Natijalar. Python dasturlashni o‗rgatishning semiotik yondashuvi ma‘lumotni uzatish va semantik
ma‘nolarni almashish uchun belgilar foydalanishga asoslangan. Semiotik yondashuv asosida talabalarni
o‗qitish uchun quyidagi prinsiplarga asoslanish lozim:
1. Dasturlarni belgilar tizimi sifatida taqdim etish. Talabalarga Python dasturlari ma‘lum bir ma‘no va
semantikaga ega bo‗lgan belgilar va belgilar to‗plami ekanligini tushuntiriladi. Ularga Python tilining asosiy
konstruktsiyalari va sintaksisi o‗rgatiladi va ularga dasturlarni belgilar ketma-ketligi sifatida qanday qilib
to‗g‗ri yozish ko‗rsatiladi.
2. Izohlardan foydalanish. Talabalarga kodning turli qismlarining ma‘nosi va maqsadini tushuntirish
uchun o‗z dasturlarida sharhlardan qanday foydalanishni ko‗rsatish lozim. Shuningdek, ularga o‗z
dasturlarini hujjatlashtirishni o‗rgatish, shunda ular koddan qanday foydalanish, qanday qiymatlar
kutilayotgani va qanday natijalar kutilayotgani haqida ma‘lumotni aniq yetkazishlari mumkin.
3. Belgilar va belgilar tilidan foydalanish. Masalan, Pythondagi kod tuzilishini ma‘lumotlar oqimi
grafiklari yoki algoritm diagrammalari yordamida tushuntirish mumkin, bu yerda belgilar va operatsiyalar,
ma‘lumotlar va ular orasidagi aloqalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu talabalarga dastur tuzilishi va turli
elementlarning o‗zaro bog‗liqligini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
4. Belgilardan faol foydalanish. Talabalarni matematik formulalarning ramziy ifodasi yoki mantiqiy
operatsiyalarning ramziy tasviri kabi ramziy usullardan foydalangan holda Python kodini yozishga o‗rgatish.
Bu ularga belgilar va ularning semantik ma‘nosi o‗rtasidagi bog‗liqlikni ko‗rish imkonini beradi.
5. Belgilarni guruhlash va tasniflash. Talabalar Python dasturlashda ishlatiladigan turli xil belgilarni
tasniflash va guruhlashdan foydalanishlari mumkin. Masalan, ular semantikasi va ishlatilishini yaxshiroq
tushunish uchun operatorlar, o‗zgaruvchilar, funksiyalar va buyruqlarni tasniflashlari mumkin.
Dasturlash tillarini o‗rgatishda semiotik yondashuvdan foydalnishni quyidagi misolda batafsil ko‗rib
chiqamiz. Tkinter modulidan foydalanib obyektlarni oynaga joylashtirishning grid() metodini o‗rgatish
uchun word matn protsessorida jadvaldan foydalanish samarali hisoblanadi.
―PEDAGOGIK MAHORAT‖ ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
60