• Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi
  • O‘QUVCHILARGA TARBIYAVIY TA'SIR ETISH YO‘LLARI




    Download 2.14 Mb.
    bet3/5
    Sana25.02.2024
    Hajmi2.14 Mb.
    #162232
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Islomova Sevaraxon
    1684434157 ocr, resume, Boratova Mavluda, Qambarova Mavjuda
    O‘QUVCHILARGA TARBIYAVIY TA'SIR ETISH YO‘LLARI.
    Sinf rahbari bolalarni odobli qilib tarbiyalashni, ularga andisha bilan gapirishni, maqbul hrakat qilishni o‘rgatishi lozim.
    Alisher Navoiy «Mahbub-ul-qulub» asarida ta'lim-tarbiya jarayonlarini, vositalarini, ahloq-odob talablarini ko‘rsatadi. O‘z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. O‘qituvchi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, maktabdorlar va ta'lim berayotgan fanini va tarbiya jarayonini sevishi kerak deydi. O‘ziga xos o‘quvchi jamiyatda obro‘li va hurmatga loyiq insondir, deb hisoblaydi. Shogirdlar muallimni hurmat qilishlari, e'zozlashlari zarurligini uqtiradi.
    Navoiyning fikricha, ba'zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim sinf jamoasiga ilmu-adab o‘rgatadi. Bu jarayonda sinf rahbari ko‘p mashaqqatlarga duch keladi. Shuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. Shogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi deydi.
     
    Xaq yulida senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
    Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
    Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
    O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotgan u yolg‘iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o‘qituvchilari bilan yaqin hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O‘quv­chilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf ja­moasini mustahkamlaydi.
    O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishi va qobilyatini o‘stirish, har bir o‘quvchining indivudial ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda u har bir o‘quvchining sog‘ligini mustahkamlashga ham katta e'tibor beradi.
    Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning darsni yuqori o‘zlashtirishlarini ta'minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.
    Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlaridagi ishtirokini ta'min etadi, maktab miqyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini ta'minlaydi.
    Sinf o‘quvchilarining ota-onalari, o‘quv kuni o‘zlashtirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.
    Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilim tarqatib, oila bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.

    Download 2.14 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 2.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘QUVCHILARGA TARBIYAVIY TA'SIR ETISH YO‘LLARI

    Download 2.14 Mb.