“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

 
Xulosa.
Olingan tadqiqot natijalari tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelish maqsadga muvofiqdir: 

Talabalarda gender tafovutlar jihatidan dindorlikning tashqi belgilari rivojlanishi oʻrtasida 
ahamiyatli farqlar mavjud. Qizlarda dindorlikning tashqi belgilari ularning kundalik turmushdagi liboslarida 
yigitlarga qaraganda yaqqolroq namoyon boʻladi. Bunga qizlar unib-oʻsayotgan muhit, oilaviy sharoit, 
ijtimoiy munosabatlar koʻlami ta’sir etadi. 

Diniy ongning shakllanishi 18-21 yoshli shaxslarda turlicha koʻrinishga ega boʻlmay, bir xillik 
kasb etgani holda, ularning hayot tajribasi, diniy voqea-hodisalarni chuqurroq anglab, idrok etish barobarida 
diniy koʻnikmalarga ega boʻlishlari bilan farqlar ortib borishi mumkin. Mazkur omilda asosiy jihatni, 
shaxsning diniy tushunchalar mazmunini idrok etishga doir fundamental bilimlarining rivojlanganlik darajasi 
oʻynaydi. 

Yoshlarga barcha dinlarning asl ildizi yaxshilik, Yaratganga ishonch kabi tushunchalar tashkil 
etishini singdirish natijasida, ularda turli yot diniy gʻoyalar ta’siriga tushib qolmaslik yuzasidan kuchli 
“himoya mexanizmi”ni hosil qilish mumkin. 

Shaxslarda dindorlikni anglatuvchi tashqi belgilar namoyon boʻlishining ortishi, ularning xulq-
atvorini oʻzlari tomonidan ongli ravishda nazorat qilish shakllarining paydo boʻlishiga ham sabab boʻladi. 
Bunda ular har bir bajarayotgan xatti-harakati uning dindorlik darajasiga ta’sir etishini hisobga oladi. 
Natijada ularda ijobiy xulq-atvor shakllanadi. 
Yuqoridagi empirik tadqiqot natijalari boʻyicha keltirilgan xulosalarni inobatga olgan ravishda, 
shaxslarda diniy ongning shakllanishi progressiv jarayon ekanligi, unga ta’sir etuvchi omillar - oilaviy muhit, 
doʻstlar davrasi, ta’lim maskani boʻlishi yana bir karra oʻz amaliy tasdigʻini topganini koʻrishimiz mumkin. 
Shaxslarda oʻz navbatida, diniy tushunchalarning tub mohiyatini tushunishga intilish, ularning xulq-atvori 
ijobiylashishiga, dindorlik darajasining ortishiga ham sabab boʻladi. 

Download 2,09 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish