Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o'zaro mosligi, bir-birini
to'ldirishga bog'liq ekan noto'g'ri tasawurlardan bir shuki, odamni muomola yoki
muloqatga o'rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so'zlardan foydalanib
ta'sirchan gapirishcha o'rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga deyarli
e'tibor berilmaydi.
Pedagogik nizolarda adolatsizliklarga, ijtimoiy munosabatlardagi yakkahokimlikka
yo'l qo'yib bo'lmaydi.
Pedagogik nizolarni hal etishda bir qator yo'l tutiladi.
Ular orasida eng samarali yo'llar quyidagilar sanaladi:
1.
Nizoning ta'sir doirasini kengaytirmaslik.
2.
Qulay echimlarni taklif qilish.
3.
Man etilgan usullarni qo'llamaslik, shakllardan foydalanmaslik.
4.
SHikoyatlar sonini qisqartirish.
5.
Ikkinchi darajali masalalarni ham uzviy ravishda hal qilib borish.
6.
Nizoga kirishgan sub'ektlar shaxsini kamsitadigan so'zlardan foydalanmaslik.
Pedagogik nizolarni
hal etishda bir qator usullar ham qo'llaniladi. Ular orasida eng
samarali usullar quyidagilar sanaladi:
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri nizo bo'lib, ular yuzaga kelgan
vaziyatlarda ijtimoiy munosabatlardagi yakkahokimlikka yo'l qo'yib bo'lmaydi. Odatda