|
“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4 Pdf ko'rish
|
bet | 136/163 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 2,09 Mb. | | #229627 |
Bog'liq 05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAKAQSH texnologiyalar milliy universiteti (http://www.ntu.edu
), Gollandiyaning
ochiq unversiteti (
http://www.ou.nl
), Isroilning ochiq unversiteti (
http://www.open.ac.uk
), Ispaniyaning
masofadan o‘qitish milliy universiteti (
http://www.cesc.com
), Xitoyning Shanxay teleuniversiteti
(
http://www.shtvu.edu.cu
), Britaniyaning ochiq universiteti (
http://www.open.ac.uk
), va Avstraliyaning
ochiq turdagi o‘qitish agentligi (
http://www.ola.edu.au
) da olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni alohida
ta’kidlashimiz lozim [65,67,68,69,70,71,72,73].
Pedagogik jarayonda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi pedagog olimlari A.V.Fyodorov [32], A.V Shakirov[33], V.A.Vozchikov
[34], E.A.Bondarenko, [35], A.A Jurin [36], I.Fateeva[37]va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritilgan.
Barchamizga ma’lumki, vatanimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, ta’lim sohasida ko‘pgina
yangiliklar va o‘zgarishlar yuz berdi. Bugungi kunda respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimi oldida bilim
olishning zamonaviy samarali vositalarini joriy etish kabi dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda va ular
bosqichma- bosqich amalga oshmoqda. Respublikamiz olimlaridan ta’lim tizimida kompyuter
texnologiyasidan
foydalanib
o‘qitishni
takomillashtirish
bo‘yicha
A.A.Abduqodirov
[38],
U.Sh.Begimqulov [39], M.Mamarajabov [40], M.Aripov [41], F.Zakirova [42], V.Manaxov [43],
N.Talizina [44], E.Mashbiz [45], M.Lutfullaev [46], R.Boqiyev [47], N.Tayloqov [48], U.Yuldashev [49]
va boshqalar tomonidan olib borilgan bo‘lib, geografiya ta’limi samaradorligini oshirishda didaktik
vositalar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish masalalariga doir ilmiy tadqiqot ishlari
rossiyalik olimlardan N.N.Baraniskiy [5], A.V.Darinskiy [6], V.A.Juchkevich [7], L.M.Pancheshinkova[8],
I.A.Kuvardina [50], I.B.Kozak [51], A.S.Baranov [52], E.Y.Zabolotovna [53], shuningdek, respublikamiz
olimlaridan O.Mo‘minov [20,21], U.Safarov [54], H.Nikadamboeva [55], F.Xamroeva [56],
A.Abdurahmonov [57], I.Abdug‘aniyev [58], D.Abdullayeva [59] va boshqalar tomonidan olib borilgan.
Yuqorida nomlari sanab o‘tilgan olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida geografiya ta’limida axborot
texnologiyalarini qo‘llashning afzalliklari tushuntirib o‘tilgan va ular tomonidan ko‘plab amaliy
ahamiyatga ega metodik qo‘llanma hamda elektron darsliklar yaratilgan. Jumladan, O.Mo‘minov va
U.Safarovlar “Oliy jo‘g‘rafiya ta’limida kompyuter texnikasidan foydalanish”, I.Abdug‘aniyev
“Geografiya darslarida ta’limning texnika vositalaridan foydalanish”, H.Nikadambayeva “O‘zbekiston
tabiiy geografiyasi fanini o‘qitish jarayoniga kompyuter va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish”,.
“O‘zbekiston tabiiy geografiyasi (
elektron darslik
)” D.Abdullayeva “Geografiya (
elektron darslik
)”,
“Qiziqarli Geografiya (
mobil ilovasi
)” nomli adabiyotlar shular jumlasidandir.
Tahlillarga ko‘ra, mamlakatimiz maktab ta’lim tizimida tabiiy geografiya fanlarini turli usullar va
vositalar bilan o‘qitishga doir ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan, ammo iqtisodiy-ijtimoiy geografiya,
xususan “Jahon iqtsodiy-ijtimoiy geogrfiyasi” fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik va kompyuter
texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy qilish masalasi hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Respublikamiz umumta’lim maktablarining 9-sinfida o‘qitiladigan “Jahon iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi” fani o‘quvchilarga jahon va uning ayrim qismlariga xos betakror geografik xususiyatlarni
ko‘rsatib berishi bilan birga, jahon mamlakatlarining tabiiy resurslari, aholisi va xo‘jalik faoliyatini
o‘rganishi hamda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot va hayotning hududiy tashkil etish qonuniyatlarini
tavsiflaganligi uchun bu fan mamlakatimizning jahon hamjamiyati bilan yanada integratsiyalashuviga
zamin yaratadi. ”Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fani o‘quvchilarga geografik bilim beribgina
qolmay iqtisodiy-ijtimoiy, ekologik bilimlar berishi bilan ahamiyatlidir.
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi, fanining qaror topishi va rivojlanishi jahonning ko‘p geograf
olimlari nomi bilan bog‘liq. Ushbu fan taraqqiyoti ayniqsa N.N.Baraniskiy, A.I.Veter, N.N.Kolosoviskiy,
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
130
B.N.Semevskiy, O.A.Konstantinov, V.V.Pokshishevskiy, Yu.G.Saushkin, I.M.Maergoyz, S.B.Lavrov va
A.T.Xpushev kabi olimlarning nomlari bilan bog‘liq.
Respublikamizda bu borada Z.A.Akramov, M.Qoraxonov, T.I.Raimov, O.B.Otamirzayev,
A.S.Soliyev, A.N.Ro‘ziyev, X.S.Salimov, A.A.Qayimov va boshqa olimlar tadqiqot ishlarini olib
borishgan hamda o‘zlarining ilmiy maktablarini yaratishgan [59].
Demak, yuqorida nomlari qayd etib o‘tilgan olimlarimizning tadqiqot ishlarining tahlilidan
umumta’lim maktablaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida, jumladan, “Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi”
fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish (
|
| |