“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

elektron-
multimediali darslik yaratish
) obyektiv zaruriyat ekanligi ma’lum bo‘ldi. 
Bizga ma'lumki, geografiya fanni o'qitishda elektron ta'lim vositalardan foydalanib ma'lumotlarning 
o'quvchilarga yanada to'liqroq va tushunarliroq bo'lishini ta'minlash muammosi yuzaga kelmoqda. 
Geografiya darsliklaridagi mavzularning ko'pchiligida mavzu yuzasidan rasmlar keltirilgan bo'lib, bu 
rasmlar orqali o'quvchilar mavzu yuzasidan to'liq tasavvurga ega bo'la olishmaydi. Jumladan, 9-sinf “Jahon 
iqtisodiy ijtimoiy geografiyasi” kursi mavzularini o'qitishda o'qituvchi tomonidan zamonaviy elektron 
ta'lim vositalari (
videodars, multimedia resurslari, animatsiyalar, videofilmlar
)dan foydalanish orqali 
o'quvchilar Jahon siyosiy xaritasida joylashgan davlatlar va ular haqidagi kengroq ma’lumotlarga ega 
bo‘ladilar, o‘quv jarayonini yanada qiziqarli, yorqin, hayajonli qilish, darsni o‘quvchilar uchun yanada 
tushunarli va qulay bo‘lish imkonini beradi, o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga undaydi hamda geografik 
bilimlarni o‘rganish jarayonini jonli bo‘lishiga zamin yaratadi. 
Elektron darslik kompyuter texnologiyasiga asoslangan o'quv uslubini qo'llashga, mustaqil ta'lim 
olishga hamda fanga oid o'quv materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama mustahkam 
o'zlashtirilishiga mo'ljallangan bo'lib o'quv va ilmiy materiallar faqat verbal shaklda; o'quv materiallari 
verbal va ikki o'lchamli grafik shaklda; multimedia qo'llanmalar, ya'ni ma'lumot uch o'lchamli, grafik 
ko'rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal shaklda; his qilinuvchi, seziladigan xususiyatli, 
o'quvchini “ekran olamida” stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi obyektlarga nisbatan 
harakatlanish tasavvuri yaratiladigan shaklda ifodalanadi. Bu esa o‘quvchilarni mavzuni yanada chuqur, 
ko‘rgazmali ilmiy asoslangan holda mazmunli va qiziqarli tushunishiga imkon beradi [60]. 
Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning quyidagi usullari 
mavjud: 
1. Elektron darsliklar; 
2. Elektron xaritalar; 
3. O‘quv filmlari;
4. Multimediali resurslar; 
2. Bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash bo'yicha topshiriqlar to'plami; 
3. O'rganilayotgan mavzular bo'yicha nazariy bilimlar o'quvchilar tomonidan qanday darajada 
o'zlashtirilayotganini tekshirishga mo'ljallangan test dasturi; 
4. Elektron virtual kutubxona; 
5. Har bir o'quvchi uchun amaliy topshiriqlarni tayyorlash va bosib chiqarish dasturi; 
6. Distant uslubida o'qitish, ya’ni o'qituvchi va o'quvchilar ma’lum masofada joylashgan holda ta’lim 
berish tizimi; 
7. Internet tarmog'iga ulangan multimedia kompyuterlari va b. 
Yuqorida sanab o‘tilgan dasturiy vositalardan hozirgi vaqtda ta’lim jarayoniga, ayniqsa, multimedia 
vositalarini qo'llash keng joriy qilingan bo‘lib, pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda katta 
ahamiyatga ega.
Multimedia (
ingliz tilidan multi – “ko'p, keng”, media “muhit”
) resurslar ovoz, grafika, 
animatsiyalarni o'ziga olgan harakatlanish mavjud bo'lgan muayyan mavzuga doir resursdir [61]. Ushbu 
elektron axborot ta'lim resurslarini dars mashg'ulotlarida foydalanish uchun bizga kompyuter texnikasi va 
boshqa texnik vositalar (
videoproektor, kodoskop, interaktiv “elektron” doska, DVD-pleer, TV
) kerak 
bo'ladi [62]. Geografiya kursi tinglovchilariga o'quv-mashg'ulotlarini tashkil etishda multimedia 
vositalaridan foydalanilganda tinglovchilarning mavzular mazmun-mohiyatini to'g'ri anglashiga va shu 
orqali kerakli bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlariga katta imkoniyat yaratiladi. Davlatlar va 
ularning joylahgan geografik o‘rni, aholisi, milliy tarkibi tabiiy resurslari, iqtisodiy ko‘rsatkichlari va 
boshqa ma’lumotlarni multimediali resurslar orqali namoyish qilish dars jarayoni samaradorligini 
oshirishga yordam beradi. 
Multimediali texnologiya - bir vaqtning o'zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan 
foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir, ovoz va h.k.


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
131 
So'nggi yillar davomida ko'plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: 
ensiklopediyalar, o'rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar shular jumlasidan. 
Multimedia mahsuloti: 
Birinchidan, foydalanuvchiga, albatta, interfaollikni taqdim etadigan, ya'ni inson vakompyuter 
o'rtasida buyruq va javoblar almashinuvini ta'minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot; 
Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. Macromedia Direktor – taqdimot va 
multimedia mahsulotlari yaratishga xizmat qiladi. Ushbu dastur MMX-texnologiyalar bilan, shuningdek, 
tugmalar, slaydlar, klip va animatsiyalar bilan ishlashga imkon beradi. 
Multimedia ilovalari quyidagi turlarga bo'linadi: 
taqdimotlar; 
animatsion roliklar; 
o'yinlar; 
videoilovalar; 
multimediali galereyalar; 
audioilovalar. 
Multimediyada beriladigan material chuqurroq o'zlashtiriladi, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi, 
olingan ma’lumot kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi, o'quvchilarning passiv tinglovchi sifatida ishtirok 
etishi qisqarib, izlanuvchanlik va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari 
tadbiq etiladi, ta’lim jarayoniga badiiylik kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda, multimedia ta’limning 
emotsional-estetik ta’sirlanish, maqsadga intilish, tadqiqotchilik kabi motivlarini faolashtiradi [63].
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llashning quyidagi afzalliklari mavjud: 
• axborot turlarini matn, jadval, turli xil bezaklar, nutq, musiqa, telekadrlar, videofilmdagi parchalar, 
animatsiya ko'rinishidagi axborotlarni o'z ichiga oladi; 
• doimiy yangilash imkoniyatini beradi; 
• nashr qilish va ko'paytirish uchun past xarajatlarga ega; 
• unda interaktiv veb-elementlarni, masalan, testlar yoki ish kitobini joylashtirish imkoniyatini 
beradi; 
• kotirovka qilish uchun qismlarni nusxalash va o'tkazish imkoniyatini beradi; 
• giperhavolalarning ko'pligi tufayli material o'tishining chiziqli bo'lmasligiga imkon beradi; 
• “o'quvchi-kompyuter-o'qituvchi” interaktiv muloqotning yangi darajasini ta’minlanishi, muloqot 
jarayonida o'quvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishi. 
Hozirgi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiy etgan zamonda o‘quvchilarni an’anaviy 
dars o‘tish shakli bilan dars mavzusiga qiziqtirish ancha murakkab bo‘lib qolmoqda. Chunki inson 
jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog'liqligini Internet ma'lumotlaridan bilishi mumkin. Hayotning 
o'zi bizni axborot texnologiyalardan o'quv jarayonida foydalanishni talab qilmoqda. Yoshlarning ekrandan 
ma'lumot olib o'zlashtirishga moyilligi juda kuchli. Telefon, Internet tobora globallashayotgan zamonda 
o‘quvchilarga bilimlarning o‘zi kerak emas uning hayotiyligi kerak. Mazkur mavzuda Xitoy faylasufi 
Konfutsiyning “Aytsang unutaman, ko‘rsatsang eslab qolaman, o‘zim bajarib anglab yetaman“ va bu 
haqida yana bir pedagog olim K.D.Ushinskiyning “Biz ravshan taassurotlarni ko‘rish orqali hosil qilamiz, 
chunki biz o‘zimiz eshitgan narsalardan ko‘ra, ko‘zimiz bilan ko‘rganlarimizni osonroq tasavvur qilamiz. 
Ayni bir vaqtda ham ko‘rish, eshitish hamda muskul harakati yordami bilan hosil qilingan taassurot, 
ayniqsa, ravshan tasavvur hosil qildi va xotirada uzoq vaqt saqlanadi” [64] degan fikirlari bugungi 
hayotimizga ham mos kelishini alohida ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. 
Jahon psixologlarning ta’kidlashicha, ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat 
to'rtdan bir qismini, ko'rgan materiallarining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko'rib, ham 
eshitsa axborotning ellik foizini yodda saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalaridan foydalanganda 
esa bu ko'rsatkich 75 % tashkil etadi [66]. 
Shu bois katta hajmdagi axborotni qabul qilish, tushunish hamda voqelikka nisbatan faol va 
mas’uliyatli munosabatni tarbiyalashning psixofiziologik va estetik xususiyatlarini hisobga oluvchi 
multimedia nazariyasini, ya’ni multimedia pedagogikasini geografiya ta’limida tadbiq etish muhim masala 
hisoblanadi. 
Maktab geografiya darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga geografiya to‘g‘risidagi bilimlar bilan 
birga fanning mazmunini tashkil etuvchi tasavvur va tushunchalar tizmini shakllantirishdan iborat. Maktab 
ta’lim jarayonida har bir dars o‘quv dasturiga muvofiq hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan o‘quv 
qurollari bilan jihozlanishi lozim.Geografiya fani boshqa fanlarga nisbatan o‘quv qurollarining va 
ko‘rgazmali vositalarning rang-barangligini talab qiluvchi fanlardan biri desak adashmagan bo‘lamiz. 
Maktabda geografiya fanini o‘qitishda ko‘rgazmalli qurollarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu to‘g‘risida 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
132 
mashhur geograf olimi N.N Baraniski “Fanlarning hech biri shunday darajada ko‘rgazmalilik va qiziqarlikka 
muhtoj emas, geografiya fanichalik ta’limning ko‘rgazmali va qiziqarli usullarini talab etmaydi” [64] deb 
bergan bahosi hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Darhaqiqat,Geografiya ta’limida, xususan 
“Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish 
samarali natija beribgina qolmay darsda ko‘rgazmali qurollarning rang-barangligini ta’minlashda muhim 
vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, axborot texnologiyalarini geografiya ta’limiga, xususan “Jahon iqtisodiy-
ijtimoiy geografiyasi” fanining o‘qitish jarayoniga tatbiq etish, o‘quvchilarda intiluvchanlik va 
izlanuvchanlik qobiliyatini shakllantirishga turtki beradi hamda egallagan bilimlarini xotirada saqlash 
darajasini oshiradi. Shu bilan birga, ta’lim materiallariga qiziqishini orttirib borib, kompyuterda ishlash 
qobiliyatini o'stirishga xizmat qiladi. Shuni anlagan holda biz yosh ilmiy izlanuvchilarning vazifamiz 
o‘quvchilarga oson bo'lgan o‘qitish metodlari, usul va vositalarini o‘ylab, izlanib topmog‘imiz va 
amaliyotga joriy etmog‘imiz lozim. Shundagina davlatimiz tomonidan uzliksiz ta’lim doirasida olib 
borilayotgan islohotlar, chora-tadbirlar, qonun va qarorlarda [1,2,3,4] belgilangan vazifalarni bajarishga 
hamda geografiya ta’limida, dars jarayonining sifat darajasi oshishiga erishamiz. 

Download 2,09 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish