Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline,
Adobe
Captivate, CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz
mumkin.
Articulate
Storyline
kurslar
yaratish
uchun
mo`ljallangan eng mashhur
dasturlardan biri bo`lib, u
moslashuvchan, foydalanishda
qulay va turli maqsadli kurslar
yaratish
uchun
ishlab
chiqilgan.
Articulate
Storyline —
uch
utilitli
(Presenter,
Quizmaker,
Engage) paket, o`rgatuvchi
kurslarni, taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda
ko`rish va masofali ta`lim tizimlariga integrallanishi mumkin bo`lgan
Flash va HTML5 formatlarda yaratish imkoniyatini beradi. Dastur
murakkab interfaol senariylarni amalga oshirish
uchun deyarli cheksiz
imkoniyatlarni taklif etadi. Endi o`quv kursining murakkab interfaol
senariysini yaratish uchun dastur tuzishni yoki flashni qo`llashni bilish
shart emas — Storyline buning uchun barcha vositalarni taklif etadi.
Ushbu dasturning xususiyati oson o`zlashtirilishida, shuningdek,
yaratilayotgan loyihalarning yorqin vizual uslubida: Articulate
mahsulotlarida ishlangan roliklar boshqa
e-learning muharrirlaridan
ko`ra yanada zamonaviyroq va dinamikroq ko`rinadi. Dastur Microsoft
Office 2007ga o`xshash interfeysga ega, ishlab chiquvchilar,
foydalanuvchilar, o`rganichlari oson bo`lishi maqsadida tashqi
ko`rinishini PowerPointga maksimal o`xshashligini ta`minlangan.
YUqorida
buyruqlar
to`plamidan
iborat
klassik
Ribbon-panel
joylashgan.
Barcha turdagi multimediyali kontentlar: video, flash, ovoz, veb-
ob`yektlarni qo`yishni qo`llab-quvvatlaydi. Barcha ko`p tarqalgan video
(flv, avi, wmv, mov, mpeg, dv, 3g) va ovoz (mp3, wma, wav, m4a, aac,
aiff, ogg)
formatlari importlanadi, bundan tashqari, Internetdagi
rolikning HTML-kodini yoki veb-kameradan video-yozish, ovozni esa
mikrofondan yozib qo`yish mumkin. SWF — roliklari ham muammosiz
qabul
qilinadi, bu esa boshqa multimediya muharrirlarining loyihalari
bilan integrasiyalash bo`yicha cheksiz imkoniyatlarni ochadi. Veb-
sahifalar slaydlarda freymlar ko`rinishida aks etadi. Ulardan foydalanish
mumkin va bu ham roliklarni loyihalash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Adobe Captivate— Microsoft
Windows va dasturiy ta`minotni
namoyish
etish,
video-darslarni
yozish,
dastur
simulyasiyasini
yaratish, o`quv taqdimotlarni yaratish
va .swf formatda turli testlarni
yaratish uchun qo`llanilishi mumkin
bo`lgan Mac OS Xning 5
versiyalari
uchun
elektron
ta`limda
qo`llaniladigan elektron kurslarni yaratish va tahrirlash dasturi. Adobe
Captivatedagi generasiyalangan .swf ni .aviga videoxosting saytlarga
konvertasiya qilish imkoniyati mavjud. Dastur simulyasiyalarini yaratish
uchun Captivateda chap va o`ng sichqoncha tugmasini bosish va
klavishalarni
bosish
mumkin.
SHuningdek,
Adobe Captivateni
skrinkastlarni,
podkastlarni
yaratish
va
Microsoft
PowerPoint
taqdimotlarini Adobe Flash formatiga konvertasiya qilish uchun qo`llash
mumkin.
Captivate
yordamida
dasturlarning
interfaol
namoyishlari,
simulyasiyalar, yordamchi ma`lumotlar, skrinkastlar, o`yinlar va darslar
yaratish va tahrirlash mumkin. Captivateda yaratilgan skrinkastlar
ekrandan qilingan yozuvlarga nisbatan ancha kam joy egallaydi.
Foydalanuvchilar Captivateda
taqdimotlarga effektlar, faol nuqtalar,
matnli sohalar, video va hokazolarni qo`shib tahrirlashlari mumkin.
Mualliflar mazmunini va u yoki bu elementni paydo bo`lish vaqtlarini
tahrirlashlari mumkin. Faol nuqtalarni bosish boshqa slaydga o`tish,
shuningdek, tashqi murojaatlarga o`tishni ta`minlashi mumkin.
Captivate tasvirlarni, PowerPoint taqdimotlarni, video, .flv va audiolarni
loyihaga import qilishni qo`llab-quvvatlaydi. Adobe Captivate dasturi
materiallarni yaratish va namoyish etishning qulay vositasidir. Captivate
keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi: Microsoft PowerPointda
yaratilgan taqdimotlar asosida o`quv materiallarni yaratish, monitordagi
suratni olib, savolga berilgan javobga bog`liq ravishda o`tish imkoniyatli
testlar yaratish.