O‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish usullari




Download 2.14 Mb.
bet4/5
Sana25.02.2024
Hajmi2.14 Mb.
#162232
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islomova Sevaraxon
1684434157 ocr, resume, Boratova Mavluda, Qambarova Mavjuda
O‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish usullari. O‘quvchilarning bilish faolligini taraqqiy ettirishda sinf rahbarining vazifasi quyidagilardan iborat:
1. Bilimga qiziqish va muhabbat uyg‘otish. Bola bilimga qiziqmasdan turib, o‘qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o‘qiy olmaydi. Bolada o‘z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o‘qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag‘batlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o‘qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg‘otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi.
2. O‘quv mehnatiga ongli munosabatda bo‘lish va unga mas'uliyat bilan yondashish.O‘quv mehnatiga ongli munosabatda bo‘lishlik ta'limning ijtimoiy, o‘qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Sinf rahbarlari o‘quvchilarga ularning bosh vazifasi – o‘qish ekanligini tushuntirishi kerak. O‘qishga mas'uliyat hissi, faqat Vatan oldidagi burchgagina emas, keng ijtimoiy qamrovli – jamoa, o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘z oldidagi mas'uliyat, ularning fikrlari, ma'qullashlarini eshitishga intilish, sinf, o‘quv jamoasida munosib o‘rinni egallashga ham tegishlidir.
3. O‘qish madaniyatini oshirish.O‘zlashtirishning past bo‘lishi aksariyat hollarda, o‘quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko‘nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi.
Sinf rahbarining va fan o‘qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o‘quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga ko‘rish bilan bolg‘iq:
1. Faoliyatni reja asosiga ko‘rish.
2. Qunt bilan ishlash.
3. Pala-partishlikka yo‘l qo‘ymaslik, saramjomlikka o‘rganish.
4. Bilim sifatini oshirish.
5. Qiyinchiliklarni yengish.
6. O‘quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish.
Bu degani o‘quv mehnatini o‘quvchining dam olishi bilan to‘g‘ri almashtirib borilishidir.
7. O‘qishda o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam uyushtirish.
O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi.
8. Sinf o‘qituvchilari bilan hamkorlik.
Sinf rahbarlari huddi shunday holatlarga o‘z e'tiborlarini qaratishlari lozim. Butun sinf o‘qituvchilari oldiga yagona pedagogik talablarni, qattiqqo‘llikni, sinfda intizomni saqlash, o‘quvchilarga bo‘lgan talabchanlikni oshirishni alohida vazifa qilib qo‘yish lozim.
Sharqning faylasuf shoiri Shayx Sa'diy:
Agarda muallim bo‘lsa beozor,
Bolalar sinfni qilishar bozor,
Darslardagi tartib-intizomni saqlashning eng yaxshi usuli o‘quvchilar ishonchini qozonishdir. Darsni qizg‘in, ijodiy, ko‘rgazmali qurollar yordamida, ular havasini va hayratini uyg‘otish, lol qoldirish, dars o‘tilgach birorta ham o‘quvchini ishsiz qoldirmaslik – har biriga o‘ziga xos amaliy topshiriqlar berish ayni muddaodir. Intizomli bo‘lish nafaqat maktabda, balki o‘quvchining kelgusi hayotida ham asqotishi turgan gap. Chunki, inson hayotining chigal va murakkab so‘qmoqlarida ham tartib-intizom muhim ahamiyatga ega.

Download 2.14 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2.14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish usullari

Download 2.14 Mb.