“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

Muhokamalar va natijalar.
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqotning jihatlari 
muhim rol oʻynaydi, ular pedagog bilan talabalarning bevosita oʻzaro harakati bilan bogʻliqdir. Bu oʻrinda 
bir necha bosqichlar ajratib koʻrsatiladi.
Birinchi bosqich - bu tarbiyachining tarbiyaviy jarayon vaziyatidan xabardorligidir, bu jarayon oʻziga 
pedagogning xotirasida guruh bilan muloqotning oldingi xususiyatlarini tiklashni, muloqot vaziyatini qayd 
etishni, uni oʻzaro harakatning oldingi vaziyati bilan, bu harakatning ilgari rejalashtirilgan andazasi bilan 
tezda qiyoslab chiqishni, oʻz muloqot uslubiga aniqlik kiritishni qamrab oladi. Shuni nazarda tutish kerakki, 
bu bosqich juda tez kechadi va xuddi shu bosqichda zarur soʻz, ohang, xulq-atvor vujudga kelishi lozim. 
Ikkinchi bosqich: pedagogik muloqotning samarali jarayoni uchun uning shart-sharoitlarini bilib 
olishning oʻzi kifoya qilmaydi. Talabalar bilan oʻzaro harakatning boshlanishi oʻzaro fikr almashishga doir 
yana bir muhim vazifani hal qilish bilan muloqot obyektining diqqatini oʻziga jalb qilish bilan bogʻliqdir. 
Muloqot obyektining, ya’ni talabaning diqqatini oʻziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak? Buning 
ma’nosi boʻlajak oʻzaro harakatga, ta’limning rejalashtirilgan usullariga, tashkiliy shakllariga ijtimoiy-
psixologik negizni asos qilib olish, darsni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan talabalar diqqatini jalb qilishdir. 
Koʻpincha yosh pedagoglar, talabalar har doim oʻqituvchiga oʻz diqqatlarini qaratishlari lozim deb 
hisoblaydilar va oʻzaro fikr almashishga doir bu muhim vazifalarni sobit qadamlik bilan hal qilmaydilar. 
Koʻrsatib oʻtilgan bevosita muloqot bosqichlari pedagogik ta’sir koʻrsatishning nisbatan mustaqil, har 
bir koʻrinishida vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi, tarbiyaviy jarayonni tashkil etganda ularni nazarda tutish 
kerak boʻladi. 
Tarbiyaviy ta’sir koʻrsatishni tashkil etishda muloqotning ahamiyati bilan bogʻliq ravishda pedagogik 
muloqot madaniyatiga, tarbiyachining dilkashligiga alohida talablar qoʻyiladi, dilkashlik unda kasbiy 
tafakkur sifatida namoyon boʻladi. Tarbiyachi jamoa, guruh va individual ish olib borish jarayonida odamlar 
bilan muloqot qila bilishi, uni talabalar bilan aniq maqsadni koʻzlagan holda tashkil eta olishi va ularni 
boshqara bilishi lozim. Kasb-korga oid pedagogik dilkashlikning yosh oʻqituvchi amal qiladigan quyidagi 
mezonlarini alohida ajratib koʻrsatish mumkin: talabalar bilan turli sohalarda muntazam muloqot qilishda 
barqaror ehtiyojning mavjudligi, muloqotning barcha bosqichlarida hissiy osoyishtalikning namoyon 
boʻlishi, oʻzaro fikr almashishga doir sifatlar, koʻnikmalar va malakalarning mavjudligi. 
Boʻlajak tibbiyot muassasalari oʻqituvchilari quyidagi xususiyatlari bilan keskin darajada ajralib 
turishi lozim va bu xususiyatlar ular kasbiy tafakkurining asosiy mezonlarini belgilaydi: 
- Yangi Oʻzbekistonimizning talablari va ehtiyojlariga mos tushuvchi yuksak ma’naviyat darajasidagi 
qarashlar, kuchli va barqaror e’tiqod, buyuk davlatimiz ideallari, milliy gʻoya va istiqlol mafkurasiga 
sodiqlik, vatanparvarlik, fidoiylik tuygʻulari shakllanganligi, jamoaviylik hissini mukammal aks ettiruvchi, 
ijtimoiy-siyosiy faol shaxs ekanligi; 
- bolalarga, oʻquvchilarga, hattoki jamiyatimizning barcha a’zolariga ham otash, ham samimiy mehr-
muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari, qiziqishlari, xatti-harakatlari motivlari, xulq-atvorlarini tushunish 
koʻnikmasi, malakasi va uquvining mavjudligi; 
- jamiyat hodisalari, holatlari, tabiat va voqeliklari, borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo 
munosabatlariga nisbatan pedagogik kuzatuvchanlik, ya’ni perseptiv (idrokka nisbatan sezgirlik) qobiliyatga 
egaligi; 
- hayot va faoliyatning u yoki bu jabhalarida odamlarning xatti-harakatlari, munosabatlari 
xususiyatlarini oqilona tushunish ularni identifikatsiyaga, refleksiyaga yoʻllashga qobilligi; 
- favquloddagi vaziyatlarda, oʻzgaruvchan shart-sharoitlarda omilkorlik bilan moʻljal olish, maqsad 
qoʻyish, reja tuzish, bevosita nazorat qilish, boshqarish va oʻz-oʻzini namoyon etishga qobiliyatliligi; 
- pedagogik faoliyatda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy munosabatlarda ommaviy 
harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik qobiliyatini egallanganligi; 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
20 
- umumiy qiziqishi koʻlamining kengligi, bilishga oid qiziqishlarning serqirraligi, ilmiy izlanishlarga 
layoqatliligi, muayyan salohiyat, mahorat darajalariga erishganligi; 
- muloqot maromi, nutq madaniyati, mantiqan ixcham, ma’nosi kuchli, ta’sirchan fikr uzatish, ta’sir 
oʻtkazish uquvi bilan qurollanganligi; 
Fikrimizcha, zamonaviy oʻqituvchi muloqot davomida toʻgʻri, omilkor axborot uzatishi va unga 
suhbatdoshini ishontira bilishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi.

Download 2,09 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish