zlar so‘zlashi va savobli ishlar qilishi lozim», deb yozilgan.
    «Avesto»ning katta qismi bo‘lgan «Yasna»larda inson kamolini ko‘rsatuvchi axloq-odob mezoni ana shu uchlikda humata (gumata) - yaxshi fikr, hukta (gukta) - yaxshi so‘z va hvarta (gvarshta) - yaxshi ishlarda ifodalanadi «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» («Yasna», 14), deyiladi.
    «Avesto» tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Manna («Ezgu fikr») va Apo Mana («Yovuz fikr») ta’sir ko‘rsatadi, deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. «Yaxshi fikr» deganda ilohiy qonun ruhidagi yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtojlarga ko‘maklashish, yovuzlikka qarshi kurashishga doimo tayyor turish, kishilaming baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z fikr-hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda inson yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolatni unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi.


    71




    Zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi - mehnat deb ko‘rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlami keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg‘u beriladi. Ayniqsa, dehqonchilik sohasida qilinayotgan mehnat yaxshilikni yuzaga chiqaruvchi asosiy omil deya ta’kidlanadi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanish, mo‘l-ko‘l hosil yetishtirishga qaratilgan harakat Axura Mazda qonuniga bo‘ysunish sanalgan. Don ekkan kishi taqvodorlik urug‘ini ekishi, Mazdaga ixlosmandlik e’tiqodini ilgari surishi, imonni oziqlantirib turishi o‘n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng deyiladi. «G‘alla yerdan unib chiqqanda, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib, un qilinayotganda ular qocha boshlaydi, xamir qilinganda esa devlar mahv bo‘ladi. G‘allaning mo‘l-ko‘l bo‘lishi devlaming labiga qizitilgan temir bosilgandek ulami tum- taraqay qiladi».
    «Avesto» ta’limotida jismoniy va ma’naviy dunyo uch hayotiy davrga boMinadi: Birinchi davr eng qadimgi davr sanalib, u ilk hayotning boshlanishini bildiradi. Bunda ham jismoniy, ham ma’naviy dunyoda yaxshilik tantana qiladi. Dunyoda yorugMik va insoniy saodat hukmron bo‘lgan. Yagona jinoyatchi - hokim Yima Vivaxvant bo‘lib, u kishilami batamom rozi qilmoq uchun ularga mol go‘shti ediradi. Ikkinchi davr hozirgi davr bo‘lib, bu davrda yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o‘rtasida kurash davom etadi. Uchinchi davr - bo‘lg‘usi hayot. Bu davrda aql-idrok va adolat tantanasi o‘matiladi. Bo‘lg‘usi yaxshi hayotni Artu o‘matib, dehqonlar badavlat, hokimiyat esa mustahkam bo'ladi, deyiladi. «Yaxshilik ta’limni va sadoqatni amalga oshirib yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. Odamlarga va ularning avlodlariga baxt- saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar».
    «Avesto» ta’limotiga ko‘ra insonning balog‘at yoshi o‘n besh va mana shu yoshda inson ehtiyoj darajasida axloqiy jihatdan shakllanib ulgurgan bo‘lishi kerak. Bunga esa E’tiqod va Aql orqali erishish mumkin. Ana shu tarzda inson o‘n besh yoshgacha E’tiqod va Aql vositasida o‘zining va hayotning mohiyatini anglab yetadi. E’tiqod asosini ezgu niyat, ezgu so‘z, ezgu amal va Aql asosini esa,


    72




    haqiqat, bilim va adolat tashkil etadi. Bu bilan kishi eran, ya’ni mard va jasur insonga aylanadi. E’tiqod va Aqlga asosan yashaydigan eran kishi mana bu fikmi hech qachon unutmaydi: «Men bu dunyoga ma’naviy olamdan keldim, moddiy olamdan emas. Men yaratilganman, abadiy emasman. Mening ruhim Oxuramazdaga tegishli, Axrimanga emas, ya’ni ruhim Ezgulikka mansub, Yovuzlikka emas. Men insonman, dev (Shayton) emas». E’tiqod va Aql vositasida bunday fikrga kelish farr deb ataladi. Unga ko‘ra «Farr» - bu inson ongida ezgulik g‘oyasining yovuzlik g‘oyalaridan g‘olib kelishidir.
    Bir yuz ellik yil umr ko‘rib, shundan to‘qson yil ustozlik qilgan Zardo‘shtning o‘g‘li Adurbada shunday deydi: «Men umrim davomida boylik, nochorlik va amaldorlikni bosib o‘tdim. Boyligimda saxovatli va muruvvatli, nochorligimda harakatchan va aqlli, amaldorligimda bosiq va mulohazali boMdim». Adurbadan fikrlaridan kelib chiqqan holda quyidagicha mulohaza yuritish mumkin:
    -boy kishilar saxovatli va muruvvatli boMishi shart, aks holda ular Ezgulik va Yovuzlikni farqlay olmaydi;

    • nochor kishilar harakatchan va aqlli boMishi lozim, aks holda Ular Yovuzlik jabridan qutula olmaydi;

    -mansabdor kishilar bosiq va mulohazali boMmogM farz, aks holda ular Yovuzlikdan tiyila olmaydi;
    -umuman olganda, inson saxovatli, muruvvatli, harakatchan, aqlli, bosiq va mulohazali boMmasa Ezgulik qila olmaydi.
    «Avesto»da bayon qilingan axloq falsafasiga ko‘ra, odamzot, tabiat va tirik jonzotlar yettita Abadiy Muqaddaslik himoyasida boMadi. Bu yetti Abadiy Muqaddaslik quyidagilardir:

    1. Ezgu niyat (Vohu-Mana).

    2. Ezgu haqiqat (Asha-Vaxishta).

    3. Cheksiz muruvvat (Spenta-Armayta).

    4. Xohish mo‘tadilligi (Xshatra-Variya).

    5. Ezgu maqsad (Xarvatot).

    6. Abadiylik (Amaretat).


    73




    Bu tushunchalarga amal qilish odamlaming ongida «yaxshilik qilish - eng muhim maqsad» degan qadriyatning tarkib topishiga olib kelgan. Natijada o‘zgalarga yaxshilikni kasb qilib olgan «ijtimoiy guruhlar» paydo boMgan. Masalan, «Avesto»da ana shunday guruhlardan biri sifatida Turon harbiylari ko‘rsatiladi. Unga ko‘ra Turon harbiylari ezgulikdan kuch olib, odamlar, tabiat va jonzotlarga yaxshilik qilishni kasb qilganlar; yomonlikka qarshi kurashganlar. Harbiy kishilaming bunday aqidaga ega bo‘lishi Sharq xalqlari, jumladan, 0‘zbekiston xalqi hayotida muhtojlarga yaxshilik qilish va ulami qoMlab-quvvatlash qadimdan axloqiy madaniyat unsuri sifatida qabul qilinganidan dalolat beradi.
    Bunday qarash va amallar odamlaming ongi va qalbiga singib ketdi. Masalan, bu holni keyinchalik turkiy xalqlar hayotida yana uchratamiz. Turk hoqonligi hayotida bunga misollar ko‘p. Bir o‘rinda shahzoda To‘nyuquq shunday deydi: «Kunduzi o‘tirmay yuzimning qonini yo‘qotib, terimni gupillatib mehnat qildim, elni tuzatdim va tomog‘ini but qilib, tarbiya qildim. Davlat ham, davlat bo‘ldi, xalq ham xalq bo‘ldi». Demak, endi yaxshilik qilish g‘oyasi davlat xizmatchilari guruhining bosh maslagiga aylanganiga duch kelamiz. Buning natijasida davlat va xalq farovonlikka erishgan. Hatto shahzoda Qul Tegin deydiki: «Butun xalqni mamnun qildim, endi yovuz emas». Demak, yaxshilik qilish qadriyati xalqni moddiy jihatdan farovon, ma’naviy jihatdan ezgu bo‘lishga olib keladi. Shahzoda Qultegin yana deydi: «Qashshoq xalqni yaxshilab oyoqqa turg‘izib qo‘ydim, uni boy qildim va oz xalqimni ko‘paytirdim. Bu so‘zimning yolg‘oni yo‘q. Ey beklar, ey xalq, buni eshiting: turkiy xalqni to‘plab, davlat tuting».
    Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra insonda jismoniy va axloqiy qonuniyat mujassam. Axloqiy sifatlarga ega bo‘lish olamda tartib va intizomning bo‘lishiga olib keladi.
    Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra, Oqillik (tszyun tszi) muhim axloqiy tamoyildir. Aql vositasida axloqiy kamolotga erishgan inson o‘zining va o‘zgalaming ideal darajadagi yetakchisiga aylanadi. Inson axloqiy kamolot yo‘lida (dao) besh axloqiy sifatni egallashi kerak. Mazkur sifatlarga quyidagilar kiradi:


    74




    1. insonparvarlik (jen) - bu kishining inson va jamiyatga nisbatan to‘g‘ri munosabatidir. U mehr-muruvvat va ezgulikdan boshlanib,- bosiqlik, sabr-toqatlik, adolatlik va odamlami yaxshi ko‘rish kabi fazilatlarni qamrab oladi;

    2. burch (tszi). Konfutsiyning fikricha, burch - axloqiy majburiyatdir. U insonning qalbida ildiz otishi kerak. Burch ota va o‘g‘il, katta va kichik, er va xotin, keksa va yosh, davlat va fuqaro o‘rtasidagi majburiyatni bajarish natijasida ado etiladi;

    3. hurmat (eyao). Unga ko‘ra, har bir kishi o‘zaro hurmat- ehtirom tuyg‘usiga ega bo‘lishi shart. Bu o‘rinda hurmat sifatining tarkib topishida oila muhim o‘rin tutadi. Shu ma’noda bir jamiyatda, bir davlatda yashaydigan odamlar o‘zlarini bir oila a’zosi sifatida bilishi lozim;

    4^ an’anaviylik. Inson qat’iy tartib va qoidaga rioya qilishi lozim. Qat’iy intizom axloqda an’anaviylikni ta’minlaydi. Intizom bo‘lmagan joyda yaxshi odatlaming an’anaviyligi davom etmaydi;

    1. aqllilik (chji). Inson aql vositasida donolikka erishishi va bu bilan baxtli hayot kechirishi kerak. Oqil odam hayotda qoqilmaydi va mashaqqatlami chetlab o‘tadi.

    Konfutsiyning fikricha, muruvvat va saxovat har qanday ta’ma, g‘araz va manfaatdan xoli bo‘lib, hech qachon muruvvat va saxovat qilingani ma’lum qilinmaydi. Shu ma’noda Konfutsiy deydi: «0‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqaga qilmagin». Hech kim o‘ziga yomonlikni ravo ko‘rmaydi va barcha o‘ziga yaxshilikni ravo ko‘radi. Shu ma’noda muruvvat va saxovatda manfaatning bo‘lishi yomon hisoblanadi, aksincha, bunda manfaatning bo‘lmasligi yaxshilik sanaladi. Ushbu fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, muruvvatli va saxovatli bo‘lish avvalo, insonning o‘ziga yaxshilik keltiradi. Buni hisobga olgan Konfutsiy shunday deydi: «Saxovatpesha yolg‘izlanib qolmaydi, unga albatta, yo‘ldoshlar topiladi». Bu fikr ishonchli bo‘lib, unga ko‘ra muruvvat va saxovat kishilaming uyushishiga, birlashishiga olib keladi.
    Muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlari haqida fikr yuritilganda, uning ma’naviy mazmuniga alohida e’tibor qaratish lozim. Muruvvatli va saxovatli bo‘lish ko‘p hollarda real namoyon


    75




    boMsada, lekin bu tuyg‘u eng avvalo, kishi ongida, qalbida tarkib topishi kerak. Bu borada Budda shunday ta’lim beradi: «Mulk tuyg‘usi narsalar bilan emas, fikr bilan o‘lchanadi; narsalarga ega bo‘la turib, mulkdor bo‘lmaslik mumkin». Buning ma’nosi shuki, muruvvatli va saxovatli bo‘lish uchun mulk egasi bo‘lish shart emas. Inson yaxshi so‘zi, fikri va xushmuomalasi bilan ham muruvvat va saxovat ko‘rsatishi mumkin. Sharq falsafiy-axloqiy ta’limotida masalaning aynan mana shu jihatiga diqqat qaratiladi. Natijada Sharqda har bir kishi ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar o‘zini olijanob his qiladi. Ana shu sababli Budda mazkur masalaga alohida e’tibor bergan: «Olijanob odamni topish mushkul ish, u hamma yerda ham tug‘ilavermaydi; biroq qaerda shunday odamlar bo‘lsa, o‘sha yerda baxtiyor avlod yashaydi». Muruvvat va saxovat ana shunday katta kuchga ega.
    Ayniqsa, muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlariga ega bo‘lish islom dini tufayli inson va jamiyat hayotining tarkibiy qismiga aylandi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) eng ko‘p targ‘ib qilgan g‘oya muruvvat va saxovatdir. U kishi buyuradi: «Kishining saxovati uning iymonida, odobi - aqlida, qadri esa xulqidadir». Bu nihoyatda muhim fikr. Chunki unda saxovat iymonning tarkibiy qismlaridan biri sifatida uqtirilmoqda va saxovat muruvvatdan boshlanishi ma’lum. U holda anglash mumkinki, iymonli odamda muruvvat va saxovat tuyg‘usi bo‘ladi. Chunki bunday inson Alloh o‘zining yaratganlariga muruvvat va saxovat ko‘rsatishini anglaydi va iymonli odam bu sifatni o‘zlashtiradi. Shu ma’noda Rasululloh buyuradiki: «Alloh taolo ikki xulqni yaxshi ko‘rib, ikki xulqdan nafratlanadi. U yaxshi ko‘radigan ikki xulqi saxiylik va kechirimlilik bo‘lib, nafratlanadigan ikki xulq esa, xasislik va badfe’llikdir. Agar Alloh taolo biror bandasiga yaxshilikni istasa, uni odamlarni hojatini chiqarishga safarbar etur». Mazkur fikrdan yana anglash mumkinki, muruvvat va saxovat kishining o‘ziga yaxshilikni keltiruvchi omildir. Rasulullohning ushbu fikri odamlarda muruvvatlilik va saxovatlilikning jo‘sh urushiga olib keladi. Hatto X asrga kelib bu tamoyilni maslak sifatida qabul


    76




    qilgan futuvvat harakati tarkib topdi va bu harakat musulmon olamida qadriyat darajasiga ko‘tarilgani ma’lum.
    Professor N.Komilovning qayd etishicha, «Futuvvat - mardlik tariqati, muruvvat va mehribonlik ko‘rsatish, fidoyilik va fidokorlik ilmidir. Javonmard odamning (futuvvat ahlining) so‘zi ham, ishi ham, niyati va fikrlari ham pok bo‘lgan. Ular xalqimiz axloqini tarbiyalashga katta xizmat qildilar».
    Futuvvatchilar muhtojlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishni bosh maqsad sifatida qabul qilib, muruvvat va saxovat madaniyatini qadriyat darajasiga ko‘targanlar. Bu borada Yusuf Xos Xojib quyidagicha fikr yuritadi:
    Aqillik ul ermas ulasa kumush
    Aqi janin xalqqa qilur ulush
    Aqitsa aki er budunka tavar
    Aka yig‘lu turur anglar xalq evar
    (Axiylik, ya’ni futuvvat - bu boylik ulashish emas,
    Futuvvat - bu xalqqa jonni berishdir.
    Xalqqa boylik oqizar saxiy odam,
    Shu sababli odamlar unga intiladi).
    Demak, futuvvat ahli xalqqa nafaqat boylik ulashadi, balki kerak boMsa jonini ham beradi. Mutafakkir bu bilan futuvvat- chilaming muruvvatu saxovatli tengsiz kishilar boMganligidan xabar beradi. Chunki o‘zgalar uchun jonni fido qilish muruvvat va saxovat ko‘rsatishning oliy ko‘rinishidir.
    Donishmand Unsurulmaoliy Kaykovus futuvvatchilarning dunyoqarashi, axloqi va faoliyatini yanada kengroq sharhlab beradi. U deydi: «Futuvvatning asli uch narsadadur: biri ulkim, aytg‘on so‘zingni o‘zing qilsang; ikkinchi ulkim rostlikka xilof qilmasang; uchinchisi ulkim yaxshilik ishini ilgari tutsang». Futuvvatchilar axloqini, demak uch narsa tashkil qiladi: vafodorlik, rostgo‘ylik va yaxshilik. Bu uch tamoyilga amal qilish mushkul ishdir. Chunki «aytgan so‘zni uddasidan chiqish, hamisha rostgo‘ylikka amal qilish va o‘zgaga yaxshilik qilish»ni maqsad deb bilish - kishidan mehnat talab etadi.


    77


    Kaykovusning xabar berishicha, futuvvat ahli uch guruhdan iborat:



    1. oddiy hunarmandlar;

    2. harbiylar;

    3. so'fiylar. Lekin bu guruhdagilaming barchasi futuvvat- chilikning quyidagi odoblariga qat’iy rioya qilishgan: odamlar bilan nifoqqa bormaslik, xaloyiqqa kechirimli bo‘lish, odamlar orasida kishiga o‘git bermaslik, odam qonining to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik, qatli vojibga fatvo bermaslik. Bu odob qoidalariga rioya qilish futuvvat ahlining xalqning vijdoniga aylanishiga olib kelgan.

    Shunisi qiziqki, futuvvat ahli birovga qilgan muruwat va saxovatini beg‘araz minnatsiz va biron narsa umid qilmasdan amalga oshirishgan. Bu borada uning asoschilaridan biri Salmon Forsiy shunday degan: «Futuvvat - hammaga insonning muruwat ko‘rsatishi va evaziga hech narsa talab qilmaslikdir». Bu qoida futuvvat harakati a’zolari tomonidan asosiy tamoyil sifatida qabul qilingan.
    Mutafakkir Husayn Voiz Koshifly futuvvat harakatining Axloq Kodeksini bayon qilib o‘tgan. Shu o‘rinda mazkur kodeksning muayyan jihatlarini bayon etib o‘tish zarur.

    1. Futuvvatning asosi. Oltita tashqi va oltita ichki odobdan iborat. Tashqi odoblar: yolg‘on, bo‘hton va behuda so‘zlamaslik; bunday so‘zlarni eshitmaslik; tikilib qaramaslik; haromdan hazar qilish; nojoiz joyga bormaslik va pok narsalami tanovul qilish. Ichki odoblar: do‘stu dushmanga saxovatli boMish; kamtar bo'lish. qanoatli bo‘lish, kechirimli bo‘lish, or-nomusli bo‘lish va haqsevar bo'lish.

    2. Futuvvarning sharti. Bu shartlar yetmish beshiar.i ushkil etadi. Jumladan, iymonlik, aqllik, bilimlik. rnuruvvatlik, sh’joatlik, himmatlik, saxovaflik, sabrlik, sirdoshlik, vafodorlik va boshqalar

    3. Futuvvatning amaliyoti. Bu borada hamisha qilinadigan ishlar o‘nta: ibodat, adolat, nafsni yengish, kattaga hurmat, kichikka izzat, do‘stlikka sadnqat, doimiy kamtarlik, olimlarr.i e’zozlash, dusbtnan^a saxovat’i boMish va johillar oldida sukut saqlash.


    73




    Zero, futuvvatchilikni daraxtga qiyoslash mumkin. Uning «ildizi - muhabbat, tanasi - axloq, shoxlari - sabru toqat, yaproqlari

    • parhez, po‘sti - hayo, gullari - xushfe’llik va mevasi - yaxshilikdir». Ana shu asosdan kelib chiqib, Husuyn Voiz Koshifiy futuvvatchilik harakatining bosh tamoiyllari sifatida muruvvat va saxovatni ko‘rsatib o‘tadi.

    Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, xalqimiz hayotida futuvvat harakati o‘ziga xos ijtimoiy va axloqiy harakat bo‘lgan. Ana shu sababli oddiy odamlardan tortib davlat xizmatchilarigacha VIII asrdan to XX asming 20-yillarigacha bu harakatga e’tiqod qilib kelganlar. Professor N.Komilov ta’kidlab o‘tganidek, «Ularning axloqi bizning milliy axloqimizga aylanishi kerak, chunki futuvvatning ko‘p jihatlari odamlarimiz orasida to hanuz yashab kelmoqda. Kishi larimizning mehmondo‘stligi, odamoxunligi, mardligi o‘sha ajdodlar udumining vorisiv davomidir. Yaxshilik qilish, birovning hojatini chiqarishdan yayrab-yashnab ketadigan, borini boshqalar bilan baham ko‘radigan odamlar hozir yo‘q deysizmi?!... Siz birovga yaxshilik qilsangiz, u boshqa birovga yaxshilik qiladi. Shu tariqa xayru baraka, ezgu odatlar tantana qilib boradi. Ajdodlarimiz shu ezgu maqsadga bel bog‘lab yashaganlar va dunyoga nom taratgan edilar. Koshki biz ham shunga munosib bo‘lsak...».
    Muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlarining mazmun-mohiyati ayniqsa, Alisher Navoiy asarlarida keng ifodasini topgan. Jumladan, buyuk mutafakkirning «Mahbub ul-qulub» asarida mazkur fazilatlarning quyidagi o‘ziga xos va takrorlanmas talqini ifoda etilgan: «Saxovat insoniyat bog‘ining borvar shajaridur (boqiy ildizidir), balki ul shajarning mufid samaridur (hosilasidur) Odamivlik kishvarining bahri mavjvari (odamiylik dengizining mavjiari), balki ul mavj bahrining samin gavhari...
    Ma’dumlikda (insoniy fazilat sifatida) muruvvat karamning urug‘ qayoshidur (qarindoshidir), balki tav’amon (umuman) qarindoshidur... Sohibi muruvvat (muruvvatli kishi) sharif xalqidin ayrilmaydurkim, u qayda bo‘lsa Tengri panohida bo‘lsin - izzat va sharaf oromgohida».


    79




    Alisher Navoiy bir she’rida muruvvat haqida quyidagicha yozadi: «Muruvvat - barcha bermakdur, emak yo‘q, // Futuvvat - barcha qilmoqdur, demak yo‘q». Shoir nazdida muruvvat odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik, saxovat, himmatdir, o‘zida bor narsalami muhtojlarga berish, yemay yedirish, kiymay kiydirishdir. Futuvvat esa barchaga yaxshilik ko‘rsatish, ammo evaziga hech narsa talab va ta’ma qilmaslikdir.
    Alisher Navoiy saxovat haqida fikr yuritganda, saxiy kishilami bulutga, baxil kishilami yog'insiz bulutga, saxiy kishilami mevali daraxtga, baxil kishilami esa mevasiz daraxtga qiyoslaydi. Bulut tabiatga yomg‘ir bilan jon ato etganidek, saxovatli kishi yaxshilik qilish bilan odamlarga bahra beradi. Mutafakkir saxovatsiz kishi Payg‘ambar avlodi bo‘lsa ham do‘zaxiy, saxovatli kishi qul bo‘lsa ham jannatiy odam deydi: «Saxovatsiz kishi - yog‘insiz abri bahor va royihasiz mushki totor. Mevasiz yig‘och hamonu o‘tun hamon va yog‘insiz bulut hamonu tutun hamon. Saxosiz kishi birla gavharsiz sadafning bir hukmi bor. Dursiz sadaf bila o‘lub qurug‘on kashaf ne e’tibor. Baxil behishtqa kirmas agar sayyidi Qurashiy bo’lsun va saxiy tamug’ta bormas, agar bandai habashiy bo‘lsun. Saxiy bulutdir

    • ishi xirmon, balki mahzan bermak. Baxil mo‘rdur - da’bi xo‘sha balki dona termak. Himmat ahlig‘adur saxovat ixtisosi va bu ikki sharif sifat shohi valoyat xosi. Saxovat odamig‘a badandur va himmat anga ruh va himmat ahlidin olamda yuz ming futuh. Himmatsiz kishi er sonida emas, ruhsiz badanni kishi tirik demas. Oliy himmat shahbozedur baland parvoz va behimmat sichqon sayyode yurutachi boz. Shunqor maskani shohning bilagi, yurutachi maqomi uluksaning sassig‘ badani va so‘ngagi».

    Mutafakkir o‘z fikrini davom ettirib, insonlami saxovatni isrofgarchilikdan farqlashga, manfaat uchun saxovat ko‘rsatishning behayolik ekanligini anglashga chaqiradi: «Arslon ishi sayd urub sibo‘ni to‘yg‘ormoq va sichqon varzishi diram o‘g‘urlab, tugunni axtarmoq. Sohib himmai muflisliq bila past bo‘lmas, himmatsiz ganj topsa, boyliklarga hamdast bo‘lmas. Chinor ilgi xolilig‘idin biyiklarga hamdast bo‘lmas. Chinor ilgi xolilig‘idin biyikligiga ne nuqson va tufroqqa nihon ganjlari bila ne ulvi shon. Himmat ahlig‘a


    80 •




    agarchi biyik kavkabadur, ammo saxovatga necha martabadur, Isrof saho emas va itlofni ma’no ahli saxo demas. Haq molin kuydurganni devona derlar va yorug‘ kunda sham’i kofuriy yoqqonni aqldin begona derlar. Mubohot uchun bermak xudnamoliq va aning bila o‘zin saxiy demoq behayoliq. Ulki el ko‘rmaguncha bermas - laimdur, saxiy emas. Tilab berganni ham saxodin yiroq bil; ibram bila bergandin bermaganni yaxshiroq bil. Birta o‘tmakni ikki bo‘lub, yarmin bir ochg‘a berganni saxiy de; o‘zi emay barin muhtojga berganni axiy de».
    Muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlarining muhim ko‘rinishi sifatida juvonmardlik masalasi Kaykovusning «Qobusnoma» asarida yorqin ifoda etilgan. Mutafakkir o‘g‘liga nasihat qilar ekan uch narsa (aql, rostlik, juvonmardlik) insonni baxtli qilishini alohida ta’kidlab o‘tadi: «Bilg‘ilki, odam uch sifatga egadur. Barcha shaxs, u xoh dono, xoh nodon boMsin, shu uch narsa bila xushnuddur. Bu uch narsaning biri aql, biri rostlik va biri juvonmardlikdur».
    Shuningdek, «Qobusnoma»da muruvvat va saxovatning uch oltin qoidasi juvonmardlik misolida aniq ko‘rsatib berilgan: so‘z va ish birligi, rostgo‘ylik va yaxshilik. «Juvonmardlik asli uch narsadur: biri ulkim, aytg‘on so‘zingni o‘zing qilsang, ikkinchisi ulkim, rostlikka xilof qilmasang, uchinchisi ulki, xayr ishini ilgari tutsang. Odamdag‘i qolg‘on barcha sifatlar bu uch narsaning ostidadur. Bilg‘il, juvonmardlik va iyorlik shunday kishiga sazovordurki, bir qancha hunari bo’lsin. Bu hunarlardin biri: jasur, mard, sabr-matonat, vadaga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo‘lmoq bo’lsa, yana biri ulkim, o‘z manfaatin ko‘zlab asirlarga ozor bermasa, bechoralarga madad yetkursa, yomonlaming yomonlig‘ini yaxshilardan yiroq tutsa, rost so‘z aytsa, o‘z tanidin dod bersa, odamlarga ziyon-zarar yetkurmasa, yaxshi qarag‘ilki, bunday ishlaming ham oxiri ul uch sifatga vobastadur.
    Juvonmardlikning asosiy fazilati manmanlikni boshidin chiqarmoq va o‘zgaga qasd qilmaslikdur. Agar juvonmardlik yo‘lida yurmoq tilasang, hamisha uch narsani ko‘zda tutgil: ko‘zni yomon narsadin, qo‘lni yomon ishdin va tilni yomon so‘zdin saqlashni. Uch


    81




    narsani do‘st va dushmanga ochiq tutgil: uy eshigini, sufra boshini, hamyoningning bog‘ichini».
    Yuqorida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqqan ho Ida, muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlarini shakllantirishning tarixiy asoslariga doir quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

    1. hozirgi globallashuv sharoitida shaxs va jamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda sintez yo‘l — ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarga asoslanish katta ahamiyatga ega. Chunki ijtimoiy- axloqiy qadriyatlar milliy va umuminsoniy axloq asoslarini o‘zida mujassam etadi;

    2. muruvvatlilik va saxovatlilik muhim ijtimoiy-axloqiy fazilatlardir. U shaxs va jamiyat axloqiy ongida o‘zgalarga yaxshilik qilish, mardlik, olijanoblik va olihimmatlik kabi sifat va xususiyatlarni tarkib toptiradi;

    3. muruvvat va saxovat moddiy va ma’naviy shaklga ega ijtimoiy-axloqiy qadriyat bo‘lib, uning negizini o‘zgalarga imkoniyat doirasida yordam berish tashkil etadi;

    4. 0‘zbekiston xalqi qadimdan muhtojlarga beg‘araz yordam berish g‘oyasini axloqiy madaniyatning asosi sifatida qabul qilgan;

    5. muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlari futuvvatchilik (birodarlik) umumxalq harakatida to‘liq namoyon bo‘ldi. Bu harakat a’zolari asrlar davomida o‘zgaga yaxshilik qilish, yordam berish va insonni qadrlashda jamiyatga ibrat bo‘lib keldi;

    6. muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlari xalqimiz tabiatida mavjud, u tarix va zamonlar sinovlaridan o‘tib sayqallanib kelmoqda. Bunda ijtimoiy va axloqiy tajribaning uyg‘unlashganiga amin bo‘lamiz.

    Muruvvat va saxovat tushunchalari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsada, biroq ular mohiyatiga ko‘ra turli sifat va fazilatlami ifodalashi bilan muayyan farqliklarga ega.
    Muruvvat - bu insonning pok axloqiy tuyg‘ular, sifat va xususiyatlarga ega ekanligini bildirsa, saxovat esa ana shu fazilatlarning amalda ro‘yobga chiqishidir. Shu ma’noda «muruvvat» deganda yaxshilikka, ezgulikka, mardlikka bo‘lgan xohish-istakni, «saxovat» deganda esa ijobiy xatti-harakatlar


    82




    majmuini tushunamiz. Mazkur ikki tushunchada yaxlitlikda insonparvarlik, olijanoblik, mardlik, qo‘li ochiqlik, odamlami yaxshi ko‘rish, rahmdillik, boshqalarga hamdardlik, boshqalami qo‘llab-quvvatlash, beg‘arazlik, mehr-oqibatlilik kabi sifatlar o‘z aksini topadi.
    Insonparvarlik tushunchasi boshqa odamlarga va Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotga ezgu, rahmdil, g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadigan shaxs sifati, insoniylik tarzida baholanadi. «Falsafa qomusiy lug‘at»da insonparvarlik - «Odamlarga mehr- muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak ma’naviy fazilatlami rivojlantirishga g‘amxo‘rlik qilish g‘oyalari bilan sug‘orilgan dunyoqarash» sifatida qaraladi. «Pedagogik entsiklopedik lug‘at»da esa, insonparvarlik shaxs sifatida inson, uning erkin rivojlanishi va o‘z qobiliyatlarini namoyon eta olishini qadriyat sifatida qabul qilish ekanligi uqtiriladi.
    Keng ma’noda insonparvarlik - insonni shaxs sifatida qadriyat deb belgilaydigan, uning erkinlik, baxtga bo‘lgan huquqi, o‘zining qobiliyatlarini namoyon etishi va rivojlantirishi, ijtimoiy institutlaming baholash mezonlarida inson ravnaqini hisobga oladigan qarashlaming tarixiy o‘zgaruvchan tizimi, insoniylik - odamlar orasida kutiladigan me’yoriy munosabat.
    Mardlik insonning ma’naviy xislati bo‘Iib. or-nomus, vijdon va sadoqat, shaxsning olijanobligini o‘zida ifoda etadi. Mardlik so‘zi xalqimiz orasida keng iste’mol etiladigan va millatimiz uchun xos bo‘lgan fazilatni ifoda etadigan so‘z hisoblanadi. Mardlik so‘zi jasorat, qo’rqmaslik, botirlik kabi so‘zlar bilan ma’nodoshdir. 0‘z navbatida mardlik so‘zi insof tushunchasi bilan ham uyg‘unlashib ketadi. Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi, kishilarga munosabatda halollik, to‘g'riiik, tenglik, sofdillik va haqiqatgo‘ylikdir. Mardlik nima ekanligini anglagan inson ojizlarni himoya qiladi, kambag‘allarga yordam beradi, zabunlarning ko‘nglini ko'taradi.
    Ochiqqo‘llik - inson ma'naviy qiyofasini belgilovchi muhim xususiyat bo‘lib, saxiylik, qo'li ochiqlik, hotamtoylik ma’nolarini


    83


    f




    anglatadi. OchiqqoMlik xalqimiz ma’naviyatidan chuqur o‘rin olgan, milliy mentalitetimizga xos xususiyat sifatida qadrlanadi. Ochiqqo‘llik xususiyatiga ega kishilar kam ta’minlangan, ko‘p bolali, iqtisodiy jihatdan qiynalib qolgan oilalarga savob uchun doimiy yordam ko‘rsatib keladi. 0‘z navbatida ochiqqoMlik saxiylik xislati bilan uyg‘unlashadi. Saxiylik hech kimdan narsasini, yaxshiligini ayamaslik, hotamlikni ifoda etadi. Saxiylik qo‘lidan kelgancha insonlarga yaxshilik, muruvvat ko‘rsatish xususiyatini o‘zida mujassam etadigan fazilatdir. Saxiylik qilib nochorlarga yordam qo‘lini uzatgan odam, yaxshilik yo‘lida qadr topadi. Saxiylik kishining ko‘rki, uning zaynatidir.
    Rahmdillik o'zgalarga nisbatan mehr-shafqat, mehribonlik, insonparvarlik tuyg‘usini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, uning tub mohiyati insonni hurmat qilish, qadr-qimmatini bilish hamda ularga mehribonlik ko‘rsatishdan iboratdir. Rahmdillik o‘zgalarga mehr- shafqat ko‘rsatish, amaliy ko‘mak berish kabi insoniy fazilatlarda namoyon bo‘ladi. Insondagi rahmdillik va mehribonlik uning ma’naviy go‘zalligidan, nozik tabiat egasi ekanligidan dalolat beradi. Rahmdil inson yaxshilikdan kuch olib, el manfaatini ko‘zlaydi, o‘zgalarga manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadi.
    Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda, muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlariga xos xususiyatlami quyidagi tarzda jadval ko‘rinishida umumlashtirish mumkin:

    Download 296,16 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




    Download 296,16 Kb.