Pedagogik kompyuter dasturlari
Reja :
1. Pedagogik dasturiy vositalar
2. Pedagogik didaktik talab va vositalar
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida
o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun
mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim
jarayonini
samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib,
zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi.
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik
maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar
majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar
kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
- o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning
bilim darajasi va
qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;
- test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni
tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi;
- mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv
materialini
takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
- o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi
dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish
texnologiyasini amalga
oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini
tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud.
Mazkur omillar didaktik,
psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan
didaktik talablarga
quyidagilar kiradi: ilmiylik,
tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi
bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning
asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga
olib, o`quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta`minlash),
uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati
hamda
to`ldiruvchisi
hisoblanadi),
izchillik,
muammolilik,
ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi
hamda faollilik
xususiyatining
mavjudligi),
o`qitish
natijalarini
o`zlashtirish
mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o`qitish,
tarbiyalash,
rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.