“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
148
Zamonaviy iqtisodiy bilim, malaka va tajribaga ega boʻlgan shaxs mavjud ijtimoiy va iqtisodiy
munosabatlarda oʻzini toʻgʻri yoʻnaltirishga va xatolardan qochishga harakat qiladi.
Talabalarning iqtisodiy madaniyati darajasini diagnostika qilish tanlangan mezonlarga muvofiq
amalga oshiriladi: 1) kognitiv; 2) motivatsion; 3) kreativ-faoliyatli.
Kongnitiv (cognito – lotincha soʻz boʻlib, bilim, bilish ma’nosini anglatadi) – eng avvalo,
talabalarning tafakkurini shakllantirishga yoʻnaltirilgan, u yoki bu shaklda jamoa muhokamasini tashkil etish
bilan bogʻliq boʻlgan uslubdir [3].
Me’yorlar, koʻrsatkichlar va ularni ifoda qilish darajalari asosida iqtisodiy madaniyatni
shakllantirishning uchta darajasi farqlanishi mumkin: yuqori; oʻrta; past.
Talabalarning iqtisodiy madaniyatini mezonlarga muvofiq shaklllantirish darajalari.
Yuqori daraja
–
iqtisodiy madaniyat, talabalarning kuchli tizimli bilimga ega ekanligini, ularning
iqtisodiy amaliyotlar va jarayonlarni iqtisodiy rivojlanish qonunlarini toʻliq anglash bilan tavsiflash uchun
amalda qoʻllashni koʻrsata oladi.
Oʻrta daraja – talaba iqtisodiy bilimlarni tushunadi, grafiklar, jadvallarni tuza oladi va ular yordamida
iqtisodiy hodisalarning oʻzaro bogʻliqligini izlab topadi, stereotipik muammolarni hal qila oladi.
Past darajada – talaba nazariy bilimlar bilan cheklanadi, iqtisodiy hodisalarni aniqlashga, iqtisodiy
bilimlarni mexanik takrorlashga va grafiklarni, tablitsalarni, sxemalarni tahlil qilishga qiziqmaydi.
Bu toifadagi boʻlajak mutaxassislar oʻzlarini qiziqishlaridagi zaif tomonlarini koʻrsatib qoʻyishadi va
oʻz fikrlarini rivojlantirishga e’tibor bermaydilar, ularning passiv harakatlari olingan soʻrovnomalarda ham
oʻz aksini topadi.
Oʻquv rejaga binoan asosiy e’tibor mutaxassislik fanlarini oʻqitishga qaratilmoqda. Tarbiyachi yosh
avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli
vazifani bajaradi. Tarbiyachi, avvalo, bilimli boʻlishi, oʻzi yashab turgan ulkan hayotni bilishi, jamiyatda
sodir boʻlayotgan yangiliklarni tushina olishi, unga yaratilayotgan imkoniyatlarni tushungan holda harakat
qilib, oldidagi vazifalarini ado etishi lozim. Darhaqiqat, Prezidentimiz tomonidan maktabgacha ta’lim
sohasiga katta e’tibor qaratilib, uning faoliyatida bir qator yangiliklar joriy etilmoqda. Avvalo, aytish joizki,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bir qancha turlari faoliyat yuritib, ulardagi ta’lim-tarbiya jarayoni ham
sezilarli darajada oʻsmoqda. Shunday ekan, bugungi kun tarbiyachisi har tomonlama chuqur bilimli,
kreativlikka intiluvchi inson va siyosiy ong jihatdan ham yetuk boʻlishi zarur. Boʻlajak tarbiyachilarni
jamiyatimizdagi oʻzgarishlardan xabardor qilish, ya’ni ularga maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari,
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ochish, ularni faoliyat yuritish tartibi, oilaviy maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining qulayliklari haqida tushuncha berishimiz lozim. Buning uchun, avvalo, boʻlajak
tarbiyachilarimizning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish maqsadga muvofiq. Ya’ni har bir oliy ma’lumotli
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda bugungi
kunda qilayotgan ishining moddiy samaradorligini ham oʻylashi kerak.
Xulosa
sifatida quyidagilarni belgilashimiz mumkin:
1. Iqtisod va iqtisodiy madaniyataga doir Sharq va Gʻarb pedagog-psixologlarining ta’limotlarini
oʻrganish iqtisodiy madaniyatni shakllantirishda muhim omildir.
2. Iqtisodiy madaniyat integral tavsifga ega boʻlib, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, sotsiologik, psixologik
va pedagogik jihatlar bilan bogʻliqlikda mazkur jarayonga kompleks yondashuvni taqozo etadi.
3. Iqtisodiy madaniyat komponentlari –iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy faoliyat deb
belgilandi.
4. Iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning mezonlari: kognitiv; motivatsion, kreativ-faoliyatli va
mazkur mezonlar asosida uch (yuqori, oʻrta va past) darajaga mos koʻrsatkichlari mavjud.
5. Boʻlajak tarbiyachilarni moliyaviy savodxonligini shakllantirish ijtimoiy zaruriyat.