Pedagogik konfliklar va ularni samarali hal etish yo'llari
Usarova Marg’uba Nazar qizi
Qarshi davlat universiteti magistranti, O’zbekiston
Ilmiy rahbar
: Yo‘ldoshev Nazar O‘sarovich
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf
etish choralarini izlash yo'lida olib boradigan amaliy harakati uning o'z ustida ishlashini
ifodalaydi.
O'qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda torn ma'noda
o'zining ijodiy vazifalarini to'liq bajarishni ta'minlashi va pedagogik yo'naltirilganligini
shakllantirishi kerak.
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri -
nizo
sanaladi.
Nizo
- qarama-qarshi, bir-biriga to'g'ri kelmaydigan kuchlar to'qnashuvi, ikki yoki
undan ko'p taraflar orasida o'zaro kelishuvning yo'qligini, manfaatlar to'qnashuvini
ifodalovchi ziddiyat.
Pedagogik nizo bu
- pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o'rtasida
pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to'qnashuvi, o'zaro qarama-qarshilik
o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir.
Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma'naviy bo'lib, bilim doirasi
keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo'lishi lozim. O'qituvchining pedagogik
bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg'ulotlarida yaqqol ko'rinadi. O'qituvchi bilan
o'quvchi, talabalar o'rtasida o'zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat izzat,
asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o'z gurahida nechta bola bo'lsa,
ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim
saviyasini yutug'i va kamchiliklarini o'rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday
yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guraxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning
har - biri o'z xarakteriga ega bo'ladi. Pedagog har bir bolani o'rganib chiqishi, ular bilan
yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har
tomonlama etuk faol bo'lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil
bo'ladilar. Gurah rahbarining asosiy vazifasi o'ziga biriktirilgan gurahdagi bolalarga
tarbiyaviy ta'sirini tashkil etishi lozim. Sinf rahbari o'quvchilarga kompleks yondashishi
lozim. Sinf rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda bo'lib, bolalarning bilim darajasi qay
darajada ekanini, ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan
shug'ullanadi. O'qituvchi tomonidan shularga e'tibor berilsa, pedagog bilan o'quvchi
o'rtasida nizo paydo bo'lishni bartaraf etadi. O'quvchi-bilan o'qituvchi o'rtasida kontakt
ya'ni masofa bo'lishi lozim. O'quvchi o'qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo'lishi,
kerak. Nizo fani, pedagogika, psixoliya, va mologiya, ma'naviyat va sotsiologiya fanlari
bilan chambarchas bog'liqdir va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi.
O'quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Nizo fani shu fanlar bilan birgalikda o'qituvchi
bilan o'quvchi o'rtasida munosabatlarni, muomila odobi, bir-birini tushunish, o'qituvchi
bilan o'quvchi o'rtasidagi xurmat, izzat, nizolarni bartaraf etish ko'nikmalarini o'rgatadi.
Pedagogik nizo fani sifatida awalom bor o'qituvchining kasbiy-ahloqiy fazilatlaridan biri
talabchan va adolatli bo'lishdir. O'qituvchi awolo o'ziga nisbatan talabchan bo'lmog'i kerak,
shundagina uning bolaga nisbatan qo'yayotgan talablari
o'rinli, samarali bo'ladi. Pedagogning talabchanligi adolatlilik bilan o'zviy bog'liq
bo'lmog'i lozim. SHu bilan birgalikda o'qituvchi adolatli bo'lishi, o'qituvchining axloqiy
fazilati hisoblansa, ikkinchi tomondan o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sirini baholashning
mezoni hisoblanadi. O'quvchining bilim saviyasini hamda xulqini baholashda ham
o'qituvchidan adolatli bo'lish talab etiladi. O'qituvchi ma'suliyatli bo'lishi va uning
zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma'suliyati yuklanadi.
Pedagog mana shu yuqoridagilarga rioya qilib ish olib borgandagina o'qituvchi bilan
o'quvchilar orasida nizo paydo bo'lmaydi.
|