• 2-rasm. Komponentlarni jadvalda joylashtirish
  • 3-rasm. Button komponentining turli configuratsiyaga ega ko„rinishi
  • -rasm. Word matn protsessorida jadval va label komponentining tasviri




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana07.08.2024
    Hajmi0,68 Mb.
    #269202
    1   2   3   4   5   6   7   8
    1-rasm. Word matn protsessorida jadval va label komponentining tasviri 
     
    1-rasmda jadval va uning ostida label komponenti yordamida hosil qilingan matnlar rasm ko‗rinishida 
    joylashtirilgan. Dastavval jadvalning harbir satri va ustuniga qanday murojaat qilish mumkinligi va har bir 
    yacheykaning manzili so‗rab olinadi. Shundan so‗ng har bir element joylashtirilganda yacheyka kattaligi 
    qanday o‗zgarishi ko‗rsatiladi. Buning uchun bu rasmlarni shunchaki jadval ichiga joylashtirish kerak. 
    Bunda yacheyka markaz bo‗yicha tekislanishi lozim. Bu usulda talaba component joylashtirilganda ustun 
    kengligi qanday o‗zgarishini aniq tasavvur qiladi. 
    2-rasm. Komponentlarni jadvalda joylashtirish 
    Ustun kengligi haqida tasavvur hosil qilinganidan keyin komponentni yacheykaning qaysi tomonida 
    o‗rnatilishini, ya‘ni sticky ning vazifasi 
    belgilar orqali tushuntiriladi. Natijada talabalar amaliy 
    mashg‗ulotda interfeysni hosil qilishga qiynalmaydi. 
    Tkinter moduli o‗qitilganda, eng avvalo oyna va uning xususiyatlari, Label, Button, Entry 
    komponentlari o‗rgatiladi. Ularning umumiy ishlash tamoyillari, xususiyati va o‗zaro bog‗liqligini tasvirlab 
    berishda bosh menyuning standart bo‗limida joylashgan kalkulyatordan foydalanish samarali hisoblanadi. 
    Bunda talabaga komponentning ko‗rinishi, uning xususiyatlari va komponentlar aro aloqaning mohiyatini 
    tushunish osonlashadi. 
    O‗tilgan mavzularni takrorlashda ham semiotika yondashuviga asoslanish lozim. Bunda o‗tilgan 
    mavzuda o‗rgatilgan komponentlar 3 xil ko‗rinishda namoyish qilinadi. Masalan quyidagi rasmlarning tugma 
    konfiguratsiyasini belgilang: 
    3-rasm. Button komponentining turli configuratsiyaga ega ko„rinishi 
    Talabalar ushbu komponent xususiyatlarini farqlab tegishli kodlarni yozishlari lozim. Bu kod 
    sintaksisi va tuzilishini tushunishda muhim bosqich hisoblanadi. Semiotik yondashuv talabalarga dasturlash 
    tilida qanday belgilar va buyruqlar ishlatilishini va ularning kod tuzilmalarida bir-biri bilan qanday 
    bog‗liqligini tushunishga yordam beradi. O‗qituvchi semiotik modellardan tilning qoidalari va 


    ―PEDAGOGIK MAHORAT‖ ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
    61 
    konstruktsiyalarini tushuntirish uchun foydalanishi mumkin, bu esa talabalarga materialni yaxshiroq 
    o‗zlashtirishga yordam beradi. Dasturlash ko‗pincha koddagi xatolarni topish va tuzatish bilan bog‗liq. 
    Semiotik yondashuv talabalarga xato sabablarini tushunishga, dasturning turli tarkibiy qismlarining o‗zaro 
    ta‘sirini tahlil qilishga va yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan sabablar va xatolarni tuzatishga yordam beradi. 

    Download 0,68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Word matn protsessorida jadval va label komponentining tasviri

    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish