• Foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish.
  • Dasturdagi ma‟lumotlar va algoritmlar bilan o„zaro bog„liqlikni ifodalashda.
  • Dasturlash strategiyalari va paradigmalarini tushunish
  • Munozara.  Amaliy maslalarni dasturlashda semiotik yondashuvdan quyidagilarda foydalanish mumkin:  - Otimal




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/8
    Sana07.08.2024
    Hajmi0,68 Mb.
    #269202
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Munozara. 
    Amaliy maslalarni dasturlashda semiotik yondashuvdan quyidagilarda foydalanish mumkin: 
    -
    Otimal 
    a
    lgoritmlarni ishlab chiqish
    . Dasturlash odatda muammolarni hal qilish uchun samarali 
    algoritmlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Semiotik yondashuv talabalarga vazifa talablarini tahlil qilish va 
    takomillashtirishga, algoritmlarni loyihalashga, dasturlashtiriladigan tizimlarning ishlash mantig‗ini 
    tushunishga va uni tavsiflashga va tegishli yechimlarni taklif qilishga yordam beradi. 
    -
    Foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish. 
    Foydalanuvchi uchun tushunarli aniq va samarali 
    interfeysini yaratish dasturlashning muhim jihati hisoblanadi. Semiotik yondashuv talabalarga interfeysda 
    ishlatiladigan belgilar va ularning ma‘nolari, o‗zaro munosabatlarini tahlil qilishga yordam beradi va ma‘lum 
    tugmachalarni bosish yoki dastur sahifalari bilan o‗zaro ta‘sir qilish samarasini izohlaydi. 
    -
    Dasturdagi ma‟lumotlar va algoritmlar bilan o„zaro bog„liqlikni ifodalashda.
    Dasturlashda 
    ko‗pincha turli xil ma‘lumot turlari bilan ishlash va ma‘lumotlarni qayta ishlash, saqlash va o‗qish uchun 
    turli xil algoritmlardan foydalanish talab etiladi. Semiotik yondashuv talabalarga dasturda ma‘lumotlar 
    qanday taqdim etilishini, ular bilan qanday operatsiyalarni bajarish mumkinligini va ularni qayta ishlash 
    uchun qanday algoritmlarni qo‗llash mumkinligini tushunishga yordam beradi. 
    -
    Dasturlash strategiyalari va paradigmalarini tushunish
    : semiotik yondashuv talabalarga 
    protsessual, obyektiv yoki funksional dasturlash kabi turli xil dasturlash strategiyalari va paradigmalarini 
    tushunishga yordam beradi. Bu turli xil dasturlash paradigmalarida ishlatiladigan belgilar va ularni talqin 
    qilish, ularning o‗zaro bog‗liqligi va xususiyatlarini tushunishga yordam beradi. 
    Dasturlashni o‗rganishda semiotik yondashuvning muhim elementlari quyidagilardan iborat: 
    - ushbu yondashuv tilning ramziy tizimiga katta e‘tibor beradi. Talabalar dasturlash tilida 
    ishlatiladigan kalit so‗zlar, operatorlar va belgilarni tanib olish va tushunishni o‗rganadilar. 
    - semiotik yondashuv har bir belgining ma‘nosini tushunishga e‘tibor qaratadi. Talabalar kalit so‗zlar 
    va belgilarning ma‘nosini talqin qilishni va ularning bir-biri bilan qanday munosabatda bo‗lishini tushunishni 
    o‗rganadilar. 
    - ushbu yondashuv dasturlash tilining sintaktik qoidalarini o‗rgatishga qaratilgan. Talabalar sintaktik 
    konstruktsiyalardan to‗g‗ri foydalanish orqali to‗g‗ri iboralar va ko‗rsatmalar yaratish bo‗yicha o‗qitiladi. 
    - semiotik yondashuvning muhim elementi dasturlash tili bilan amaliy ishlashdir. Talabalar uning 
    ramziy tizimini yaxshiroq tushunish va bilimlarini amalda qo‗llash uchun dasturlash tildan faol 
    foydalanadilar. 
    Umuman olganda, dasturlashni o‗rganishda semiotik yondashuv dasturchilarga dasturlashning 
    mohiyatini yaxshiroq tushunishga va tavsiflashga, kompyuter va boshqa dasturchilar bilan aloqani 
    yaxshilashga va tushunarli kod yaratishga yordam beradi. Bu dasturchilarga nafaqat kompyuterni dasturlash, 
    balki belgilar va semantika tili orqali o‗zaro aloqada bo‗lish, yanada samarali va ifodali dasturiy ta‘minot 
    yaratish imkonini beradi. 
    Semiotik yondashuvning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba sinov ishlari amalga oshirildi. 
    Buxoro davlat universiteti 2-bosqich ―Amaliy matematika‖ ta‘lim yo‗nalishi talabalari tajriba va nazorat 
    guruhlariga bo‗lindi. ―Tkinter modulidan foydalanish‖ mavzulari bo‗yicha tajriba guruhida semiotik 
    yondashuv asosida, nazorat guruhida an‘anaviy darslar o‗tildi. Tajriba-sinovda jami 59 nafar respondent 
    ishtirok etdi. Ularning baho ko‗rsatgichi quyidagilarni tashkil qildi (1-jadval)

    Download 0,68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Munozara.  Amaliy maslalarni dasturlashda semiotik yondashuvdan quyidagilarda foydalanish mumkin:  - Otimal

    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish