“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

Asosiy qism. 
Boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy tafakkurini rivojlantirish, kasbiy-shaxsiy sifatlarni 
shakllantirish, ularni istiqboldagi pedagogik faoliyatga tayyorlash, oʻqituvchilarda innovatsion tayyorgarlikni 
shakllantirish, ulardagi kasbiy ijodkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish muammolari koʻpgina ilmiy 
izlanishlarda oʻz ifodasini topgan.
Jumladan, 
N.N.Azizxodjayeva, 
H.Abdukarimov, 
R.Djurayev, 
B.Djurayeva, 
X.Ibragimov, 
R.G.Isyanov, N.A.Muslimov, U.Nishonaliyev, B.Raximov, N.Sayidahmedov, Oʻ.Tolipov, Sh.Sharipov, 
S.Turgʻunov, N.Shodiyev, N.Erkaboyeva, D.Yunusova, J.Gʻ.Yoʻldoshev, O.Haydarova tadqiqotlarida 
boʻlajak oʻqituvchilarni pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari, shart-
sharoitlari, pedagogik mahoratning shakllanish bosqichlari, B.R.Adizov, R.Sh.Ahlidinov, Sh.Barotov, 
M.G.Davletshin, Sh.Q.Mardonov, U.Q.Musayev, R.G.Safarova, N.Safoyev, E.Seytxalilov, Gʻ.Shoumarov, 
J.Gʻ.Yoʻldoshev, Sh.Qurbonov, E.Gʻoziyev ishlarida ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish, shaxsga 
yoʻnaltirilgan ta’lim jarayonining pedagogik-psixologik muammolari, A.Abduqodirov, U.Begimqulov, 
N.Taylakov, F.Zokirovalarning tadqiqot ishlarida pedagogik jarayonga innovatsion texnologik yondashuv 
hamda boʻlajak oʻqituvchilarni tayyorlashda pedagogik hamda axborot texnologiyalardan foydalanishning 
oʻziga xos jihatlari ochib berilgan. 
MDH olimlaridan A.V. Brushlinskiy, V.A.Polikarpov [3], G.A.Bordovskiy, V.I.Gorovaya, 
A.V.Gutorova, I.F.Isayev, M.M.Kashapov [4], A.A.Kirsanov, M.V.Klarin, A.V.Korjuyev, D.G.Levites, 
V.M.Monaxov, N.D.Nikandrov, A.M.Novikov, L.S.Podimova, A.M.Stolyarenko boʻlajak pedagog-
mutaxassislarni tayyorlash jarayonini modrenizatsiyalashning mazmuniy-protsessual hamda texnologik 
jihatlarini oʻrganganlar. Ta’lim jarayonini loyihalash va boʻlajak mutaxassislarni loyihalash faoliyatiga 
tayyorlash masalalari Y.S.Zair-Bek, I.A.Kolesnikova V.M.Monaxovlarning ishlarida oʻz aksini topgan. 
Koʻpgina olimlar (V.S.Ilina, N.V.Kuzmina, Y.N.Kulyutkin, G.S.Suxobskaya, L.A.Regush, 
V.A.Slastyonin, O.Roziqov, B.R.Adizov va boshq.) fikricha, zamonaviy oliy ta’limning salbiy tomonlaridan 
biri unda ijodiy hamda kasbiy tafakkur oʻrniga verbal-mantiqiy tafakkurni rivojlantirish ustuvor vazifa 
sifatida e’tirof etiladi.
Oʻqituvchining kasbiy tafakkurini rivojlantirish muammosi amaliy tafakkurni tadqiq etish doirasida 
amalga oshiriladi. 
Muammo boʻyicha dastlabki tadqiqotlar Y.N.Torndayk, V.Keller, K.Byuler, K.Kofka, N.A.Ruger, 
M.Y.Basov, S.L.Rubinshteyn tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlarda oʻz aksini topgan. Nomlari 
keltirilgan olimlar kasbiy tafakkurni namoyon boʻlishini amaliy faoliyat nuqtayi nazardan oʻrgangan 
boʻlsalar, S.L.Rubinshteyn birinchilardan boʻlib kasbiy tafakkurning: sinchkovlik asosida kuzatuvchanlik, 
ma’lum muammoli vaziyatlarda oʻziga xos va yagona qaror qabul qila olish, qisqa vaqtda tafakkur qilishdan 
amaliy faoliyatga oʻtish kabi oʻziga xos xususiyatlarini ajratib koʻrsatadi. 
Oʻz navbatida amaliy tafakkur muammosi tadqiqotchilar tomonidan yaqin vaqtlardan boshlabgina 
oʻrgana boshlandi. Gʻarb psixologiyasida amaliy faoliyatga yoʻnaltirilgan tafakkur: elementar, noijodiy 
hisoblanib, nazariy tafakkurga nisbatan ikkilamchi shakl sifatida qarab kelingan. Shu nuqtayi nazardan turli 
kasblarda tafakkurning murakkab shakllari hamda koʻrgazmali-faoliyatli komponentlari namoyon boʻlishi 
mumkin emas deb hisoblangan. 
Amaliy tafakkur muammosi rus olimlari F.N.Gonobolin, N.V.Kuzmina hamda B.M.Teplov 
tadqiqotlarida bir muncha oʻz yechimini topdi. Chunonchi B.M.Teplov amaliy tafakkur, yaxlit tafakkur 
mexanizmlari (analiz, sintez, taqqoslash, tizimlashtirish, abstraksiya va aniqlashtirish)ning birligi asosida 
namoyon boʻladi hamda u tafakkur faoliyatining alohida shakli hisoblanib, uning oʻziga xosligi amaliy 
faoliyatda inson tomonidan u yoki bu vazifalarni yechimini topishga qaratiladi deb hisoblaydi. “Inson 
intellekti va tafakkur mexanizmalari yagona, ammo tafakkur shakllari har xil, chunki u yoki bu holatda inson 
aqli tomonidan yechimini topishi kerak boʻlgan vazifalar har xildir” [5]. 
Xorijlik olimlar B. Myunsterberg, D. Xolland
[6], D. Syuper
[7]lar shaxsning kabiy jihatdan yuqori 
darajada yetuklikka erishish muammolarini oʻrgangan boʻlsalar, shaxsning kasbiy martabaga ega boʻlish 
jarayoni va uning pedagogik-psixologik jihatlarini A.Maslou
[8], L.Zondi [9], A.Bandura [10], Dj.Rotter [11] 
(AQSh) tadqiq etganlar.
Talabalarda muloqotlarning individual uslubini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni oʻz 
ichiga oladi: 
1. Talabalar muloqoti individual uslubining haqiqiy shaxsiy xususiyatlarini oʻrganish va ularni 
talabalar anglab yetishi. Talabalarning mustaqil tahlil qilishi, oʻzaro har tomonlama tavsifnomalari, 
oʻqituvchilarning kuzatishlari asosida amalga oshadi. Talabalar shu maqsadda “Men boshqa kishilar bilan 
muloqotda qandayman?” mavzusida esse yozadilar, bir-birlariga shunga oʻxshash mazmunda tavsifnoma 
tayyorlaydilar va hokazo. 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
19 
2. Shaxsiy muloqotdagi kamchiliklarni aniqlash va ularni barham toptirish yuzasidan qilinadigan 
ishlar: uyatchanlikni, tortinchoqlikni, muloqot uslubidagi salbiy holatlarni yengish. 
3. Pedagog uchun muloqotning hissiy jihatdan qulay boʻlgan uslubini ishlab chiqishga doir 
topshiriqlar va ularni oʻz-oʻzini kuzatish ma’lumotlari bilan taqqoslash. 
4. Muloqotda oʻz individual uslubi asosida pedagogik muloqot tarkibiy qismlarini egallash (maxsus 
mashgʻulotlarda) sohasidagi ishlar. 
5. Oʻz muloqot uslubiga muvofiq ravishda pedagogik muloqotdan iborat yaxlit hodisani bilib olish 
borasidagi ishlar va muloqot uslubiga aniqliklar kiritish (maxsus mashgʻulotlarda). 
6. Haqiqiy pedagogik faoliyat individual uslub asosida talabalar bilan muloqot qilish, bu uslubni 
mustahkamlash (pedagogik amaliyot va stajirovka jarayonida). 
Tibbiyot kollejlarida ishni endi boshlayotgan oʻqituvchilar individual muloqot uslubini shakllantirish 
ustida muntazam ish olib borishlari zarur. 

Download 2,09 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish