• Nazorat uchun savol va topshiriqlar
  • ‘rta asrlarda qadriyatli ongning taraqqiy etishi




    Download 296,16 Kb.
    bet11/59
    Sana02.02.2024
    Hajmi296,16 Kb.
    #150387
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
    Bog'liq
    Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

    0‘rta asrlarda qadriyatli ongning taraqqiy etishi. 0‘rta asrlar ta’limotida qadriyat Xudoning marhamati, uning ko‘rsatmalari' asosi sifatida tushunildi. Xudoda oliy ezgulik mujassamlashadi, u o‘zida Haqiqat, Yaxshilik, Go‘zallik birligini namoyon etadi va axloqiy qadriyatlaming manbai hisoblanadi.
    0‘rta asrlardagi aksiologik ong obyektiv va subyektiv qadriyatlaming o‘zaro munosabati, ularning birligi va xilma- xilligini aks ettiradi. Uning uchun yaxlitlikda uch ilohiy fozillikni aniqlab beruvchi Ishonch, Umid, Muhabbat kabi ma’naviy qadriyatlami e’tirof etish xarakterlidir. 0‘rta asr g‘oyalarida Xudo uchun yashash o‘z aksini topgan. Insonning qadr-qimmati to‘liq uning Alloh bilan ittifoqiga bog‘liq bo‘lgan. Bu g‘oya sof, ilohiy bo‘lib, kishi ichki «Men»ining hosil boiishi unga bog‘liq. Demak, 0‘rta asrlar ham qadriyatni izohlashda turli-tumanlik tavsiflanadi.
    XII asrda sxolastikaning yo‘nalishlaridan biri sifatida qadriyatni insonning tafakkur kuchi sifatida tavsiflovchi nominalizm (kontseptualizm) rivojlandi.
    Kontseptualizm vakillari - Per Abelyar, Ioann Soleberiyskiy va boshqalar - o‘rta asrlardagi realizm ta’limotini rad etishdi, biroq nominalistlardan farqli ravishda bilish faoliyatining asosiy shakli sifatida ongda umumiy tushunchalaming mavjud boMishini e’tirof etishdi. Kontseptualistlar inson qadr-qimmatini ilohiy hodisa emas, uning tafakkur kuchi sifatida ta’riflashdi. Axloqiy ideal ham tafakkur qadriyati sifatida ta’riflanadi(Abelyar).
    Mo‘tadil mistitsizm vakili Gugo Sen-Viktorskiyning ta’kidlashicha, samo (Yaratgan)ni anglash uchun o‘zini anglash zarur. Bilimni qadriyat sifatida ta’riflab, u bilimlami o‘zlashtirishning shart-sharoitlarini shakllantirdi: tabiiy qobiliyatlar, to‘g‘ri ko‘rsatma va topshiriq, aqlning kuchliligi va mustahkam xotira. Bilimlami o‘zlashtirishga uch asosiy metod yordamida erishiladi: o‘qish; haqiqatni ochib beruvchi diniy kitobni mushohada etish; o‘rganishga tirishqoqlik. Faylasufning asosiy pedagogik


    45




    qoidalari pedagogik jarayonning maqsad, mazmun, metodlari aniqlab berilgan va u «Didaskalion» asarida aks etgan. Bilimlami o‘zlashtirishning asosiy metodlari sifatida Sen-Viktorskiy o‘qish, o‘quvchining xotirasini rivojlantiradigan mashq, tirishqoqlik, fikrlashga o‘rganish deb hisobladi.
    Uyg‘onish davrida sxolastika rasmiy falsafa sifatida qolaverdi, faqat Shaxsni, uning Taqdiri va huquqlarini, inson baxt-saodati, uning har tomonlama rivojlanishi, kishilaming ijtimoiy hayotlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni qadriyat deb biluvchi insonparvar madaniyat paydo bo‘ldi. Uyg‘onish davri gumanistlari individning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun harakat qilishdi, shuning uchun ular qadriyat tushunchasini inson bilan o‘zaro aloqadorlikda qarashgan. Qadriyatlar inson shaxsining o‘zini qadriyat sifatida anglash orqali tahlil etilgan, shuning uchun qadriyat inson ular haqida qanday fikrga egaligiga qarab, moddiy bog‘liq bo‘lgan (Monten).
    Mishel Monten «Tajribalar» asarida mohiyatiga ko‘ra, inson tabiati tahlilini beradi va har qanday odam o‘zida butun insoniyat tabiatini mujassam etadi. «Haqiqatan ham, o‘zida o‘zining tabiiy mohiyatini namoyon eta olishga loyiqlik barkamollik belgisi va ilohiy sifatdir. Biz o‘z mohiyatimizda yashamasdan, kimdir bo‘lishga harakat qilamiz va nimaga qobiliyatli ekanligimizni bilmagan holda, o‘zimizning tabiiy chegaramizdan chiqamiz. Yog‘och oyoqda turishning bizga keragi yo‘q, chunki yog‘och oyoqda tik turish uchun o‘zimizning oyog‘imizga suyanishimiz kerak bo‘ladi. Va hatto eng baland martabalarga ham biz o‘zimizning orqamiz bilan o'tiramiz.
    Mening fikrimcha, umuminsoniy mezonlarga ko‘ra tafakkur ruhiga tenglashadigan odamlargina eng ajoyib hayotda yashashadi».
    Umuman olganda, Uyg‘onish davrining- yangiligi inson shaxsini qadriyat sifatida anglashda namoyon bo‘ladi. Mazkur davrda qadriyat tushunchasi «umuminsoniy mezon» nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi (L.N.Stolovich).
    XVII asr falsafasida inson shaxsi ko‘rib chiqishda uning aqliga emas, fikrlash qobiliyatiga urg‘u beriladi. Birinchi navbatda


    46




    qadriyat sifatida quyidagilar qaraladi: Iroda, Erkinlik, individning ichki faolligi (B.Spinoza), insonning fikrlash faoliyati (B.Paskal), «manfaat» tushunchasining ikki jihati izohlanadi: shaxsiy va ijtimoiy (F.Bekon). Obyektiv va subyektiv qadriyatlar farqlanadi: yaxshilik va yomonlik, haqiqiy va xayoliy(T.Gobbs). «Qadriyat» tushunchasini «foydalilik» tushunchasi bilan bog‘liqlikda ba’zi faylasuf olimlar iqtisodiy mazmun bilan to’ldiradilar (D.Lokk). Mazkur davrda individ abstrakt inson emas, mustaqil, faol harakatlanuvchi subyekt, unda tabiatan in’om etilgan imkoniyatlarni amalga oshirishga qobiliyatli sifatida qaraladi.
    Keyinchalik nafaqat falsafiy, balki pedagogik fikrlaming rivoj'lanishiga ta’sir ko‘rsatgan insonning psixologik jarayonlari, uning shaxsiy sifatlari, ijodiy fikrlash Uyg‘onish davri falsafasini o‘rganish predmeti bo‘ldi.
    Nazorat uchun savol va topshiriqlar

    1. Qadimgi Sharq falsafasida qanday qadriyatlarga alohida e’tibor qaratilgan?

    2. Qadimgi bobilliklarning afsonalarida qanday qadriyatlar ulug‘langan?

    3. Qadimgi Hind falsafasida «qalb» tushunchasi qanday ifoda etilgan?

    4. Dzen-buddizm ta’limotining asosini nima tashkil etadi?

    5. Qadimgi yunon faylasufi Geraklit bilishga doir qadriyatlarga qanday munosabat bildirgan?

    6. Demokrit moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligini qanday asoslaydi?

    7. Aflotun tomonidan ishlab chiqilgan qadriyatlar tasnifi qanday tuzilishga ega?

    8. 0‘rta asrlarda aksiologik ong qanday shakllarda namoyon bo‘lgan?

    9. Uyg‘onish davri falsafasida qaysi qadriyatlarga alohida urg‘u berilgan? '




    Toifalar

    Qadimgi Sharq falsafasida dunyoga qadriyatli munosa- batning aks etishi

    Qadimgi G‘arb faylasuflaming qadriyatga doir sharhlari

    0‘rta asrlarda qadriyatli ongning taraqqiy etishi.












    1. Download 296,16 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




    Download 296,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ‘rta asrlarda qadriyatli ongning taraqqiy etishi

    Download 296,16 Kb.