“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
8
1. Iqtisodiy korrupsiya bu - moliyaviy foyda olishga qaratilgan. Bu turga poraxoʻrlik noqonuniy yoʻl
bilan daromad olish kiradi.
2. Siyosiy korrupsiya bu - firibgarlik asosida saylovchilarga pora berish, siyosiy partiyalarni
noqonuniy moliyalashtirish va saylovlarga noqonuniy aralashuv yoʻli bilan mansab vakolatini olishga
qaratilgan. Bu holatda asosiy maqsad shaxsiy yoki siyosiy manfaatni qoʻlga kiritishdir.
3. Kriminalistik korrupsiya bu – ushbu turi jinoiy xatti-harakatlarga asoslangan, u koʻpincha
mansabdor shaxsning jinoiy sxemada ishtirok etishi bilan bogʻliq.
4. Tizimli korrupsiya bu – agar jinoiy harakatlar doimiy ravishda takrorlansa, korrupsiya hodisasi bir
sistema kabi ya’ni tizimli koʻrinishga keladi. Bu oʻz navbatida mamlakatdagi siyosiy jarayonlar, davlat
idoralari ustidan nazorat zaiflashganidan dalolat beradi.
5. Mayda korrupsiya bu – odatda byurokratiya hamda pora bilan bogʻliq, shuning uchun ham mayda
yoki byurokratik korrupsiya deb ataladi.
6. Katta korrupsiya – bu juda katta pul va yirik “oʻyinchilar” bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyaning eng
halokatli turi. U barcha operatsiyalarni oʻz ichiga oladi, buning natijasida davlat aktivlari noqonuniy ravishda
xususiy boʻlib qoladi. Koʻpincha, mamlakat uchun jiddiy qarorlar bilan bogʻliq boʻlgan siyosatchilar
korrupsiya mojarosining ishtirokchisiga aylanadi.