|
“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4Bog'liq 05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAKMuhokamalar va natijalar.
Talabalar diniy dunyoqarashining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini
oʻrganish uchun D.O.Smirnovning (MIRA) diniy faollikni oʻlchash metodikasi orqali oʻrganishni maqsadga
muvofiq hisobladik. Mazkur metodika uch subshkaladan iborat:
1. Subtest Dindorlikning ichki/tashqi (botiniy/zohiriy) jihatini.
2. Subtest Diniy dunyoqarash negizi tabiiy-ilmiy/diniy ekanini.
3. Subtest diniy faollik darajasini oʻrganish imkonini yaratadi.
Empirik tadqiqotimizning mazkur bosqichining maqsadi Diniy faollikning tarkibiy qismlarining
oʻzaro va diniy dunyoqarash asosini tashkil qilgan, jinslararo tafovutlarni belgilagan diniy urf-odatlar
oʻzlashtirilishini ta’minlaydigan xulq paydo boʻlishiga olib keladigan ijtimoiy omillarning eng ustuvorlari
bilan kross-tabulyatsion aloqalarini oʻrganishdan iborat.
Taxminimizcha, diniy faollikning tarkibiy qismlari: ichki/tashqi (zohiriy/botiniy) faollik, diniy/ilmiy-
tabiiy dunyoqarash, diniy farzlarni ado etishdagi shaxsiy tajribasining jinsiy ifodalari oiladagi oʻgʻil va
qizlarning diniy dunyoqarashiga ota va onalarning diniy amaliyot bilan bogʻliq tarbiyaviy faolliklari
tomonidan belgilanishi mumkin.
D.O.Smirnovning (MIRA) diniy faollikni oʻlchash metodikasi orqali olingan “xomaki” qiymatlar,
metodikada keltirilgan yoʻriqnomaga binoan standartlashtirilgan sten ballarga oʻtkazilgan. 1-4 stenlar
mazkur omilning quyi darajasini, 5-7 stenlar oʻrta va 8-10 stenlar yuqori darajasini aks ettiradi. Ya’ni alohida
shkalalar boʻyicha taqsimlaydigan boʻlsak:
1-shkalada: 1-4 stenlar shaxsning diniy faolligi tashqi motivlar tomonidan;
8-10 stenlar shaxsning diniy faolligida ichki (botiniy) motivlar ustunligini qayd etamiz.
2-shkalada: 1-4 stenlar shaxsning diniy dunyoqarashi negizida tabiiy-ilmiy negiz ustuvorligi;
8-10 stenlar shaxsning dunyoqarashi negizida diniy-mifologik negiz ustuvorligini qayd etamiz.
3-shkalada: shaxsning diniy yoʻriqlar (farzlarda)ga amal qilish darajasi:
1-4 stenlar shaxsning diniy yoʻriqlar (farzlarda)ga amal qilishning individual tajribasi mavjudligi
e’tirof etiladi; 8-10 stenlar shaxsning diniy yoʻriqlar (farzlarda)ga amal qilish bilan bogʻliq tajribasizligi
koʻzga tashlanadi. Dastlabki diniy faollikning tarkibiy qismlari oʻrtasidagi nisbiy qiyosiy holati quyidagi 1-
jadvalda oʻz ifodasini topgan.
|
| |