1. Xolerik-temperament. 2. Melanxolik temperament. 3. Sangvinik temperament. 4.
Flegmatik temperament.
Pedagogik nizolarning asosiy turlari
1.
Ichki shaxsiy nizo.
2.
Motivatsion nizo. Amalga oshirilmagan faoliyat nizosi.
3.
Axloqiy nizo. SHaxslararo va guruhlararo nizolar.
Davomiyligiga ko'ra pedagogik nizolar bir necha turlarga bo'ladi. Ularning asosiy
turlari quyidagilardir:
tezda yakun topadigan nizolar; kuchsiz,
sust kechadigan nizolar; uzoq muddat davom
etadigan nizolar; kuchli, tez kechadigan
nizolar.
Pedagogika nizoning echimi va uni boshqarish texnalogiyasi
Pedagogik nizolar, ziddiyatlarni, to'qnashuv, qarama-qarshilik mojorolarni
pedagoglar va o'quvchilar o'rtasida yuzaga kelmasligi uchun o'qituvchi ziddiyatlarini
olidini ola bilishi lozimdir. Zamonaviy tarzda biz nizolarni boshqarishimiz ziddiyatlarni
munosabatlarini to'g'ri echimini topishimiz kerak. Islom Karimov aytganidek: "Ilm"
ma'rifat biz uchun bugun ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q, yo'qolmaydi ham. Aql
zakovatli yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo'ygan
maqsadlarimizga erisha olamiz. Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lgan sog'lom avlodni
tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e'tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli
jarayondir. SHunday ekan o'qituvchi, o'quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo'r
havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. U pedagogik jarayonni barqaror ekan,
pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lishi kerak.
Jamiyatimiz keng qamrovchi bo'lib u erda turli xil xarakterdagi shaxslarni
uchratishimiz mumkin. SHaxslararo nizolar albatta faoliyat turlarida namayon bo'ladi.
Masalan gurah misolida ko'ramiz. Tasawur qiling bir gurahda iqtidorli talantli shaxslarimiz
bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o'zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr
doiralari keng bo'lganligi sababli u shaxslar o'rtasida to'qnashuv, majoro kelishmovchilik,
nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh a'zosi o'z fikrini to'g'riligini isbotlay oladilar bunday
holatlarda nizoni boshqarish o'qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar
o'rtasida nizolarni ko'rishimiz mumkin. SHaxslar o'z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay
oladimi, ular nizolarni echimini ham topadilar.