• Asosiy qism.
  • “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/163
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #229627
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   163
    Bog'liq
    05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

    Key words: worldview, religious worldview, religious education, religion, religious belief, religious 
    activity, internal / external motives. 
     
    Kirish. 
    Bugungi kunda butun dunyoda axborot oqimining tezlashuvi, muloqot vositalarining 
    cheksizligi oʻz-oʻzidan inson psixikasiga, uning bevosita dunyoqarashiga ta’sir koʻrsatmasdan qolmaydi. 
    Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, 
    qarashlar oʻz aksini topib, shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, muayyan ijtimoiy 
    guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan. Ayniqsa, hozirda 
    jamiyatdagi diniy dunyoqarashni toʻgʻri tushunish, baholash uchun uning ilmiy jihatdan asoslantirilgan 
    tavsiflarini, diniy dunyoqarashni paydo boʻlishi va rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olish 
    muhim ahamiyat kasb etadi.
    Asosiy qism. 
    Talabalik davri ontogenez davrlarida oʻzining psixik faoliyatning faolligi, kelajakka 
    qaratilgan maqsadli harakatlari bilan ajralib turadi. Shunga koʻra, talaba yoshlarning dunyoqarashini 
    kelajakdagi jamiyat ongi dunyoqarashining mumkin boʻlgan modeli asosi sifatida qarash mumkin. Aynan 
    shuning uchun ham talaba yoshlarning diniy dunyoqarashini ijtimoiy-psixologik oʻrganishni tashkil qilish va 
    empirik ma’lumotlarni yigʻishning mumkin boʻlgan barcha uslublaridan foydalangan holda oʻtkazish juda 
    muhim. Diniy tarbiya muammolari bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb boʻlib, mazkur yoʻnalishda 
    olib borilayotgan tadqiqotlar barcha ijtimoiy fan sohalarida katta ahamiyatga ega. Yoshlarni sogʻlom diniy 
    qarashlarin shakllantirish masalalari ilmiy tadqiqotlarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir.
    Hayotni diniy ta’lim-tarbiya jarayoniga qoʻyayotgan katta talablari, ehtiyojlarga muvofiq boʻlgan 
    psixologik-pedagogik yondashuvlarni izlashga yoʻnaltirmoqda.
    Mazkur muammo boʻyicha ilmiy adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, diniy dunyoqarash va ushbu 
    yoʻnalishdagi boshqa bazaviy tushunchalarni ta’riflash (aniqlash)ga koʻplab yondashuvlar mavjud. Shu bilan 
    birga, bugungi kunda ularni bir xil, umumiy qabul qilingan tarzda tushunish va tegishlicha ta’riflash 
    kuzatilmaydi. Shunga bogʻliq holda, olimlarning ushbu oʻrganilayotgan hodisaga nisbatan boʻlgan fikrlarini 
    yanada batafsilroq koʻrib chiqish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
    22 
    Masalan, O.F.Lobazova, R.A.Finklarning fikricha, din odamlarning ma’lum bir ilohga sigʻinib 
    boshlagan davrlarida paydo boʻlgan, din paydo boʻlganidan keyin esa diniy e’tiqod, diniy dunyoqarash va 
    boshqa tushunchalar ham paydo boʻlgan. Din deganda, odatda, inson va Yaratuvchi oʻrtasidagi 
    munosabatlarni tartibga soluvchi haqiqat, buyruq, talablarning majmuasi tushuniladi. Diniy e’tiqod 
    tushunchasi esa koʻproq tegishli kishining, ularni bajarishga oʻziga oʻzi majburiyat oluvchi diniy me’yorlar 
    tizimiga individual, shaxsiy munosabatini ifodalaydi. Diniy e’tiqod oʻz ichiga diniy tasavvurlar, ma’naviy 
    his-tuygʻular va turlicha marosimlarga va boshqalarga munosabatida namoyon boʻluvchi diniy 
    dunyoqarashni qamrab oladi [1, 2]. 
    R.M.Axmedovning fikriga koʻra, diniy e’tiqod tushunchasining ta’rifi umuman dinni oʻrganishning 
    muhim va bazaviy tushunchalaridan biri sifatida talqin qilinib, diniy gʻoyalar, qadriyatlar, me’yorlarning 
    subyektiv oʻzlashtirilishining sifat va miqdor aniqligini va ularning Yaratuvchiga ishonuvchilarning 
    (e’tiqodlilarning), diniy jamoaning xulqiga, hayot tarziga ta’sirini xarakterlaydi. Diniy dunyoqarash 
    tushunchasi tarkibining mohiyati diniy gʻoyalar, qadriyatlar, me’yorlarning subyektiv oʻzlashtirilishida 
    namoyon boʻladi, individual va shu bilan bir vaqtda din insonga oʻzi uchun oʻzi tanlaydigan nimani berishini 
    subyektiv baholashda ifodalanadi. Bundan tashqari, mazkur dunyoqarash oʻz ichiga nafaqat diniy 
    dogmalarni, qoidalarni, bilimlarni, balki har biri alohida insonning individual tajribasining ulushini ham 
    qamrab oladi. U odatda, har kim uchun takrorlanmas boʻlgan tegishli tajribadan oʻtish yoʻli orqali 
    shakllanadi [3]. 
    V.Erotichning fikricha, tashqi hayotni uning insonga munosabatida, jamiyat odamining hayot faoliyati 
    uchun ahamiyatini aks ettiruvchi jamoatchilik ongining dunyoqarashi shakli sifatida qarash mumkin. 
    Shaxsning, jamiyatning, insoniyatning rivojlanish jarayonida yuzaga kelib va shaxsdan ustun, tarixiy-
    ijtimoiy nimadir boʻla turib, shu bilan bir vaqtda din faqat ularning izdoshlari, tashuvchilari va uzatuvchilari 
    kabi maydonga chiquvchi alohida shaxslarning e’tiqodlari va harakatlari shaklida rivojlanadi va ishlatiladi. 
    Shu sababli ham din har doim individ bilan bevosita bogʻlangan va shaxsiy sohada oʻzini namoyon qiladi. 
    Jamoatchilik va individual me’yorlardan tashqari din hamjamiyatlar darajasida mavjud. Oʻz navbatida diniy 
    dunyoqarash bir nechta tomonni oʻz ichiga oladi: 
    - dunyo toʻgʻrisida eng umumiy tasavvurlarni ta’minlovchi ontologik; 
    - insonni qabul qilish turmush faoliyati subyekti sifatida qamrab oluvchi ekzistensial; 
    - ontologik va ekzistensiallar oʻzaro bogʻliqligi jarayonini va uslublarini qamrab oluvchi gnoseologik. 
    Diniy dunyoqarash insonga mavjud va boʻlishi lozim boʻlgan asosiy, eng yuqori qadriyatlarga moʻljal 
    olish imkonini beruvchi inson mohiyatining tarkibiy qismlaridan biri sifatida namoyon boʻladi. Jismoniydan 
    yuqori borliqning oʻzi, jismoniy va jismoniydan yuqori borliqning toʻqnashuvi hamda oʻzaro hamkorligi 
    qirrasiga yuzaga keladigan muammolar majmuasi diniy dunyoqarash faolligi yoʻnaltirilgan predmetlari 
    sifatida maydonga chiqadi [4]. 
    S.T.Raxmonov diniy e’tiqodni psixologik oʻrganishning uslubiy muammolarini tahlili davomida 
    oʻrganilayotgan tushunchaning tuzilishini ta’riflashda toʻxtaladi va diniy e’tiqod darajasi, holati, xarakteri va 
    sathi kabi empirik koʻrsatkichlarni ajratadi. Bunda: 
    diniy e’tiqod darajasi dinlarning hududiy va ijtimoiy-demografik tarqalishining xususiyatlarini aks 
    ettiruvchi miqdoriy koʻrsatkich, diniy belgilar koʻlamining indikatori sifatida belgilanadi; 
    diniy e’tiqod holati diniy hodisalar jarayonining oʻzgarishlari va rivojlanishlarining ham individual 
    ong darajasidagi, shuningdek, ham jamoaviy ong darajasidagi integral xarakteristikasi sifatida ta’riflanadi; 
    diniy e’tiqod xarakteri diniy faoliyat jarayonida shakllanadigan va rivojlanadigan turgʻun sifat 
    xususiyatlarining jamlanmasi sifatida ta’riflanadi; 
    diniy e’tiqod sathi diniy alomatlar jadalligi, ya’ni diniy bilimlar kuchi, diniy his-tuygʻularning 
    chuqurligi, ibodat harakatlarining faolligi nuqtayi nazaridan xarakterlanuvchi koʻrsatkich sifatida belgilanadi 
    [5]. 
    S.A.Belousov diniy e’tiqod atamasining mohiyatini ta’riflab, ushbu tushunchani qimmatli hayotiy 
    yoʻnalish, inson ongining subyektiv sifati, diniy qoidalarni amalga oshirishga boʻlgan ichki qobiliyati sifatida 
    qarash mumkinligini bildiradi. Diniy e’tiqod amaliy-talqiniy tushunchani aks ettiradi, uning mohiyati diniy 
    e’tiqodning sathini, darajasini, xarakterini ta’riflash orqali namoyon boʻladi. Diniy e’tiqod sathi shaxs, 
    shaxslar guruhi tomonidan diniy gʻoyalar, me’yorlar, qadriyatlarning oʻzlashtirilganlik darajasini, ya’ni diniy 
    belgilarning jadallik darajasini xarakterlaydi. Diniy e’tiqod darajasi – bu tushuncha aholi, demografik 
    guruhlar oʻrtasida dinning (diniy belgilarning) keng tarqalganligining muayyan kattaligini aks ettiradi. Diniy 
    dunyoqarash xarakteri – turli e’tiqodlar, xuddi shuningdek, alohida hudud e’tiqodli tarafdorlarining sifat 
    koʻrsatkichlarining xususiyatlarini, muayyan farqlarini va oʻziga xosligini aniqlash imkonini beruvchi 
    koʻrsatkich [6]. 


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
    23 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   163




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish