“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
16
xulq-atvor me’yorlari namunasi shkalalari oʻrtasida musbat korrelyatsion aloqadorlik munosabatlari
mavjudligi kuzatildi (r=0,257, p≤0,05).
Pedagogika ta’lim yoʻnalishi boʻyicha tahsil oluvchi talaba-yoshlarda afsungarlikka ijobiy
munosabatning paydo boʻlishi, ulardagi dindorlik tashqi belgilarining kamayishiga sabab boʻladi.
Bunda
shaxs tabiatda yuz beradigan hodisalarga e’tiborini kuchaytiradi, oʻzida mavjud boʻlgan dindorlikning
belgilarini namoyish etishi esa pasayadi. Bilamizki, 18-21 yoshdagi shaxslar tashqi hodisalarga e’tiborli, tez
qoʻzgʻaluvchan va ta’sirchan boʻlishadi. Shu xususiyatlarni hisobga olgan holda ulardagi diniy e’tiqod
darajasi ham oʻzgaruvchan va turli hodisalarga nisbatan moyillik xarakteriga egadir. “Sehr-jodu” kabi salbiy
tushunchalarga boʻlgan qiziqishning ortishi oqibatida shaxsdagi dindorlik belgilari namoyon boʻlishi
kamayadi, unda ikkilanish, yaxshilik va yomonlikni qazoyi qadardan deb bilish hissi kamayadi va voqea-
hodisalarni oʻz manfaatlari yoʻlida “ijobiy tarafga” oʻzgartirish hissi ustunlik qilaveradi (5 jadval).
Navbatdagi korrelyatsion aloqadorlik “dindorlikning tashqi belgilari” va “din – xulq-atvor me’yorlari
namunasi” shkalalari oʻrtasida aniqlandi. Shaxsda dindorlik elementlarining (diniy amallarga oʻz vaqtida ado
etish, savob va gunoh ishlarni ajratish, taqvodorlik, diniy e’tiqod darjasining ortishi, diniy liboslarda
harakatlanish va boshqalar) tashqi tarafga yoʻnalganligi ortsa, uning xulq-atvoridagi xatti-harakatlarga oʻz
ta’sirini bildirmasdan qolmaydi. Ya’ni, shaxs har bir amalga oshirayotgan xatti-harakatining din normalariga
muvofiq yoki muvofiq emasligini anglagan holda bajarishga intiladi. Natijada, uning xulq-atvoridagi salbiy
xislatlar oʻrnini ijobiylari egallashga muvaffaq boʻladi. Dindorlikning tashqi belgilari koʻpincha, muloqot
jarayonida diniy iboralarni koʻp qoʻllash, ibodat qilishga koʻmaklashuvchi elementlarni oʻzi bilan birga olib
yurish, diniy mazmundagi kitob, materiallarni oʻqish kabilarda yaqqol namoyon boʻladi, deb aytish mumkin.