• SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE INDIVIDUAL STRUCTURE OF RELIGIOUS STUDENTS IN PEDAGOGICAL STUDIES
  • “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/163
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #229627
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163
    Bog'liq
    05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

     
    Ключевые слова:
    религия, гендерная психология, религиозные практики, религиозное 
    воображение, религиозные ресурсы, социализация, психология религии. 
     
    SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE INDIVIDUAL STRUCTURE OF 
    RELIGIOUS STUDENTS IN PEDAGOGICAL STUDIES 
     
    The article highlights the concept of religiosity and the psychological nature of a person's religiosity. It 
    uses the work of representatives of classical psychology, as well as the results of modern psychological 
    research. The article also presents the results of a study conducted by the author in order to determine the 
    specifics of the structure of personality religiosity among students of the Tashkent State Pedagogical 
    University.
     
    Key words:
    religion, gender psychology, religious practices, religious imagination, religious 
    resources, socialization, psychology of religion.
     
    Kirish. 
    Yurtimizda bugungi kunda diniy sohada katta islohotlar olib borilmoqda, fikrimizning dalili 
    sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini 
    tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” PF-5416-sonli Farmonini yaqqol misol sifatida 
    keltirish mumkin. Farmonda din sohasiga oid boʻlgan masalalar keng qamrovli tarzda koʻzda tutilgan boʻlib 
    diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish ustuvor yoʻnalish etib belgilangan.
    Bugungi kunda shaxs dindorligi masalasi koʻpgina fanlar kesimida tadqiq etib kelinmoqda, albatta 
    psixologiya fani bu jarayonda oʻziga xos oʻringa ega. Maʼlumki din psixologiyasini aniq bir fan sifatida 
    shakllanishiga asos solgan U.Djeyms oʻzining asarlarida dindorlikning psixologik tabiatini tushunish 
    yuzasidan salmoqli hissa qoʻshgan “Diniy tajribaning xilma-xilligi” asarida shunday xulosalarini keltirib 
    oʻtgan: “Dinning subyektiv jihatdan samaradorligi” oʻta yuqori-ki (diniy eʼtiqodining holati shaxsni kuchli 
    hayotiy impuls bilan taʼminlaydi, ichki ruhiy barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi va dilxiraliklardan 
    qutqaradi) hech qanday hattoki ilmiy tanqid ham uning insoniyat madaniyatida tutgan oʻrniga putur yetkaza 
    olmaydi” [1]. Din psixologiyasi doirasida salmoqli faoliyat olib borgan E.Frommning fikriga koʻra esa, 


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
    12 
    shaxs orientatsiya va sadoqat uchun muayyan tizimga muhtojdir. Bu ehtiyojlar insonlardagi eng kuchli 
    energiya manbalari qatoriga kiradi va turli yoʻllar bilan shaxs ularni qondirishga harakat qiladi. 
    E.Frommning fikriga koʻra, har bir shaxs oʻz hayoti davomida uni toʻgʻri yoʻlga boshlovchi, unga yoʻl-yoʻriq 
    koʻrsatuvchi kuchga muhtojdir, bu ehtiyojini qondirishda u boʻysunish uchun muqobil kuch izlaydi, bu kuch 
    ruhoniy, shoh yoki Xudoning qudrati boʻlishi mumkin. Shunga asoslanib, E.Fromm dinni shaxsga yoʻnalish 
    tizimini taʼminlaydigan “guruh tomonidan birgalikda koʻriladigan har qanday qarashlar va harakatlar tizimi”
    [2] deb taʼriflaydi . Z.Freyd shaxs dindorligini talqin qilar ekan, uni insonlar oʻzlarining turli xususiyat va 
    belgilarga ega boʻlgan qoʻrquvlariga qarshi himoya mexanizmi sifatida qoʻllovchi illyuziya deb atadi. Uning 
    fikriga koʻra, din insonga oʻzini psixologik jihatdan himoya qilishga imkon beruvchi mexanizmdir. 
    Insoniyatning illyuziyasi deya nomladi. U diniy eʼtiqodni mohiyatan butun bir jamiyatga koʻchirilgan va ular 
    tomonidan qoʻllaniladigan shaxsning ichki nevrozi deb nomladi [3]. 
    Аmerikalik olimlarning dindorlik yuzasidan olib borgan tadqiqotlari natijalari shuni maʼlum qiladiki, 
    bolalikdan diniy tarbiya asosida voyaga yetgan shaxslarning oʻz hayotlaridan qoniqish darajalari boshqa 
    tengdoshlariga nisbatan yuqori namoyon boʻladi. 16 000 ga yaqin amerikalik bolalarning diniy odatlarini 
    (cherkovga borish, meditatsiya va ibodat qilish), shuningdek, ularning voyaga yetgandagi psixologik va 
    jismoniy sogʻligini tahlil qilgandan soʻng, olimlar diniy tarbiya olgan odamlar boshqa tengdoshlariga 
    qaraganda ancha baxtliroq degan xulosaga kelishdi [4]. 
    Shuningdek antropologik nuqtayi nazardan diniy urf-odatlar inson hayotining ijtimoiy va psixologik 
    tomonlariga ta’sir qiladi. Masalan, jamoalar va butun mamlakatlar din asosida shakllanadi va dindor odamlar 
    oʻlim qoʻrquvining pastligi bilan ajralib turadi [5]. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish