“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

Asosiy qism 
Xorijiy tillarni o’qitish metodikasining asosiy maqsadi til haqida talabalar yoki o’rganuvchilar uchun 
ma'lum bir axborotlarni berish bilangina cheklanish emas, balki ularda butun bir kognitiv bilim, 
ko’nikmalarni vujudga keltirish, til bilan bog'liq faktlarni o’zlashtirish faoliyati bilan bog'lik ko’nikmalarni 
rivojlantirish, shuningdek, faol nutqni rivojlantirish uchun verbal metariallarni ongli ravishda qabul qilish 
mexanizmlarini rivojlantirish ekanligini aslo unutmaslik lozim3.Xorijiy tillarni o’qitish tizimini tashkil 
qilishdagi yangi tendensiyalar bugungi kunda nofilologik yo’nalish talabalarida ham professional darajada 
xorijiy tillarni o’qitishning innovatsion tizimlarini yaratishni taqazo etmoqda. Shu bilan bir qatorda, mazkur 
yo’nalishda o’quv ishlarini tashkil qilishning prinsiplarini ishlab chiqish va ushbu jarayonlarni zaruriy o’quv 
materiallari bilan ta'minlashning qanchalik darajada dolzarb ahamiyat kasb etishini namoyon qilmoqda. 
Talabalarda mustaqil ta'limga nisbatan motivatsiyalarni rivojlantirishning eng muhim yo’llaridan biri – 
bu ularda og'zaki nutqni rivojlantirish jarayonini pedagog tomonidan tartibga solish va boshqarish 
hisoblanadi. “Bu borada garchi ko’plab muammolar saqlanib qolayotgan bo’lsa-da, xorijiy tilni o’qitish 
metodikasining eng muhim qismi sifatida doimo unga jiddiy yondashuv bugungi kun pedagogika fanining 
asosiy muammolaridan biri bo’lib qolmoqda”4. 
B.R.Samatova tadqiqotida keltirilgan ta’rifga ko’ra “Bilim olishga oid motivatsiya til o’rganuvchining 
mustaqil ta’limga ehtiyojida namoyon bo’ladi. Bu motivatsiya yetishmayotgan lisoniy bilimlarni egallashga 
intilish, xorijiy til materialini o’zlashtirishning ma’qul usullarini egallashga ehtiyoj, til aspektlari haqidagi 
bilimlarni tizimlashtirish, chuqurlashtirish, lug‘at boyligini kengaytirishga ehtiyojlarni o’z ichiga oladi”5. 
1Samatova B. (2020). Ingliz tilini o‘qitishda nofilologik yo‘nalish talabalarining motivatsiyasi (yurisprudensiya yo‘nalishi 
talabalari misolida). Pedag. fan. dok. fals. diss. (13-b.). Toshkent. 
2Bespalko V. (1989). Slagayemiye pedagogicheskoy texnologii. M.: Pedagogika. (99-b), (192-b).Polsha. 
3Guzanov B. (2014). Organizatsiya samostoyatelnoy raboti studentov vuza v usloviyax realizatsii mnogourovnevoy modeli 
obucheniya: monografiya / B. N. Guzanov, N. V. Morozova. Yekaterinburg: Izd-vo Ros. gos. prof.- ped. un-ta, (111-b). Moskva. 
4Juk O. (2005..№2). Organizatsiya samostoyatelnoy raboti studentov v logike kompetentnostnogo podxoda / O. L. Juk // Visshaya 
shkola. (45–50-b). Moskva. 
5Samatova B. (2020). (20 Ingliz tilini o‘qitishda nofilologik yo‘nalish talabalarining motivatsiyasi (yurisprudensiya yo‘nalishi 
talabalari misolida): Pedag. fan. b.a fals.diss. (40-b). Toshkent. 
Mustaqil ta'lim 
ehtiyojni belgilovchi 
omillar
Umumta'limiy
Tarbiyaviy
Rivojlantiruvchi
Amaliy


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
59 
Hozirgi zamonda xorijiy tillarni o’qitish va bu jarayonda talabalarda xorijiy tillarni o’zlashtirishlari 
uchun motivatsiyalarni kuchaytirishda pedagoglar tomonidan duch kelinayotgan eng katta va og'riqli 
muammolardan biri – bu talabalar tomonidan garchi, ma'lum bir xorijiy tilning grammatikasini chuqur 
o’zlashtirgan bo’lishiga qaramasdan, ularning gapirish jarayonida biror bir xatoga yo’l qo’yishi va kulgiga 
qolishidan qo’rqishi va uyalishidir. Bunday holatda, talabalar xorijiy tilda emas, balki o’z tillarida gapirishni 
afzal ko’rishlari va xorijiy tillarda faqatgina “mashq” bajarishlari bugungi kunda yaqqol namoyon 
bo’layotgan holatlardan biridir. 
Bunday vaziyat nafaqat mustaqil ta'lim motivatsiyasi, balki butun ta'lim tizimiga tahlikali bo’lib, bu 
holatni o’z vaqtida anglab yetish va uni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish eng zarur vazifadir. Aks 
holda, pedagog tomonidan amalga oshirilgan barcha ishlar yo’qqa chiqib ketishi mumkin. Nofilologik 
yo’nalish talabalarining xorijiy tillarni o’rganishda nutqiy salohiyatini oshirish bevosita ularda gapirish 
ko’nikmasi va faoliyatining turli shaklllarini rivojlantirishga qaratilgan dominant omillar bilan bog'liq6. 
Motivatsiyani rivojlantirishning eng asosiy omillaridan yoki yo’nalishlaridan biri – bu o’quvchiga, 
o’rganuvchiga yoki talabaga til o’rganishning dastlabki davri, bosqichidan boshlab, gapirish ko’nikmasini 
shaklllantirish va uni doimiy takomillashtirib borish hisoblanadi. “Til o’qitishda chet tilida gapirishga 
ishtiyoq tug'dirish: ishtiyoq uyg'otish, fikrni shakllantirish va realizatsiya bosqichlarida amalga oshiriladi”7. 
“Tajribali pedagog talabaning garchi, grammatik, orfografik, xatoliklar, talaffuzdagi xatoliklar bilan 
bo’lsa-da, gapirishini har tomonlama rag'batlashtirishi, unga yaxshi gapirishni o’zlashtirayotganligini doimo 
eslatib motivatsiya berib turishi talabalarda gapirish ko’nikmasi, og'zaki nutq rivojlanishining asosiy omili 
bo’lishini aslo unutmasligi lozim”8. 
Shuningdek, motivatsiyalarni rivojlantirishning yana bir asosiy va muhim yo’nalishlaridan biri sifatida 
talabalarda o’z mutaxassisliklari bo’yicha turli mantlarni, hujjatlarni o’qish va uni takroran hikoya qilib bera 
olish, bayon qilish, badiiy qo’shimchalar yordamida tasvirlab berish tizimi hisoblanadi. Zero, aynan o’quv 
matnlari, hujjatlar o’quv va o’rganish bilan bog'liq muloqotlarning real vaziyatini yaratish, tasvirlab berish 
imkoniyatini pedagog va talaba uchun birday taqdim qiladi9. 
Talabalarda professional nutqni o’rgatish yoki o’zlashtirish tizimida birinchi galda oson va asta-sekin 
murakkablashib boradigan vaziyatni, suhbat yoki nutq bilan xarakterlanadigan holatni modellashtirgan 
holda, talabalarning nutqiy salohiyatini, kommunikativ ko’nikmalarini rivojlantirib borish zarur. Aynan 
bunday holatdagi vazifalarning qo’llanilishi talabalarda xorijiy tillarda ko’plab murakkab so’zlarni talaffuz 
qilish bilan bir qatorda o’z-o’ziga ishonch xarakterlarini ham shakllantiradi. Mazkur jarayonlarda 
axborotlarning esktralingvistik vositalaridan (jadvallar, suratlar, sxemalar, ko’rsatuvchilar) foydalangan 
holda, xabarlarni taqdim qilish ham vazifaning yechimi uchun o’ta muhim hisoblanadi10. 
O.Rudenko-Morgunning fikricha, “... nutq faoliyati: o’qish, yozish, tinglash va so’zlashishning barcha 
turlarini o’zaro bog'liqlikda o’rganish muammosi, qabul qilishning turli tizimllariga ta'sirisiz hal qilinishi 
mumkin emas. Aynan shuning uchun ham chet tillarini o’qitishda ta'limning barcha ma'lum an'anaviy texnik 
vositalaridan foydalanish o’rinli bo’lib kelgan, ularning ta'siri o’rganilgan, o’quvchining faoliyatini nazorat 
qilib borish muammosi hal qilingan, ayniqsa, o’quvchi mustaqil ta'lim olish holatiga o’tkazilganda juda katta 
dolzarblik kasb qilgan qayta aloqa mexanizmi yaratilgan”11. 
Talabalarda og'zaki nutqni rivojlantirishning asosiy motivatsiyasi nimalarda namoyon bo’ladi? Chunki 
aynan u mustaqil ta'limning asosiy yo’nalishi, maqsadlaridan biri sifatida namoyon bo’ladigan holat 
ekanligini aslo nazardan qochirmaslik lozim. D.Adriyan “kommunikativ vaziyat ham og'zaki muloqotning 
real jarayoni – bu o’zaro bir-biri bilan chambarchas bog'langan kategoriyalarning ketma-ketligi, bog'lanmasi 
bo’lib, u talabalarning eng asosiy til o’rganish motivatsiyasini jonlantiradi, jarayonni tezlashtiradi”12. Biz 
D.Adriyanning fikriga qo’shilgan holda nutq notilli omillar yordamida ham aniqlanadi, deb hisoblayman. 
6Pushkina G.(2011. № 3). Samostoyatelnaya rabota studentov vuza: kompetentnostniy podxod i vnedreniye internet-texnologiy / 
G. G. Pushkina // Gumanitarniye nauki.(94-100-b). Novasibirsk. 
7Zimnyaya I. (1985). Psixologicheskiye aspekti obucheniya govoreniyu na inostrannom yazike: Kniga dlya uchitelya /2 – izd. 
(160-b). Moskva. 
8Baynazarova A. (2012. № 3). Proskurina I. K. Ispolzovaniye informatsionno - kommunikatsionnoy texnologii v organizatsii 
samostoyatelnoy raboti studentov // (170-174-b). Yaroslavskiy pedagogicheskiy vestnik. 
9Cotton D., Falvey D., Kent S. (2005). Market Leader Intermediate. Busi-ness English Course Book. New edition, Pearson 
Longman. 
10Zaleski M. (2004). Using Debate in Second Language Teaching // Idebate. International Debate Education Association. (Vol. 1. 
– Issue 2).
11Rudenko-Morgun O. (2006). Elektronniy uchebnik russkogo yazika: istoriya i perspektivi razvitiya / Izd-vo Rossiyskogo un-ta 
drujbi narodov. (45-b, 238-b).Moskva. 
12Doff Adrian. (2004). Teach English. Cambridge University Press in association with the British Council.


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
60 
Bugungi kunda ta'limning raqobatbardoshlilik xususiyati mamlakatning ham raqobatbardoshliligiga 
sabab bo’luvchi omil ekanligi namoyon bo’lmoqda. “Bunday sharoitda mamlakatdagi iqtisodiyot sohalari va 
tarmoqlari singari ta'limni ham doimiy yangilab borish, unga innovatsion texnologiyalarni va zamonaviy 
ilg'or metodlarni doimiy tatbiq qilib borish, talabalar uchun xorijiy tillarni o’zlashtirishning eng ishonchli va 
samarali uslublarini joriy qilish kabi masalalar ularda motivatsiyani yanada rivojlantirishning yana bir 
muhim yo’nalishi sifatida talqin qilish mumkin”13. 
Univetsitet yoki umuman ta'lim dargohining shuhrati, maqomi va salohiyati qanchalik yuqori bo’lsa, 
ushbu muassasada ta'lim olishga intilish, uning maqomida kelajak karyerasida foydalanish, ushbu dargohga 
munosib bo’lish istagi ular uchun asosiy motivatsiyalardan biri bo’lib qolaveradi. Ammo, dargohda ta'lim 
sifati va ta'lim berish metodlarining qanchalik ilg'or tajribalarga va texnologiyalarga tayanganligi singari 
omillar esa doim birinchi o’rinda bo’lishini unutmasligimiz lozim. 
Zero, ta'lim muassasini tugatgan mutaxassislarning raqobatbardoshligi ularning ma'lum bir 
kompaniyalar, korporatsiyalar va boshqa sohalarda muvaffaqiyat bilan ishlayotgan xodimlarining 
salohiyatini belgilovchi asosiy mezondir. Bunday ta'lim dargohlariga haqli ravishda AQSh, Buyuk Britaniya, 
Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Isroil, Rossiya va boshqa bir qator davlatlarning yetakchi universitetlarini 
va kollejlarini kiritish mumkin. Ularni bitirgan mutaxassislarning bugungi kun dunyodagi mashhur 
kompaniyalarni boshqarayotganligini, davlat boshqaruv organlarida samarali faoliyat ko’rsatayotganligini, 
kuchli mutaxassis, professional xodim, mahoratli boshqaruvchi sifatida doimo qadrlanishini talabalardagi bir 
muncha erta shakllanadigan motivatsiyaning asosi ekanligini e'tirof etishimi mumkin. 
Shuning uchun ham oxirgi yillarda ta'limning, umuman yoshlar tomonidan bilim olishga bo’lgan 
intilishning o’rni va ahamiyati tobora ortib borishi kuzatilmoqda. Ta'limda eng katta shuhrat qozonayotgan 
omillar qatoriga nafaqat ma'lum bir bilimlarning qo’lga kiritilishi, balki ushbu jarayonlarga ko’plab 
innovatsion 
texnologiyalarning 
joriy 
qilinayotganligi, 
bilim 
berishning 
tobora 
osonlashtirilib 
borilayotganligi, zamonaviy uslublarning borgan sari takomillashib borayotganligi singari holatlarni misol 
sifatida keltrishimiz mumkin14. 
Talabalar o’quv jarayonida nafaqat ma'lum bir bilim va ko’nikmalar jamlanmasiga, majmuiga ega 
bo’lish, balki, kelajakda o’zlari uchun o’ta muhim bo’lgan inson faoliyatining sohalari, ya'ni iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy va informatsion sohalarda muammolarning va masalalarning yechimini taqdim qila 
oladigan qobiliyat shakllanishida namoyon bo’ladigan tizimiy kompetensiyalar shakllanishiga asosiy 
e`tiborni qaratadilar. 
Bu harakatlar ham talabalarda eng asosiy motivatsion omil sifatida rol o’ynaydi va o’rganish 
paradigmasidan o’zlashtirish paradigmasiga o’zgaradigan ushbu almashinuv jarayoni aynan talabalarda 
mustaqil ta'lim olishi tizimi takomillashuviga turtki beradi. Buning asosiy maqsadi esa shunchaki, ta'lim 
jarayonining shakli sifatida ro’y berishi emas, balki uning asosi, professional mustaqilligi shakllanishining 
bir yo’li, bilimlarning tez yangilanishi, o’zgarishi sharoitida mustaqil va uzluksiz ta'lim olishga tayyorgarligi 
ortishi amalga oshishi lozim. 
Boshqacha aytganda, umumiy xulosalar shunga olib keladiki, ta'lim sohasida bizni doim qandaydir 
keskin o’zgarishlar kutib turadi va ulardan asosiy elementlardan biri sifatida talabalarning o’zlari tomonidan 
mustaqil anglash borasidagi ishlarni faollashtirish hisoblanadi. Faollashtirish esa aynan motivatsiyaning eng 
asosiy fundamental ozig'i ekanligi yaqqol namoyon bo’ladigan holat sifatida talqin qilinadi15. Shuning 
uchun ham OTMlarda ta'limning predmet dasturini tayyorlash va amalga oshirishga mas'ul bo’lgan akademik 
soatlardagi o’quv ishlarining “qiymatini” belgilab beradigan o’quv jarayoni tashkilotchilari, shuningdek, 
aynan o’qituvchilarning ham asosiy vazifasi ushbu vazifalarni tizimli yechimi borasida kuchlarni 
birlashtirish hisoblanadi16. 
Garchi talabalarning mustaqil ta'lim olishi va ularning motivatsion yo’nalishlari bo’yicha ko’plab 
tadqiqotlar amalga oshirilgan va ularning tabiatan o’z xususiyatlariga berilgan baholar va ta'riflarda 
talabalarning mustaqil ta'lim olishi – bu metodik va ilmiy rahbar nazorati ostida, shunigdek, o’qituvchining 
bevosita rahbarligidagi ta'lim jarayoni doirasida amalga oshirilgan rejalashtirilgan individual va jamoaviy 
o’quv va ilmiy ish sifatida baholanib kelinmoqda . Demak, talabalarning mustaqil ta'lim olishi va o’z 
13Verbitskiy A. (2009. № 1) Problemi razvitiya professionalnogo obrazovaniya s pozitsiy teorii kontekstnogo obucheniya: initsia-
tivi XXI veka. Volgograd.
 
14Verbitskiy A. ( 2017). Camostoyatelnaya rabota i samostoyatelnaya deyatelnost studenta / A. A. Verbitskiy // Problemi 
organizatsii raboti studentov v usloviyax mnogourovnevoy strukturi visshego obrazovaniya : tez. dokl. Vseros. nauch.-metod. konf. 
(6-b). Volgograd VolgGTU. 
15Watson J.(2008) Blended learning: The convergence of online and face-to-face education. – Vienna: North American Council 
for Online Learning.(16-b). North American
16Saxn-Vald N. (2009. № 3). Informatizatsiya obrazovatelnogo protsessa v professionalnoy podgotovke studentov po spetsialnosti 
«Perevod i perevo-dovedeniye» // Vestnik KGU im. N.A. Nekrasova. (455–458-b). Moskva. 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
61 
ustilarida ishlashini rag'batlantirish motivatsiyasi o’quv faoliyatining oliy shakli sifatida integral xarakterga 
ega va o’z mohiyatiga ko’ra o’z-o’zini doimiy takomillashtirib borish sari intilishni namoyon qiladi. 
Talabalarda xorijiy tillarni o’rganish uchun mustaqil ta'lim olishlari uchun motivatsion 
yo’naltirishning yana bir muhim omili – bu ularning xorijiy tillarni chuqur o’zlashtirishlari natijasi sifatida 
dunyo mamlakatlari bilan muloqot ko’lami kengayishi va dunyoni anglashini tushunib yetishlaridir17. Zero, 
talabalar tomonidan xorijiy tillarni chuqur o’zlashtirishlari natijasida ijtimoiy, professional va anglash 
salohiyatlari oshishi, ularda har tomonlama rivojlanish yuz berishini pedagog tomonidan doimiy ta'kidlanishi 
– eng katta motivatsiya sifatida maydonga chiqadi18. 
Talabalar tomonidan xorijiy tillarni chuqur o’zlashtirish uchun intilishlari jarayonida turli vositalar 
yordamida talabalarda profesional kompetentligining asosi hisoblangan ijodiy mustaqillikni rivojlantirish 
mumkin. Talabalardagi faol mustaqil ishlash ularda jiddiy va barqaror motivatsiya ham shakllanishiga zamin 
bo’ladi. Ma'lumki, mavzuimizning asosiy ob'ekti bo’lgan motivatsiya - bu insonni ma'lum bir faoliyat 
doirasida qandaydir harakatlarni sodir etishga rag'batlantiruvchi va undovchi omillar yig'indisi hisoblanadi. 
(R.White. 1959. №66.38-b)19. 
Faoliyatning o’zi esa ma'lumki, yarim motivlashgan bo’lib, bir vaqtning o’zida bir qancha motivlar 
yordamida uyg'otiladi. 
Motivatsiya xatti-harakatga nisbatan uchta tartibga soluvchi funktsiyalarni bajaradi: 
• Undovchi, ya'ni insonni ma'lum bir harakatlarni amalga oshirishni boshlashi uchun 
harakatlantiruvchi impulьs yoki motiv beruvchi omil; 
• Mazmun shakllantiruvchi, ya'ni faoliyatga chuqun insoniy mazmun bag'ishlovchi omil; 
• Tashkil qiluvchi, ya'ni maqsadga yo’naltirishga tayanadigan omil bo’lib, unda anglab yetilgan 
motivlar maqsad motivlarga aylanadi. 
Aynan shunday motivatsion iyerarxiya ta'lim jarayonining mohiyati bo’lishi lozim bo’lgan mustaqil 
anglashning shakllanishi asosida yotadi. Talabalarda sodir bo’ladigan anglash faolligi va uning ortidan ro’y 
beradigan mustaqil ta'lim olish uchun layoqatning paydo bo’lishi tadrijiy xarakterga ega bo’lib, boshqalarda 
ushbu sifatlarni mustaqil ta'limni hal qiluvchi darajaga olib chiqish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkil 
qilishni shakllantirish lozim20. 
Bu yerda asosiy maqsad esa talabalarda o’z ustilarida ishlashlari, mustaqil ravishda o’rganishlari 
uchun motivatsiyalarni rivojlantirishdan iborat. 
Boshqacha aytadigan bo’lsak, o’quv jarayonida har bir pedagogning asosiy vazifasi - bu talabalarni 
mustaqil ravishda ta'lim olishga o’rgatish, ularda intellektual, psixologik, ijodiy va motivatsiya resurslaridan 
foydalana bilishni o’rgatish ekanligini singdirishimiz lozim. Talabalarga baho uchun o’qishni asosiy maqsad 
sifatida qamrab oladigan formal motivlardan voz kechib, mustaqil anglab yetiladigan faoliyatni tushunib 
yetish (misol uchun, talaba o’z oldiga kelajakdagi mehnat bozorida o’zining munosib o’rniga ega bo’lish 
uchun professional ahamiyatga ega bo’lgan bilimlarni olish va ularni doimiy tavkomillashtirish maqsadini 
qo’yadi) sari o’tishlariga yordam berishi lozim21. 
Shunday qilib, aynan motivatsiya mustaqil ta'limning muhim elementi ekanligini aslo unutmasligimiz 
kerak. Oliy ta'lim muassasasida mustaqil ta'lim tizimiy uzluksiz va asta-sekin murakkablashib boradigan 
xarakterga ega bo’lishi maqsadga muvofiq. 
Xulosa 
Mustaqil ta’limga layoqatni shakllantiradigan ta’lim o’z ichiga o’quv faoliyatini modellashtirishning 
uslublarini rivojlantirish, talabalarga optimal kun tartibini rejalashtirishni belgilash, ular tomonidan o’quv 
materiallari bilan ishlashning ratsional usullarini anglab yetishlarini va bosqichma-bosqich ishlab chiqilishi 
kabilarni oladi. Talabalarda mustaqil ta’limga tayyorgarlikning shakllanishi o’z ichiga shaxsni uzluksiz 
ta’limga undaydigan jonli motivlarni, mustaqil anglash faoliyatining fundamenti sifatida foydalaniladigan 
chuqur va mustahkam umumta’lim, politexnik va professional bilimlarni, bilimlarni va ko’nikmalarni 
(o’qish, eshitish va xokazo) mustaqil ravishda egallashning rivojlangan malakalarini, aqliy faoliyatning 
shakllangan xatti-harakatlari (tahlil, qiyoslash, sabab-oqibat aloqalarining o’rnatilishi va boshqa), muammoni 
va uni yechish yo’llarini ko’ra bilishni, anglash faoliyatini tashkil qila bilish ko’nikmasi kabi komponentlar 
qamrab olinishi ta’kidlangan. 
17Uvarovskaya O. (2009). Samostoyatelnaya rabota studentov : ucheb.-metod. posobiye / O. V. Uvarovskaya, I. Y. Krayeva. 
Siktivkar : SiktGU.( 30-b). Saxalin. 
18White R.W. (1959. №66). Motivation reconsidered the concept of competence.Psychological review. (26-b). 
19Watson J. (2008). Blended learning: The convergence of online and face-to-face education. – Vienna: North American Council 
for Online Learning. (16-b). North America.
20White R.W.( 1959. №66). Motivation reconsidered: The concept of competence.Psychological review. (38-b). Alabama. 
21Humphreys P., Greenan K. and Mcilveen H/ Developing Workbased 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
62 
Shunday qilib, xulosa tarzida aytish lozimki, talabalarning o’quv anglash faoliyatini yo’lga qo’yish 
uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishga tayyorgarlik faoliyati bir qancha tadbirlarni, umuman olganda 
yaxlit bir kompleksdan iborat jarayon ekanligini, bu borada pedagoglarning va talabalarning yo’lga qo’yilgan 
aqliy faoliyati mahsuli deyish mumkin. Mustaqil ta’lim talabalar uchun birinchi galda ta’lim olish borasi 
bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish deganidir. Bu shunday tizimki, mustaqil ta’limni kuchaytirish uchun 
auditoriyada olingan bilimlarning mustahkamlanishi, orttirilgan ko’nikmalardan foydalanilishi, bilimlarni 
mustaqil tarzda mustahkamlanishi demakdir. O’quv jarayonida o’zlashtirilgan bilimlar esa mustaqil ta’lim 
tashkil qilinishi va amalga oshirilishining asosi bo’lib xizmat qiladi.

Download 2,09 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish