Pedagogik aksiologiya




Download 296,16 Kb.
bet12/59
Sana02.02.2024
Hajmi296,16 Kb.
#150387
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Ш

topshiriq. Aflotun tasnifi bo‘yicha quyida keltirilgan qadriyatlami turkumlashtiring.

  • o‘lchov, mo‘tadillik, vaqt bilan bog‘liqlik;

  • go‘zallik va komillik;

  • aql va tafakkur;

  • idrok etish va bilimlami chaqiruvchi qalbning lazzatlanishi;

  • yuksak go‘zallik.


    48


    1. bob. QADRIYAT G‘OYASI VA UNING MILLIY FALSAFADAGI RIVOJI


    Tayanch tushunchalar: «Avesto», islom, tasavvuf ta’limoti, komil inson, insonparvarlik, fozil odamlar shahri, ma’rifatparvarlik, muruvvat, saxovat.
    «Avesto» - qadriyatlar manbai. «Avesto» - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarini o‘zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag‘rikenglik kabi sifatlaming ahamiyati chuqur ifodalangan.
    Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi

    • mehnat deb ko‘rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlami keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg‘u beriladi. Ayniqsa, dehqonchilik sohasida qilinayotgan mehnat yaxshilikni yuzaga chiqaruvchi asosiy omil, deya ta’kidlanadi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanish, mo‘l-ko‘l hosil etishtirishga qaratilgan harakat Axura Mazda qonuniga bo‘ysunish sanalgan. Don ekkan kishi taqvodorlik urug‘ini ekishi, Mazdaga ixlosmandlik e’tiqodini ilgari surishi, imonni oziqlantirib turishi o‘n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng deyiladi. G‘alla yerdan unib chiqqanda, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib, un qilinayotganda ular qocha boshlaydi, xamir qilinganda esa devlar mahv boMadi. G‘allaning mo‘l-ko‘l bo‘lishi devlaming labiga qizitilgan temir bosilgandek ularni tum-taraqay qiladi.

    Ushbu misollarda «Avesto»da inson mehnati tufayli barcha yomon xislat, yomonlik hamda yovuzliklardan qutilishi mumkin, degan g‘oya ilgari suriladi.
    «Avesto»da inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Mana (Ezgu fikr) va Ako Mana (Yovuz fikr) ta’sir ko‘rsatadi, deyiladi. Barcha fikr, so‘z va ishlar asosida aslida


    49




    ezgulik va yovuzlik yotadi («Yasna», 30-bob). Asta-sekin axloqiy tushunchalar shaxsiy mazmun kasb eta boshlaydi. Masalan, «yaxshi so‘zlar» deganda ahdida turish va berilgan va’dani bajarish kabilar nazarda tutilsa, «yaxshi amallar» deganda esa, savdo-sotiq ishlarida halol bo‘lish, qarzni vaqtida to‘lash, o‘g‘rilik va talonchilik qilmaslik, o‘zgalaming moliga ko‘z olaytirmaslik, buzuqliklardan o‘zini tiyish, atrofdagilarga ziyon yetkazadigan har qanday harakat- ni sodir etmaslik va hokazolar tushunilgan.
    Ezgu kuchlarga yovuz kuchlar qarshi bo‘lgan. Yovuz ruhlarga Drudjo (yolg‘onchilik ruhi) boshchilik qilgan. Unga Yovuz fikr (Ako Mana), Talonchilik ruhi (Eshma) yordam bergan. Yovuz, yomon fikr - Ako Mana, yomon so‘z - Drudjo hamda yovuz amal, yomon ish - Eshma obrazlari timsoli yordamida ifoda etilgan.
    Zardusht yovuzlik kuchlariga ko‘maklashgan kishilarga nisbatan ayovsiz munosabatda, shuningdek, chorvachilik rivojiga xalal beruvchi yolg‘onchilik ixlosmandlariga qarshi kurashda esa shafqatsiz bo‘ladi. «Kimki menga sodiq bo‘lsa, eng yaxshi narsaga musharraf bo‘ladi, kimki sodiq bo‘lmasa, unga eng yomon narsa nasib etadi... Kimki meni - Zardushtni quvvatlasa, buning evaziga istagan barcha narsalari bilan birgalikda bir juft sog‘in sigir ham oladi» («Yasna», 46-bob), deyiladi asarda.
    «Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o‘zida ilohiy qonun ruhidagi g‘oyaIarga ega boMish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko‘rsatish, muhtojlarga ko‘maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilaming baxt-saodati yo‘lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do‘stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi, jaholatlarga berilmaydi.
    «Avesto» ta’limotida jismoniy va ma’naviy dunyo uch hayotiy davrga bo‘linadi.
    Birinchi davr eng qadimgi davr sanalib, u ilk hayotni bildiradi. Bunda ham jismoniy, ham ma’naviy dunyoda yaxshilik tantana qiladi. Dunyoda yorug‘lik va insoniy saodat hukmron


    50




    bo‘lgan. Yagona jinoyatchi - hokim Yima Vivaxvant bo‘lib, u kishilami batamom rozi qilmoq uchun ularga mol go‘shti ediradi.
    Ikkinchi davr hozirgi davr bo‘lib, bu davrda yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o‘rtasida kurash davom etadi.
    Uchinchi davr - bo‘lg‘usi hayot. Bu davrda aql-idrok va adolat tantanasi o‘matiladi. Bo‘lg‘usi yaxshi hayotni Artu o‘matib, dehqonlar badavlat, hokimiyat esa mustahkam bo‘ladi, deyiladi. «Yaxshilik ta’limni va sadoqatni amalga oshirib yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. Odamlarga va ulaming avlodlariga baxt- saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar».
    Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo‘lib yetishishida uning so‘zi, flkri hamda ishi bir bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g'oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yaratilgan komil inson muammolariga bag‘ishlangan Sharq falsafiy fikrlari mazmunining shakllanishiga asos bo‘lgan desak, xato qilmagan boMamiz. Zero, unda odamning inson sifatida ma’naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G‘arb xalqlarining ham muqaddas ma’naviy merosiga aylangan.
    Tasawuf ta’iimotida aksiologik fikrlarning aks etishi.
    Komil inson haqida gap ketganda, axloq-odob tamoyillariga urg‘u berilishi bejiz emas. Nainki, odamning insonligi, uning ongli mavjudot sifatida hayot kechirishi va turmush tarzi, tabiat, jamiyat va odamlarga bo‘lgan turli-tuman munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Uning axloq-odobi ana shu insoniy axloq chegarasida turib muomala qilishi, tarixan o‘z axloqiy tushuncha va tasavvurlarini boyitib, kengaytirib va rivojlantirib kelganidan dalolat beradi. Lekin odamzot va uning ma’naviy dunyosi shunchalik keng va murakkabki, u ayrim insoniy fazilatlar, ko‘nikish va salohiyatlari bilan chegaralanib yoki belgilanib qolmaydi. U murakkab jismoniy, aqliy va ruhiy mushtaraklikni taqozo etadi. Ana shunday murakkablikning tizimlashtirilgan ko‘rinishi tasawuf ta‘limotida o‘z aksini topgan.


    51




    Tasavvuf ta’limoti VIII asr oxiri va IX asr boshlarida paydo bo‘lib, butun musulmon mamlakatlarida, jumladan, Movaroun- nahrda ham keng tarqalgan. Tasavvuf butun Sharq ma’naviy hayotida inson kamoloti haqidagi g‘oyalaming shakllanishida muhim rol o‘ynagan.
    So‘fiylik ta’limotida komil inson - bu dono, oqil, pok niyatli odamdir. Ular ilohiy poklik, nafosat, e’tiqod va tafakkur insoniyatni balo-qazolardan asraydi, ularni avaylab asraydi, deb bilganlar. So‘fiylar ana shu yo‘l, - mana shu haqiqat uchun intilganlar. Aslida esa, komil inson - bu ularning ideali, orzusi bo‘lgan. Ular ana shu komil inson, ma’rifatli inson ideali orqali johiliyat va nodonlikka, hirs va ta’maga qarshi bel bog‘laganlar.
    Taniqli olim N.Komilov ta’rifi bilan aytganda: «Komil inson

    • bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy bilimlami egallagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomatdan serob, siyrat-u, suvrati saranjom, qalbi ezgu tuyg‘ularga limmo-lim pokiza zot».

    Sharq falsafiy tafakkuri tarixida komil insonga bag‘ishlangan qator kitoblar yaratilgan. N.Komilov Sayyid Abdulqodir Geloniy (Jeloniy) va Aziziddin Nasafiy (XII asr), Shayxi Kabir Muhyiddin ibn al Arabiy (1165-1240 yy.), Abdulkarim Jili (1417 yilda vafot etgan) kabi allomalar tomonidan bu tushuncha muomalaga kiritilgani, Shayx Aziziddin Nasafiy esa komil inson nazariyotchisi sifatida tarixda qolgani haqida muhim ma’lumotlar beradi.
    Aziziddin Nasafiy ta’rifida komil inson shariat, tariqat va haqiqatda yetuk boTgan odam, unda quyidagi to‘rt narsa kamolga yetgan bo‘ladi: yaxshi so‘z, yaxshi fe‘l, yaxshi axloq va maorif.
    Aziziddin Nasafiy bu ta’rifda zardushtiylik ta’limotidagi axloqiy uchlikka asoslanadi hamda u komil insonga mavhum inson emas, hayotdagi real odam sifatida qaraydi. Ya’ni Aziziddin Nasafiy komil insonni odamzot uchun foyda keltiruvchi shaxs sifatida ta’riflab, haqiqiy komillik ma’naviy-axloqiy poklanish evaziga yuzaga kelishini, u haq yo‘lidan borib, xalqqa foyda keltirishini ta’kidlaydi.
    Demak, Aziziddin Nasafiy bu fikri bilan komillikning mezoni sifatida ikki narsani: birinchisi, hamida axloq, ya’ni mo‘min-


    52




    musulmon, solih inson bo‘lish, ikkinchisi, o‘z-o‘zini anglash deb qaraydi. Bu ta’limoti bilan Aziziddin Nasafiy ham axloqli, mo‘min- musulmon, ham o‘zligini tanigan insonlar haqiqiy komil inson degan g‘oyani ilgari surgan. Lekin bu ta’riflar nisbiy bo‘lib, barcha allomalar ham ruhiy-ma’naviy qudrat, aql-u zakovat, yaxshi xislatlar jamuljami ifodalangan insonni, shunga intilib yashagan ulug‘ bir zotni Komil inson deb tushunishgan.
    So‘fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo‘llarida to‘rt bosqichni o‘tishi kerak, deydi.
    Birinchi bosqich - shariat. Diniy marosimlar va shariat aqidalarini, taqvolarini aynan, izchil bajarish, chunki shariat qonun bo‘lib, bu qonun vujudni va qalbni tarbiyalaydi.
    Ikkinchi bosqich - tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni o‘ylash, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, xudo to‘g‘risida o‘ylash, ya’ni tariqat - fano, o‘zdan kechish, ko‘ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi yo‘l, faoliyat shakli.
    Uchinchi bosqich - ma’rifat: hamma narsaning, butun borliqning asosi - xudo ekanini, o‘zining mohiyati xudo mohiyati bilan birgaligini bilish va anglash. Bunda odam uchun barcha kibr-u havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo‘lib ko‘rinadi, shunda u orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo‘ladi.
    To‘rtinchi bosqich - haqiqat. Bunda soTiy xudoning dargohiga erishadi, vasliga vosil boMadi, u bilan birlashadi, shu orqali inson foniy, ya’ni «analhaq» bo‘la oladi.
    Mazkur oqim tarafdorlaridan birinchi so‘fiy eronlik Abu Yazid Tayfur al-Bistomiydir (875-yilda vafot etgan). So‘fiy Husayn ibn Mansur Xalloj esa o‘zining xudo bilan «qo‘shilgani»ni isbotlash uchun «Anal haq» («Men haqiqatman») deb o‘z ta’limotini e’lon qildi. U payg‘ambar va «Qur‘on»ning muqaddasligini yo‘qqa chiqarishga uringanlikda ayblanib, xurofotchilaming ig‘volari tufayli qatl etildi. Chunki bu ta’limot saroy va johiliyat bilan yaqinlashgan ba’zi ilm-u kamol va ilohiyot ulamolariga yoqmaydi, qalbni Oliy haqiqatga erishishi uchun poklash yo‘lida qilingan ezgu ta’limot bid’at deb e’lon qilinadi.


    53




    Tasavvufning ikkinchi oqimiga mansub bo‘lgan so‘fiylar birinchi oqim namoyandalari qarashlarini qabul qilgan, ammo ulami islom dini qonun-qoidalariga moslashtirganlar. Bu oqimning eng mashhur nazariyotchisi - Zayniddin binni Muhammad imom G‘azzoliy (1058-1111 yy.), Ahmad Yassaviylardir.
    Imom G‘azzoliy «Hujjatul Islom» nomini olgan so‘fiylik asoschilaridan sanaladi. Uning haqida hatto «Qur’on» yo‘qolib qolsa, uni G‘azzoliyning asarlari bo‘yicha tiklash mumkin», deb aytganlar. Chunki Imom G‘azzoliyning «Tahofut al-falosifa» («Faylasuflarni rad etish»), «Kimyoi saodat» («Saodat kimyosi»), «Ixya al-ulum addin» («Diniy ilmlarni tiriltirish») kabi islom ilohiyoti tizimini ishlab chiqqan asarlari shunday deyishga asos bo‘lar edi.
    G‘azzoliy insonning kamolga yetishi, ya’ni xudo vasliga yetishi uchun ma’lum shartlami bajarib, muayyan yo‘lni bosib o‘tishi kerak, deydi. Bu yo‘llami u har bir so‘fiy Islom talablari - qonun-qoidalari, aqidalarini, Qur‘oni karimni haqiqat deb bilib, unga tobe bo‘lishi va ulami so‘zsiz bajarishida, deb biladi. G‘azzoliy tasavvuf nazariyasi haqida gapirib, ular haqiqatni mantiqiy mulohazalar asosida emas, balki ichki kechinmalar orqali bevosita induktiv tarzda anglaydi, deb ko‘rsatadi. Shuning uchun tasavvufning ichki holatini nazariy bilim, suhbat, o‘qish orqali emas, balki shu holatga, ulaming turmush tarziga kirish orqaligina anglash mumkin, deydi. Demak, amaliyot orqaligina tasavvufning asl mohiyatini anglash mumkin, degan xulosa chiqarildi.
    U ana shu yo‘l ko‘ngilni his bilan yaratilgan ma’lumotlardan ozod etadi, ana shunda ma’rifat manba’i paydo bo‘lib, dunyo ravshanlashadi, o‘rganish yo‘li bilan emas, balki o‘zidan chekinish, ma’naviy vujudning qaytadan tug‘ilishi orqaligina xudo vasliga yetish, foniy bo‘lish mumkin, deb ta’lim beradi. Demak, G‘azzoliy qalb pokligiga ma’naviy vujudning qaytadan tug‘ilishi orqasidagina oxirgi chegaraga erishish mumkinligini ta’kidlaydi va shu yo‘lni targ‘ib etadi.


    54




    Tasavvufning uchinchi oqimi - bu naqshbandiya ta’limoti bilan bog‘liq. Bu oqim XIII asrning oxirlarida shakllana borib, XIV- XV asrlarda Movarounnahrda rivojlangan.
    Naqshbandiya ta’limoti o‘zining hayotiyligi bilan boshqa tariqatlardan ajralib turadi. Mazkur tariqatning ildizi uzoqlarga, Uyg‘onish davriga borib taqaladi. S.Olimov ingliz olimi J.S.Trimingemning tadqiqotlariga asoslanib, 0‘rta Osiyoda ikki buyuk olim - Abdulhasan Ali al-Xoroqoniy (1034 yilda 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 yilda vafot etgan)larning tasavvuf rivojida hissasi katta ekanligini ta’kidlaydi. Tasavvuf olamida mashhur faylasuf Ahmad al-G‘azzoliy va Yusuf Hamadoniylar (1049-1140 yy.) ana shu yuqorida zikr etilgan Farmadiyning shogirdlari bo‘lgan.
    Yusuf Hamadoniy to‘rt mashur xalifa (Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barqiy), Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy Xojagon)dan tasavvufdan chuqur ta’lim olgach, Naqshbandiya tariqati vujudga keldi.
    Tariqat ilmi sohibi ma’lum tahsilni olib, tariqat peshvosi darajasiga yetgach, Xojagon (keyinchalik Naqshbandiya) tariqatini belgilaydigan va aqidalari hisoblangan asosiy talablami yaratadilar. Bu aqidalaming to‘rttasiga dastlab Yusuf Hamadoniy tomonidan tartib berilgan bo‘lib, ular:

    1. .Xush dar dam - tiriklik nafasda - ichkaridan chiqayotgan har bir nafas ogohlik va huzur yuzasidan bo‘lishi, g‘aflat unga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Hazrati Xoja Bahouddin bu rashha haqida: «Bu yo‘lda ishning asosini nafas ustiga qurmoq kerakki, zamonning vazifasiga mashg‘ul bo‘lishda xayolni o‘tmishdan va fikmi kelajakdan ozod etsin va har bir nafasni zoye ketmaslikka urinsin»,

    • deb ta’lim bergan.

    1. Nazar bar qadam - nazar qadamda, solik yo‘l yurganda uning nazari doimo oyoq panjalarida bo‘lsin, nazari sochilmasin va keraksiz joyga tushmasin, degan ma’noni bildiradi. Bu - har bir ishga mas’uliyat bilan qarash, behuda narsalarga hayotni sarf etmaslikka undaydi.


    55




    1. Safar dar vatan - solik odamiylikning tabiatida safar qilsin, ya’ni yomonlikdan yaxshilik tomon yursin, degan ma’noni bildiradi.

    Abdurahmon Jomiyning bir bayti sharhida «Yurakning ma’naviy oynasi olamning zabt etuvchi zahmatlaridan xalos bo‘lsa, soflik va nuroniy bilan bezansa, tabiiy xohishlar zulmati undan ko‘tarilsa, yaratuvchi tajalliyoti va ilohiy sifatlami qabul etish uchun safar va sulukka hojat qolmaydi, chunki safar va sulukdan maqsad, yurakka sayqal berish va uni tozalashdir», deb ta’kidlanar ekan, suluk safar qilish-qilmasligi ularning xojagonlar malakasini hosil qilishlariga bog‘liq. Agar o‘z yurtlarida bunday ta’limni amalga oshiruvchi azizni topsalar, tarki safar aylab «chidam xislati»ni hosil qilmog‘i «xojagonlaming nisbat malakasini qo‘lga kiritish»i mumkin, - deyiladi.

    1. Xilvat dar anjuman - solik tashqi tomondan xalq bilan, qalban haq bilan birga degani.

    Yuqoridagi to‘rt aqidaga Abdulxoliq G‘ijduvoniy yana to‘rt aqida - talabni qo‘shadi: yodkard, bozgasht, nigohdosht, yoddosht.
    Xoja Bahouddin Naqshband esa o‘zining uch talabini qo‘shadi: vuqufi zamoniy, vuqufi adadiy, vuqufi qalbiy.
    Naqshbandiya tariqati odob-axloq tariqati, chunki bu tariqat aynan insonning ma’naviy-axloqiy kamolga yetishi uchun qay darajada xulq-odob talablariga javob berishi, uni egallab olishiga bog‘liqdir. Buni biz Hazrat Bahouddinning ma’naviy qiyofasidan ham bilsak bo‘ladi. «Maqomat»da shunday deyiladi: «Ularning yaxshi xulq va tavozelarining chegarasi yo‘q edi. Ularning axloqlaridan biri shuki, agar ular biror do‘st yoki darveshning uyiga borib qolsalar, ularning barcha farzandlari va yaqinlarining hamda xizmatkorlarining ahvolini so‘rar va har birining ko‘nglini bir yo‘l bilan topar edilar... Do‘st-hamsoyalar va darvesh-oshnolardan hamisha rozi va xushnud bo‘lardilar. Ularning bu lutfi har bir kishiga to‘g‘ri yo‘l uchun dalolat qiluvchi edi».
    Naqshbandiya tariqati asosida har bir insonning halol, pok bo‘lishi, o‘z mehnati bilan hayot kechirishi kerakligi, sabr-qanoatli bo‘lishi, kamtar, samimiy boMishi, iymon va e’tiqodini mustahkam


    56




    tutish, dilda xudoni yod etib, amalda xalq bilan birga bo'lish kabi oliyjanob xislatlami tarkib toptirish yotadi. Bu xislatlami egallab borish jarayonida inson poklana boradi va ruhan Alloh vasliga yetishga o‘zini tayyorlaydi.
    Naqshbandiya tariqati kishilarda mehr-oqibat, samimiylik, halollik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, sabr-qanoatning tarkib topishiga yo‘llar ekan, ularda yomon illatlar: harom ishlardan saqlanish, ya’ni o‘g‘rilik, nopoklik, xasislik, yolg‘onchilik, firibgarlik, ta’magirlik, boylikka hirs qo‘yish kabilami qoralaydi. Buni biz Hazrati Xojaning o‘z aytganlaridan ham bilsak bo‘ladi: «Shamga o‘xshagin, toki hammaga ravshanlik bag‘ishla, o‘zing esa qorong‘uda bo‘l»; «Hoyu havas va nafs ahllari tutgan ishlar asosining barchasi zalolat (adashuv)dan iboratdir. Ishlarda niyatni to‘g‘ri qilish eng muhim narsadir», «Kishi o‘zining nafsiga tuhmat qilishi kerak. Kimki haq subhonahu inoyati bilan o‘z nafsining yomonligini tanigan, uning hiyla-nayrangini anglagan bo‘lsa, bunday qilish unga oson bo‘ladi. Bu yo‘ldan yuruvchilarda o‘zgalaming gunohini ham o‘zlaridan deb bilish hollari ko‘p bo'ladi».
    Ibrohim Haqqul aytganidek, tasaffuf ahli inson xulqidagi barcha noqislik, jamiki yomonliklar bilan kurashuvchilardir. Demak, tasawuf - bu hayotdir. Hayot esa, yaxshilik bilan ham, razilliklar bilan ham to‘la. Tasawuf ahli hayotni ana shu razilliklardan tozalashda har bir insonning o‘zini ma’naviy jihatdan poklash uchun kurashuvchilardir.
    Arab musulmon olami Uyg‘onish davri mutafakkirlarning aksiologik qarashlari. Ко‘plab ijtimoiy qarama-qarshiliklarga qaramay, 0‘rta Osiyolik qomusiy mutafakkirlar faqatgina tabiatshunos olimlargina bo‘lib qolmadilar. Shuningdek, ular insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi va izohlab beruvchi faylasuf-mutafakkirlar sifatida ham nom qoldirishdi.
    Ilg‘or mutafakkirlar - Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar ijtimoiy tuzum, davlatning gullab-yashnashi uchun zarur bo‘lgan insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surishdi hamda insonparvarlashuv bosqichlari tamoyillarini ishlab chiqishdi.


    57




    0‘rta asrlar Sharq fani va madaniyati yetakchilari orasida shubhasiz, o‘z davrida zamondoshlari tomonidan «Muallim us- soniy» («Ikkinchi muallim») deb nom berilgan Abu Nasr Forobiy (870-950) birinchi o‘rindan joy oladi.
    Forobiyning ijtimoiy g‘oyalari nihoyat darajada taraqqiyparvar va insonparvardir. U insonni ijtimoiy hodisa sifatida qaraydi va odamlar orasidagi insonparvar munosabatlar ulaming qiziqishlari, xohish-istaklari va o‘zaro yordam berishlarining birlashuvi asosida yuzaga chiqadi, deb hisoblaydi. «Fozil odamlar shahri» asarida olim hukmdor timsolida o‘zida aql, iroda, ilm-fanga qiziqish, adolatparvarlik, mulohazakorlik, uddaburonlik kabi sifatlami jamlovchi komil insonga xos jihatlami mujassamlashtiradi.
    Inson muammosi va uning rivojlanishi Forobiy falsafiy tizimining eng muhim va murakkab tarkibiy qismini o‘zida aks ettiradi. Buning sababi, uning ijtimoiy, ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markazida har tomonlama barkamol inson va insoniyat, ulaming umumiy baxti, yuksak fozillikka erishuvi yo‘llari va usullari muammosi turadi. Bulaming barchasi olim dunyoqarashi yuksak insonparvarlikka asoslanganidan guvohlik beradi.
    Olim ayniqsa, axloq, inson xulq-atvori, va uning ta’lim- tarbiyasiga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, inson ma’naviyatining yuqori darajasi qalbi, aqli va fikrlashida aks etadi.
    0‘zining asarlarida mutafakkir yuksak axloqiy sifatlar - mardlik, saxiylik, do‘stlik, qanoatlilik, odamlar bilan birgalikdagi faoliyatda insoniy xulq-atvor me’yorlariga amal qilish zaruriyati haqida alohida to‘xtalib o‘tadi.
    «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv haqida kitob» kabi asarlarida olim odamlar va davlatning taqdirida diniy ta’limotlarda oldindan belgilab qo‘yilganiga qarshi o‘laroq, taraqqiyot va rivojlanish manbai sifatida ijodiy faoliyatning muhimligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, insonning bilimlami egallashi, o‘zida hissiy va ma’naviy ehtiyojlar orasidan keraklilarini tanlab olish ko‘nikmasini hosil qilishda yordam beradigan irodaning roli katta ekanligini alohida ajratib ko‘rsatadi.


    58




    Forobiy komil insonning muhim sifatlaridan biri bilishga, ilm- fanni o‘rganishga ishtiyoqdir, deb hisoblaydi.
    Forobiy har tomonlama mukammal inson timsolini quyidagi sifatlarga ega bo‘lgan hukmdor qiyofasida gavdalantiradi:

    • jismoniy yetuk;

    • aqliy yetuk, u unga gapirilayotganlari orasidan to‘g‘risini ajrata olish qobiliyatiga ega bo'lishi;

    • yaxshi xotiraga ega bo‘lishi; nimani ko‘rgan, eshitgan, nima haqida fikr bildirilgan bo‘lsa, barchasini eslab qolishi;

    • notiq boMishi, yoqimli so‘zlashi va o‘z fikrini tushunarli bayon eta olishi;

    • bilimlarga hurmat bilan qarashi va ulardan foydalanishi; bilimlarni egallashdagi azob-uqubatlardan qo‘rqmasligi va ulami azob va qiyinchilik deb hisoblamasligi;

    • sababsiz iste’mol qilishdan saqlanishi, yaxshi narsalarni yeyishga qiziqmasligi, mast qiluvchi ichimliklar va haddan ziyod to‘kin-sochinlikka nafrat bilan qarashi;

    • bilimli kishilarga hurmat bilan, nodon, yolg‘onchi, yomon niyatli, tarbiyasiz kishilarga esa, nafrat bilan qarashi;

    • qabihlik, haqoratgo‘ylik va manmanlikdan o‘zini tiyishi;

    • boylik - oltin, kumush va boshqalar uning uchun qadrli bo‘lmasligi;

    • adolatlilikni sevishi va unga amal qiluvchilami hurmat qilishi, jabr-zulmga, zolimlarga nafrat bilan qarashi; o‘zi muloyim bo‘lishi, odamlarni vijdonlilikka va xushmuomalalikka chaqirishi; kamsitish va xo‘rlashdan xoli boMishi; xayrli va oliyjanob ishlarni amalga oshirishi;

    • adolatli ishlarda va ularga undashda sodiq, sabotli va qat’iyatli bo‘lishi; zulmni, zolimlarni, axloqsiz harakatlarni jazo- lashda o‘rnak va dovyurak boMishi, boylik ortidan quvmasligi, o‘zining boyligini esa muhtojlarga boMib berishi;

    • hammasidan qat’iyatli, adolatli bo‘lishdan, haqiqatdan qo‘rq- masligi va to‘g‘ri, amalga oshirish kerak, deb hisoblaganlarini yuzaga chiqarish uchun kurashishi lozim.


    59




    Sharq Uyg‘onish davrining buyuk qomusiy olimi Abu Ali ibn Sino o‘z vaqtida barcha bilim sohalarini egallagan edi, shu sababli o‘ziga xos pedagogik tizimni yarata oldi. Haqiqat yo‘lida va odamlarga qilgan buyuk xizmatlari Ibn Sino uchun dahshatli qiyinchiliklar keltirganligi tarixdan bizga yaxshi ma’lum.
    Ibn Sino qat’iylik bilan xotirjamlik hamda a’zolarining o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlik va o‘zaro bir-birini tushunish mavjud bo'lgan jamiyat zarurligi haqida gapirgan edi. Insonparvar olim bunday jamiyatni o‘zi juda qiziqarli asoslab bergan edi: odamlar bir- biri bilan muloqot qilmasdan, hamkorliksiz, o‘zaro yordamsiz, bir- biriga xizmat qilmasdan, bir-biriga nisbatan yaxshilik qilmasdan, mavjud ham bo‘lolmaydi, yashay ham olmaydi. Shuning uchun olim o‘zining «Kitob ash-ishorat va tanbihot» asarida mana bunday yozadi: «Inson xuddi odamzod urug‘ining boshqa vakillari bilan muloqotdagi kabi ehtiyojlarini qanchalik qondirmasin, biroq o‘zining shaxsiy ehtiyojlari mustaqilligi mazmunida alohidalilikni ifoda etmaydi. Odamlar orasida tashkil etilgan o‘zaro aloqadorlikdagi ayriboshlash jarayonida har biri boshqasini qandaydir g‘am-tashvishdan qutqarib qoladi. Agar har biri alohida bajarganda edi, qo‘lidan keladigan ish bo‘lganida ham, uning yelkasiga og‘ir mashaqqat tushgan bo‘lar edi. Shu sababli odamlar orasida o‘zaro kelishuv, adolat va qonunlaming aniqlangan me’yorlari zarur...»
    Olim pedagogikasining asosiy tamoyili - bola xarakterida ijobiy jihatlami tarbiyalash, uni to‘g‘ri xulq-atvorga o‘rgatish va foydali odatlarga odatlantirishga katta e’tibor qaratganligidadir. Mutafakkir bolalar va yoshlami har tomonlama ta’lim va tarbiya olishi, savodini chiqarish, ilm-fan, hunarmandchilik, savdo-sotiq, san’at asoslarini o‘rgatish orqali hayotga tayyorlashning lozimligi uchun jonbozlik ko‘rsatdi.
    X-XI asming buyuk mutafakkirlari - Forobiy, Zakariya ar- Roziy, Beruniy, ibn Sino va boshqalaming qarashlarini meros bo‘lib o‘tishi keyinchalik boshqa Sharq mutafakkirlari, shu jumladan, Ma’mun akademiyasi olimlarining axloqiy-ma’rifiy, o‘z-o‘zini axloqiy tarbiyalash, o‘z-o‘zini takomillashtirish, «bilim - jamiyat


    60




    ravnaqi uchun» kabi fikr va qarashlarida aks etdi. Quyidagi misollarda bunday aloqadorlikni yaqqol ko‘rish mumkin: «Bilimdan tashqari yaxshi shaxsiy sifatlarga ega boMgan kishigina aq!iidir»(Forobiy); Aqlli kishi o‘zida zamondoshlarining eng yaxshi sifatlarini mujassam etadi», «Qanchalik aqlli bo‘lmasin, agar u jamiyat uchun foyda keltirmasa, u komil inson emas»(al-Masixiy); «Kim o‘zining his-tuyg‘usini boshqara olsa, o‘z qalbini tarbiyalay olsa, o‘sha oqildir» (Beruniy).
    Insonparvarlik an’nalarining rivojlanishida Beruniy (973-1048) muhim hissa qo‘shdi. Insonni o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy mavjudot deb hisoblagan olim axloqiylik va mehnatsevarlikni shaxs insoniy qadr-qimmatining asosiy mezonlari sifatida belgilab berdi.
    Beruniy merosi o‘zida ta’lim va tarbiya mazmuni, ilm-fanga oid qimmatli g‘oyalarfii o‘z ichiga olgan mislsiz ilmiy nazariyalar to‘plamini qamrab olgan. Ular orasida olingan bilimlaming amaliy qo‘llanilishi muhimligi, motivatsiya va bilishga ehtiyoj, insonning o‘z dunyoqarashini o‘stirishga intilishiga asosiy urg‘u berilgan.
    Beruniy pedagogik qarashlarining insonparvarlikka yo‘naltiril- ganligi uning insoniy o‘zaro munosabatlar asoslari sifatidagi axloqiylik va jamoaviylik, bilimlaming inson husniga ta’siri haqidagi qarashlarida o‘z aksini topgan.
    Beruniyning qarashlari ilm-fan, ta’lim va ma’rifatparvarlik masalalari bilangina chegaralanmaydi. Balki yoshlarda tarbiyalash lozim bo‘lgan yaxshilik, ziyraklik, ko‘ngilchanlik, haqiqatparvarlik, adolatli bo‘lishga intilishni - eng muhim sifatlar, deb hisoblaganligi bilan ham qadrlidir.
    Beruniy oliyjanoblik va insonning yuksak ma’naviy o‘y- fikrlari - bu tug‘ma insoniy xususiyat ham, temperamentning psixologik o‘ziga xosligi ham emasligini, aksincha oliyjanoblik axloqiy ish va hatti-harakatlar natijasida tarbiyalanishi va egallanishi haqidagi fikmi ilgari surdi.
    Olimning kelgusi avlod tarbiyasi haqida bildirgan fikrlari o‘sha davr uchun juda katta jasorat edi. Komil shaxsning asosiy sifatlari sifatida mehnatsevarlik, axloqiylik, o‘z-o‘ziga tanqidiy qarash,


    61




    bilim, madaniyat va ma’naviy qadriyatlarga yuqori darajada hurmat bilan qarashni sanab o‘tadi.
    XV asrda 0‘rta Osiyo sharoitida Forobiyning ijtimoiy-siyosiy va insonparvarlik g‘oyaIarini davom ettiruvchi va targ‘ib etuvchilaridan biri buyuk mutafakkir, o‘zbek tilining asoschisi - shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy bo‘ldi.
    Navoiy ijodining asosini inson va uning ma’naviy dunyosi haqidagi chuqur o‘y-xayollar, olam va «muhabbat» va «go‘zallik» tushunchalari ta‘sirida qaraladigan hayot mazmuni haqidagi fikrlar tashkil etadi. Muhabbat - bu insonni yomonliklardan va his- tuyg‘uga berilishdan forig‘ etuvchi ulug‘vor axloqiy kuch. U o‘zida oliyjanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlikni, insonning barcha imkoniyatlari va ma’naviy kuchini faol namoyon bo‘lish yo‘lini aks ettiradi. Inson ruhining go‘zallikka intilishi va bu go‘zallik uchun axloqiy jasorat ko‘rsatishga tayyorlik Navoiyda shoiming ijodiy tasavvurida yaratilgan yuksak ulug‘vorlik ko‘rinishida tasvirlanadi.
    Go‘zallikka erishish insondan axloqiy jasorat hamda Navoiyning ishqiy-sarguzasht dostonlarida ichki, yashirin motivlar sifatida tavsiflangan doimiy axloqiy takomillikni talab etadi.
    Navoiyning insonparvarlik qarashlarida asosan, shaxsiy qadriyatlar sifatida qaralgan qadriyatli tushunchalar tizimi namoyon bo‘ladi. 0‘tmishdoshlari singari shoir ham insonning qadr- qimmatini uning axloqiy sifatlari - qalban poklik, oliyhimmatlilik va do‘stlik, insonning bilish imkoniyatlarini cheklanmaganligi va dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishda ko‘radi. Inson qadr-qimmati yuqori nasl-nasab yoki tabaqa, boylik, ijtimoiy kelib chiqishiga qarab emas, odamlar va jamiyat ravnaqi uchun sarf etilgan axloqiy sifatlar va amaliy faoliyat bilan o‘lchanadi. «Sab’ai sayyor» asarida Navoiy yozadi: «Yuqori martaba va unvon kishilarga obro' keltirmaydi, xushaxloqlilik va or-nomus ulaming oliyjanobligi va obro‘sini belgilab beradi. Qachonki, yomg‘ir (axloqiylik)ning manbai or-nomusdan shakllangan bo‘lsa, mazkur yomg‘ir tomchisi suvsiz adir uchun obi-hayot beradi. Axloqsiz kishilar hurmatga sazovor bo‘la olishmaydi, ular razil va osmon gumbazining ostidadirlar».


    62




    Insonning axloqiy tarbiyasida Navoiy aqlga asosiy e’tibor beradi. Dostonda ijod sohibi sifatida insonning yuqori darajada yetukligi va qadr-qimmatini asoslashga imkon berishni so‘raydi. Alisher Navoiyning inson haqidagi kontseptsiyasi uning olam haqidagi ta’limoti bilan bevosita bog‘liq. Ma’lumki, bizni o‘rab turgan hayot ilohiylikni o‘zida namoyon etadi, inson esa unda ilohiy borliqni sohibi sifatida gavdalanadi. Inson va Alloh haqidagi bunday tasavvurlarda mutafakkir-shoir o‘zining insonparvarlik tamoyillarini asoslaydi: insonni ulug‘laydi, ilohiy ibtido sohibi sifatida uning shaxsini hurmat qilishni talab etadi, axloqiylik va ma’naviy yetuklik ruhidagi diniy ko‘rsatmalami sharhlaydi, shaxsiy e’tiqod g‘oyasini ilgari suradi.
    Zamonaviy aksiologik yondashuvlar. Mustaqillik sharofati bilan tiklanib, qaddini rostlayotgan, to‘xtovsiz rivojlanib borayotgan milliy madaniyatimizning jamiyatimiz taraqqiyotini tezlashtirish, insonni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kamol toptirishda o‘mi benihoya kattadir. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan ma’naviy yuksalish, insonning axloqiy, g‘oyaviy, siyosiy kamoloti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy uyg‘onish jarayonlari bilan uzviy aloqadorlikdadir.
    Insonning ma’naviy-axloqiy kamoloti nihoyatda keng, ko‘p qirrali, mazmun-mohiyati jihatdan chuqur bo‘lib, o‘z ichiga juda ko‘plab sohalami qamrab oladi. Shulaming ichida markaziy o‘rinni dunyoqarash masalasi egallaydi.
    Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniyat va ilmiy kashfiyotlar jamiyatimizning oliy qadriyati bo‘lgan - insonning dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, dunyoqarash - bu kishilaming olam va uning o‘zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va hokazo qarashlari va tasavvurlari majmuasidan iborat. Demak, dunyoqarash olamdagi yaxlit, umumlashtirilgan bilimlar to‘plamidir. Kishilar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida qancha ko‘p ma’lumotga, bilimga ega bo‘lsalar, ularning dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va puxta bo‘ladi.


    63




    Dunyoqarashning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, u insonni qurshab turgan voqelikni anglash, tushunish bilan bir qatorda uni baholash hamdir. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo‘shilib baholangach, insonning tevarak-atrofdagi ijtimoiy va tabiiy reallikda bevosita, amaliy yo’l tutish maqsadiga xizmat qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, dunyoqarash insonning voqelikdagi o‘z o‘mi va rolini belgilab beradigan ongli ravishda to‘plangan, izohlangan va baholangan bilimlar majmuasidir.
    Dunyoqarash tarkibiga kishilaming olamni bilish va baholashga oid bo‘lgan ishonch va e’tiqodlari, niyat va maqsadlari, orzu umidlari, ular faoliyatiga ma’lum yo‘nalish beruvchi barcha qadriyatlar ham kiradi.
    Mifologik diniy, falsafiy dunyoqarash - ijtimoiy borliqning in’ikosi bo‘lib, u muayyan tarixiy davrda insoniyat yaratgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy tuzumga bog‘liq boMadi.
    Inson faoliyatida ilmiy-falsafiy dunyoqarash asosiy rol o‘ynaydi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida yaxlit ma’lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamni bilish mumkinligini, materiyaning doimo harakatda va rivojlanishdaligini ta’kidlaydi. Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar obyektiv olamdagi hamma narsa va hodisalar, jarayonlar o‘zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy muhim aloqadorlikda, ta’sir va aks ta’sirida ekanligini chuqur anglab oladilar.
    Kishilar dunyoqarashini shakllantirishda, ularda tabiat, jamiyat, insonning kelib chiqishi, rivojlanishi haqida tasavvurlar hosil qilishda Markaziy Osiyo mutafakkirlari tomonidan yaratilgan ilmiy-falsafiy meros bitmas-tuganmas boylik xazinasi hisoblanadi. Undan unumli va samarali foydalanish hozirgi vaqtda mustaqil jamiyatimizning oldida turgan dolzarb vazifadir.
    Falsafiy dunyoqarash narsa va hodisalami inscfti ongida yaxlit aks ettirish bilan bir qatorda, u kishilaming tafakkurlash madaniyatini, ichki ma’naviy dunyosini shakllantiradi, ulami ma’naviy kamol toptirishga yordam beradi.


    64




    Falsafiy dunyoqarash kishilarga xos bo‘lgan rostgo‘ylik, poklik, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi olijanob fazilatlami, axloqiy normalar va qadriyatlami mujassamlashtiradi.
    Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar jamiyatning tabiat bilan uzviy birligi, inson va insoniyat taqdirining mushtarakligi, turli- tuman halqlar madaniyatining xilma-xilligi va birligi haqida ishonch hosil qiladi.
    Milliy merosimiz, qadriyatlarimizning qayta tiklanishi, milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi tufayli odamlar ongida, tafakkurida muhim ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ma’naviy- ma’rifiy jarayonlardagi o‘zgarishlar odamlarimiz qalbi va ongiga singib, ularda kelajakka, o‘z kuchiga, o‘z imkoniyatiga ishonch, Vatanga muhabbat, erkinlik xissini tarbiyalamoqda. «Eng muhimi, aholining ongu tafakkurida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ulaming uzoq yillar mobaynida kommunistik va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash tarzi va dunyoqarashi, bir so‘z bilan aytganda odamlaming o‘zi o‘zgardi». Faqat istiqlol xalqimizga o‘z Vatanida o‘zini erkin xis etish, erkin fikrlash, mustaqil tafakkur yuritish imkonini berdi. Va u keng ko‘lamdagi siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi islohotlami amalga oshirishda asosiy kuch-qudrat bo‘lib xizmat qilmoqda.
    Binobarin, xalqimiz bosib o‘tilgan islohotlar jarayonida iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ij'timoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va boshqa sohalar bo‘yicha tegishli ma’naviy saboqlar oldi. Darhaqiqat, faqat ma’naviy erkin va ozod xalq, teran va komil tafakkur tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Islohotlar jarayonida erishilgan muayyan muvaffaqiyatlar tafakkur va ma’naviyat ozodligi, erkinlikning tantanasi tufaylidir. Ma’lumki, yuksak ma’naviyatning birinchi sharti bu - erkinlikdir, jamiyat a‘zolarining o‘zini ozod va erkin his etishidir. Zotan, «fuqaro» tushunchasi bilan «erkinlik» tushunchasi o‘zaro hamohang va ma’nodoshdir. Ozod mamlakatning erkin shaxsida esa keng imkoniyatlar darajasida o‘z millati mentalitetiga xos ma’naviy yangilanish sodir bo‘lishi, mustaqil tafakkur shakllanishi mumkin.


    65




    0‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirganda uning quyidagi to‘rt asosiy jihatiga e’tibomi qaratadi. Ya’ni 0‘zbekistonning har bir fuqarosi:

    • o‘z haq-huquqini taniydigan bo‘lsin, buning uchun kurashsin;

    • o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo‘lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko‘rsin;

    • atrofida bo‘Iayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;

    • shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda ko‘rib, faoliyat yuritsin.

    Ozod shaxs va erkin fuqaroni tarbiyalashda eng avvalo, yoshlarning siyosiy bilimlarni egallashi, o‘zida egallangan siyosiy bilimlami baholash ko'nikmasini tarkib toptirish hamda mazkur siyosiy bilim va ko‘nikmalami amalda siyosiy fe’l-atvori orqali qo‘llay olishlariga erishish dolzarb vazifa sanaladi. Mazkur jihatlar yaxlitlikda siyosiy madaniyat atamasida o‘z ifodasini topadi.
    Yoshlarning siyosiy madaniyati demokratiya, plyuralizm, fuqarolik jamiyati, inson huquq va erkinliklari singari qadriyatlar bilan birga namoyon boMadi. Sababi yoshlar siyosiy faoliyati davomida ilmiy-nazariy bilimlari asosida amaliy natijaga erishadi. Yoshlarning faolligi jamiyatning o‘zgarishi, taraqqiyotini ta’minlaydi. Yoshlarning siyosiy faolligi bois jamiyatning transformatsiyalashuvida o‘zgarish, yutuq va muammolami ko‘rishga imkon yaratiladi.
    Siyosiy madaniyat-siyosiy voqelikning kishilar tomonidan o‘rganilishi, o‘zlashtirilishi va o‘zgartirishga bo‘lgan ishtiroki, faoliyatidir. Tarixga nazar tashlasak, insoniyat jamiyati doimiy o‘sishda, o‘zgarishda ekanligini kuzatamiz. Jamiyatning siyosiy sohasi ham bundan mustasno emas, unda ham doimiy o‘zgarish, takomillashuv jarayoni kechmoqda. Bu esa albatta kishilarning siyosiy voqelikni o‘rganishi, o‘zlashtirishi, tahlil qilishi va o‘zgartirishga bo‘lgan faoliyati natijasidir.


    66




    Yoshlaming siyosiy madaniyatini shakllantirish yaxlit tizim ko‘rinishiga ega bo‘lib, mazkur tizim o‘z ichiga quyidagi tarkibiy qismlami qamrab oladi:

    1. Siyosiy tajriba.

    2. Siyosiy ong.

    3. Siyosiy xulq-atvor.

    4. Siyosiy qadriyatlar.

    5. Tarixiy tajriba.

    6. Siyosiy murosa va mas’uliyatni anglash.

    Mazkur tuzilishga asoslangan holda, siyosiy madaniyatning siyosiy tajriba, siyosiy ong va siyosiy xulq-atvordan iborat majmuaviy ko‘rinishini hosil qilish mumkin:

    Download 296,16 Kb.
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




    Download 296,16 Kb.