“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
10
Oʻzbekiston yuqorida taʼkidlangan xalqaro normalardan 2008-yilda Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, shuningdek, 2010-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha Istanbul Harakat rejasini ratifikatsiya
qilgan.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni
sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib
chiqarayotgan tizimli
muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga
tatbiq etilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli
“
Oʻzbekiston
Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning
oldini olish va unga qarshi
kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va
shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining
samaradorligini
oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida
“Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi”