• Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o`quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish.
  • Pedagogik kompyuter dasturlari Reja : Pedagogik dasturiy vositalar Pedagogik didaktik talab va vositalar




    Download 292,83 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana09.12.2023
    Hajmi292,83 Kb.
    #114288
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Pedagogik kompyuter dasturlari Reja Pedagogik dasturiy vosital

    Ergonomik 
    talablarga 
    quyidagilar 
    kiradi: 
    do`stonalik, 
    foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
    Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o`qitishga 
    mo`ljallangan o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini, uning 
    qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning 
    zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko`zda 
    tutadi. Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi 
    metodik talablarga javob berishi kerak: 
    1. Pedagogik dasturiy vositalar – o`quv materialini taqdim etishning 
    tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga 
    tayangan holda qurilishi. 
    2. Pedagogik dasturiy vositalar o`quv materialini yuqori tartibli 
    tuzilma 
    ko`rinishida 
    ta`minlashi. 
    Fanlararo 
    mantiqiy 
    o`zaro 
    bog`liqlikning hisobga olinishi. 
    3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta`lim oluvchiga o`quv materialini 
    bosqichma-bosqich o`zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga 
    oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.
    Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o`quvchilarning 
    psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish. Pedagogik dasturiy 
    vositalarni qo`llash asosida o`quvchilarning mustaqil ta`lim olish 
    ko`nikma va malakalarini shakllantirishda o`quvchilarning funksional va 
    psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning 
    pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko`proq ma`lumotlarni 
    yoritishga intilishi o`quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. 
    O`z navbatida ma`lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma`lumotlarni 
    o`zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, 
    o`quvchining o`zini his qilishi va sog`ligiga salbiy ta`sir qiladi. 
    Fiziologik-gigienik 
    sohada 
    amalga 
    oshirilgan 
    tadqiqotlar 
    kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati 
    o`zlashtiriladigan ma`lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda 
    o`zgarib borishini e`tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi: 
    - ko`rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi; 
    - yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy 
    ko`tarinkilikning tinib qolishi; 


    - yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli 
    salbiy hissiyotlarning yig`ilib borishi; 
    - katta miqdordagi ta`limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi 
    axborot resurslarini faol o`zlashtirishga to`sqinlik qiladi. 
    Bu holat ta`lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab 
    chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik 
    talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga 
    chiqaradi.
    Pedagogik 
    dasturiy 
    vositalarning 
    psixofiziologik 
    jihatdan 
    samaradorligi 
    birinchidan: 
    o`quvchilarning 
    o`quv 
    materiallarini 
    o`zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik 
    ko`rsatkichlari, motivasion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi. 
    Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq bo`lib, o`qitish 
    konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta`lim vositalaridan 
    rasional foydalanish ko`rsatkichlari, o`qituvchining mehnat faoliyatiga 
    nisbatan barqaror motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi. 

    Download 292,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 292,83 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik kompyuter dasturlari Reja : Pedagogik dasturiy vositalar Pedagogik didaktik talab va vositalar

    Download 292,83 Kb.
    Pdf ko'rish