|
Pedagogik aksiologiya
|
bet | 10/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 296,16 Kb. | | #150387 |
Bog'liq Pedagogik-aksiologiya.Мардонов-Шidealis-
tiknazari-
ya
|
Subyektiv-
idealistik
nazariya
|
Qadriyat- ning na- turalistik nazariyasi
|
Transtsen-
dental
nazariya
|
Ijtimoiy
nazariya
|
Dialektik-
materialis-
tik
nazariya
|
|
|
|
|
|
|
41
П BO‘LIM
PEDAGOGIK AKSIOLOGIYANING NAZARIY- METODOLOGIK ASOSLARI
bob. ASOSIY AKSIOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING CHET EL PEDAGOGIK FIKRLARI TARAQQIYOTIDAGIRIVOЛ
Tayanch tushunchalar: Sharq falsafasi, G‘arb falsafasi, 0‘rta asrlar, Uyg‘onish davri falsafasi, sxolastika, kontseptualizm, mistitsizm.
Qadimgi Sharq falsafasida dunyoga qadriyatli munosa- batning aks etishi. Aksiologiya qadriyatlaming tabiatini falsafiy tadqiq etish XIX asming ikkinchi yarmida yuzaga kelgan bo‘lsa ham, qadimgi dunyo falsafasidayoq dunyoga qadriyatli munosabat o‘ziga xos tavsiflanadi. 0‘sha davr faylasuflari tabiiy va ijtimoiy hodisalami baholashda «yaxshilik», «ezgulik», «haqiqat», «foyda- li», «go‘zal» kabi tushunchalardan foydalanishgan.
Qadimgi Sharq falsafasi insonning ichki dunyosini tadqiq etishga katta e’tibor qaratgan. Qadimgi bobilliklaming yaxshilik bilan yomonlikning, ezgulik bilan yovuzlik, boylik bilan qashshoqlikning, zo‘rlik bilan xo‘rlikning bir-biriga tubdan zid ekanligi, o‘zaro qarama-qarshi va murosasizligi haqidagi falsafiy g‘oyalami o‘zida ma’lum darajada bayon qiluvchi «Jafokash avliyo haqida doston» va «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» degan asarlari ham mavjudligini aytib o‘tish zarur. Ularning birinchisida - baxt va baxtsizlik, adolat va adolatsizlik ularning sabablari, bartaraf etish yoMlari xususidagi dastlabki falsafiy tasawur va g‘oyalar bayon etilgan. Keyingisida, xo‘jayin bilan qul o‘rtasidagi ziddiyat ular orasidagi ta’sirli suhbatda ifoda qilingan. Asarda aytilishicha, har gal xo‘jayinning istaklarini o‘rinli va asosli qilib rad etishga vaj
42
topadigan quldan ko‘ngli sovigan hujayin nihoyat: «Xo‘sh, endi nima yaxshi?» deb xitob qiladi. Qul dadillik va istehzo bilan bunday javob beradi: «Mening kallamni ham, sening kallangni ham uzib, daryoga tashlash kerak. Eng yaxshisi ana shu. Osmonga yetish darajasida yuksak, butun yemi qoplab olish darajasida katta odam bormi, axir!». Jaxli chiqib ketgan xo‘jayin dahshat bilan qulga qarab: «Ey qul, men seni o‘ldirishni va seni mendan oldin ketishga majbur qilishni istayman», - deydi. Bunga javoban qul xo‘jayinni ogohlantirib: «Dahshatini olganda, xo‘jayinim mendan keyin faqat uch kun umr ko‘radilar», - deydi.
Hind falsafasida yuksak reallikni o‘zida aks ettiruvchi ruh - braxman orqali «qalb» tushunchasi ochib berilgan. Qalb «sof ang- lash»ni aks ettiradi va «sof ilohiylik holati»da joylashadi. Hind faylasuflarining mazkur ta’limoti inson tabiatini takomillashtirish- ning amaliy yo‘llarini ko‘rsatib beruvchi «Upanishadlar» deb nom olgan.
Dastlab Hindistonda (mil. av. VI asr) paydo bo‘lgan, keyinchalik Markaziy, Janubiy, Shimoliy va Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan Dzen-buddizm ta’limoti ham insonning ichki holatiga e’tibor qaratgan. Dzen-buddizm ta’limotining ahamiyati ichki o‘z- o‘zini baxshida etishda namoyon bo‘ladi: haqiqatni anglash uchun atrof-muhitni o‘rganish kerak emas, o‘zini, o‘zining «Men»ini Budda bilan qurollantirish zarur. Dzen-buddizm ta’limotining oliy haqiqatga erishish texnologiyasi turli psixologik mashqlami o‘z ichiga oladi. Psixologik mashqlar o‘zida insonning o‘z-o‘zini takomillashtirishi, uning o‘z-o‘zini axloqiy anglashi, xulq-atvor usulubini shakllantirish dasturi sifatida qarash mumkin bo‘lgan turli qadriyatli jihatlami aks ettiradi.
Qadimgi G‘arb faylasuflarning qadriyatga doir sharhlari va ularning mazmuni. Qadimgi G‘arb faylasuflari ham qadriyatni turlicha talqin etganlar. Qadriyatga tegishli go‘zal va xunuk, yaxshi va yomon, baxt va baxtsizlik tushunchalarini turli davrlarda turlicha va turli odamlar tasawurida tushunganlar. Ular asosiy aksiologik masalalami shakllantirishga harakat qilganlar: oliy baxt mavjudmi? Inson hayoti mazmuni nimada? Haqiqat nima? Sevgi nima va
43
ayriliq nima? Go‘zallik nima? Qadriyatlar tabiatidagi qarama- qarshiliklami aniqlashgan: go‘zal narsalar insonni jinoyatga boshlashi mumkin; go‘zal so‘z salbiy ko‘rinishdagi mazmunni ifoda etishi mumkin; tashqi go‘zallik - ma’naviy qashshoqlik.
Qadimgi Yunon faylasufl Geraklitning fikricha, bilish asosida idrok turadi, biroq donolikka faqat fikrlash orqali erishiladi.
Demokrit barcha narsalaming o‘lchovi, oliy qadriyat sifatida har qanday insonni emas, faqat dono kishini tushunadi. U Geraklitning fikrini inkor etmagan holda, bilishning asosiy manbasi sifatida hissiy idrok aks etishini ta’kidlaydi. Biroq uning fikricha, hissiy idrok narsa-hodisalar haqida «qorong‘u» bilimlar beradi. Dunyoning mohiyatini tushunish tafakkur yordamida haqqoniy bilimlami egallashga imkon beradi. Bu esa, hissiy idrokning rolini pasaytirmaydi. Aksincha, Demokrit tarbiyada bola tabiatiga uyg‘unlik, uning qiziqishlarini hisobga olish zarurligi, jazolashning befoydaligini asoslab beradi.
Demokritning atom to‘g‘risidagi nazariyasi ham o‘zida qator tarbiyaviy qadriyatlami jamlaydi. Masalan, mehnatga doimiy odatlanishni shakllantirish, ishontirish asosida o‘qishga ijobiy motivatsiyani shakllantirish, haqiqatni izlab topish, qalbni qo‘r- quvdan xalos etish, ishtiyoqini shakllantirish haqidagi fikrlari shularjumlasidandir.
Haqiqatga erishishga yo‘naltirilgan inson harakatiga Suqrot ham qadriyat sifatida qaraydi.
Aflotun birinchilardan bo‘lib, ta’lim tizimini falsafiy nuqtai nazardan asoslaydi, buning uchun davlat ta’limining zarurligini ta’kidlaydi. U o‘zining davlat, shu jumladan, ta’lim haqidagi ta’limotida g‘oyalaming aqlga asoslangan dunyosi; davlat (jamiyat, polis); individ, fikrlovchi, davlat qonunlariga rioya qiluvchi kabilami ajratib ko‘rsatadi.
Aflotun yuksak ezgulikning mohiyatini aks ettiruvchi birinchi qadriyatli tasnifni ishlab chiqdi. Ezgulik o‘zida o‘lchov, mo‘tadillik, vaqt bilan bogMiqlikni aks ettiradi. Bu qadriyatlar taraqqiyot zinapoyasining eng yuqori qismida joylashadi. Ikkinchi o‘ringa Aflotun go‘zallik va komillikni; ulardan so‘ng aql va tafakkumi;
44
so‘ngra - idrok etish va bilimlami chaqiruvchi qalbning lazzatlanishini qo‘yadi. Oxirgi bo‘g‘inga «yuksak go‘zallik» joylashadi.
|
| |