“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
128
XX asrga kelib fan-texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan ta’lim tizimida ham
qator muammolar vujudga keldi. Bunday muammolarga avvaldan kafolatlangan
natijalarni olishga
yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini loyihalash va amalga oshirish kiradi.
Shu maqsadda XX asrning 50-70-yillar oralig‘ida AQSHda B.Bulum, D.Kratvoll, N.Gronlund,
Dj.Kerol, Dj.Blok, A.Anderson va boshqa pedagog olimlar tomonidan rejalashtirilgan natijalarni olishga
kafolatlaydigan, qayta takrorlanadigan pedagogik siklni o‘z ichiga olgan texnologiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur texnologiyalar Yevropa davlatlarining ta’lim tizimida ham qo‘llanila boshlandi. Pedagogik
texnologiyalar bo‘yicha ilimiy jurnallar nashr qilina boshlandi [19].
Rossiyada pedagogik texnologiyalar XX asrning 90-yillaridan boshlab tarqala boshladi. Mazkur
texnologiyalar
sohasida
B.P.Bespolko,
M.V.Karlin,
V.G.Guzeev,
T.S.Nazarov,
N.Nikondova,
N.F.Kostenko, V.R.Imakova, G.Ilini, B.I.Bulin, Sokolova, YU.G.Molokova, O.Episheva, P.K.Selevko va
boshqalar yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo‘llash bo‘yicha o‘zlarining ulkan ishlarini
amalga oshirishgan. Rossiyalik pedagog olimlarning pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha
tavsiyalari, ilmiy izlanishlarining ijobiy natijalari haqidagi ma’lumotlar “Школьные технологии” nomli
jurnalda nashr qilina boshlandi. Yangi pedagogik texnologiyalar ta’limning
barcha bosqichlarida
(
maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim
) qo‘llanila boshlandi.
O‘zbekistonda pedagogik texnologiyalar sohasida 2000-yildan boshlab yirik ilmiy ishlar va o‘quv
qo‘llanmalar nashr qilina boshlandi. Bu sohada B.P.Ferberman, N.Saydahmedov, F.Jumaboyev, A.Ochilov,
L.Golish, B.Ziyamuhammedov, Sh.Abdullayev, O‘.Tolipov, J.Tolipova, A.T.G‘ofurov va boshqalar
tomonidan yaratilgan manbalar uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida faoliyat yuritayotgan
o‘qituvchilarga pedagogik texnologiya asoslari, ta’lim jarayoniga inavatsion-texnologik yondashuv, ta’lim
jarayonini loyihalash, uni tashkil etishga xizmat qiluvchi ijodiy ishlanmalarni tayyorlash kabi jarayonlar
bilan tanishtirish imkoniyatini bermoqda. [19]
Bizga ma’lumki, inson tabiatning bir qismi uning ajralmas bo‘lagidir.
Tabiat va jamiyat
munosabatlarini uyg‘unlashtirib o‘rganuvchi geografiya fani esa ko‘plab fan tarmoqlari hamda inson hayoti
faoliyati bilan chuqur aloqada hisoblanadi. Hech bir fan geografiyachalik tabiat va jamiyat aloqadorligini
o‘zida yaqqol namoyon eta olmaydi. Shu boisdan geografik bilimlarni mukammal egallashda ta’lim
jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni tatbiq etish muhim va dolzarb masala hisoblanadi.
Geografiya va geografiya ta’limida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha rossiyalik
olimlardan N.N.Baraniskiy [5], A.V.Darinskiy[6], V.A.Juchkevich [7], L.M.Pancheshnkova [8],
S.Matrusov[9] shuningdek respublikamiz olimlaridan O.Mo‘minov [10], P.Musayev [11],
P.G‘ulomov[12],T.Abdullayeva [13], M.Asamov [14], M.Nabixonov [15], M.Yunusova [16], R.Saidov
[17], R.Qurboniyozov[18] kabi olimlarning ilmiy-metodik ishlari alohida amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ushbu olimlarning ilmiy ishlarida geografiya o‘qitish metodikasini ta’lim texnologiyalarni qo‘llash orqali
takomillashtirish, o‘qitish vositalari hamda metodlari haqida keng bayon etilgan.
Jumladan, rus olimi A.V.Darinskiy ko‘p yillik izlanishlari natijasida geografiya darslarida
o‘quvchilarni faollashtirish yo‘llari va usullarini chuqur tahlil etgan. V.A.Juchkevich esa geografiya
darslarini samarali tashkil etishda qanday ko‘rgazmali qurollardan foydalanish
kerakligi haqida
ma’lumotlar keltirgan.
O.Mo‘minovning ilmiy tadqiqot ishida maktablarda tabiiy geografiyaning o‘qitish masalalariga doir
ko‘plab metodik taklif va tavsiyalari o‘z ifodasini topgan. Olim geografiya o‘qitish metodikasiga doir
ko‘pgina adabiyotlar yaratgan.
M.Nabixonov tadqiqot ishida maktab geografiya bosqichida badiiy ko‘rgazmali vositalarning roli va
qo‘llanilishini tatbiq etgan. R.Qurboniyozov esa maktab geografiya darslarida o‘quvchilarni mehnatga
yo‘naltirish, darsga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati haqida
bayon etgan hamda ko‘plab metodik va o‘quv qo‘llanmalar yaratgan [22, 23].
1960-2020-yillar davomida, geografiya o‘qitish metodikasi sohasida N.Dolim, O.Mo‘minov,
T.Abdullayeva, Z.Akromov, P. Musayev, P. G‘ulomov, X.Vohobov, A.Qayumov, P.Baratov,
M.Mamatqulov, A.Abdulqosimov, R.Qurboniyozov, A.Soatov, A.Nizomov, A.Rafiqov, G.Asanov,
A.Xodjimatov, M.Nabixonov, I.Safarov, N.Sultonova, N.Alimqulov va boshqalar tomonidan umumta’lim
maktablari hamda oliy o‘quv yurtlari uchun ko‘pgina darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi.
Jumladan, O.Mo‘minov [20], H.Vahobov, N.R.Alimqulov, N.B.Sultonovalar [19]
tomonidan
yaratilgan “Geografiya ta’limi metodikasi” va “Geografiya o‘qitish metodikasi” nomli adabiyotlarda
pedagogik texnologiyalardan foydalanishning turli shakl va metodlari dars davomida axborot
texnologiyalaridan unumli foydalanish imkoniyatini yaratish, geografiya o'qituvchisining vazifasi talabani
faol faoliyatga kiritishligi, buning uchun o'qituvchi pedagogik hamda axborot
texnologiyalardan unumli
foydalanishi muhim natijalar berishi haqidagi fikrlar o'z aksini topgan.
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
129
Hozirgi davrda uzluksiz ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri o‘qitishning zamonaviy
axborot kommunikatsiya hamda pedagogik texnologiyalardan keng foydalanib dars samaradorligini
oshirish hamda rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini tatbiq etish muhim masala hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi esa mavjud ilmiy manbalar tahliliga ko‘ra, XX asrning 80-
yillaridan Yevropaning qator davlatlarida axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish keng joriy
etila boshlandi. 1990 yillarning o'rtalarida Internet tarmog'ining rivojlanishi pedagogik jarayonlarda
interfaol ta'lim doirasida qo'llanilib, ta'limda o'z aksini topa boshladi. Muammoni nazariy o‘rganish xorijiy
mamlakatlardan AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya davlatlari mediata’limni o‘qitish jarayonida
katta ijobiy o‘zgarishlarni va yutuqlarni qo‘lga kiritganliklari aniqlandi [24].
Xorijiy mamlakatlarda axborot texnologiyalari va media vositalar orqali ta’limni
tashkil etish
borasida B.Duncan [25], R.Kubey [26], S.Minkkinen [27], A.Silverblatt [28], Mc.Mahon [29], W.Potter
[30], C.Worsnop [31] kabi olimlar tadqiqot ishlarini olib borgan.
Shuningdek, hozirgi kunda axborot texnologiyalarining pedagogik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha
rivojlangan xorijiy davlatlar (