|
Pedagogik texnikani shakllantirish uslublari va uning psixologik xususiyatlariBog'liq pedagogik-texnikani-shakllantirish-uslublari-va-uning-psixologik-xususiyatlariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
584
w
www.oriens.uz
June
2021
3. Ma’ruzadan talabalarda motiv hosil qilish va umumiy yо‘naltirish uchungina
foydalanish.
4. О‘quv axborotlarini bayon qilish uchun nashr etilgan о‘quv qо‘llanmalaridan
foydalanish.
5. О‘quv materialining bо‘limlarini о‘zlashtirganini aniqlashda yordamchi –
assistent (aspirant, a’lochi student) lar kuchidan foydalanish.
Pedagogik texnologiya metodining bu shaklida о‘qituvchi kursni bir necha
bо‘lim (modul)larga ajratadi, odatda ularning soni 15 – 20 ta bо‘ladi; ular darslikdagi
boblarga teng, mos bо‘lishi mumkin. Har bir talabaga qanday о‘qish uchun qо‘lanma
beriladi, unda bо‘lim (mavzu)ni о‘rganish maqsadi kо‘rsatilgan, о‘quv ishining
ma’lum shakllari tavsiya etilgan, nazorat va о‘z – о‘zini nazorat etish uchun savollar
majmui keltirilgan bо‘ladi. Ishlash tartibini о‘qish shaklini talabaning о‘zi tanlaydi.
О‘zlashtirilgan bо‘lim bо‘yicha imtihondan oldin har bir talabani yordamchi –
assistent о‘qituvchi ishlab chiqqan aniq talab – mezonlarga binoan “о‘tadi”,
“о‘tmaydi” shaklida sinovdan о‘tkazadi. Sinovdan о‘tmagan talaba yordamchining
tavsiyasiga binoan о‘quv materialini qо‘shimcha ishlab chiqadi. Sinovdan о‘tish
keyingi bо‘limni о‘rganish uchun о‘ziga xos ruxsatnoma hisoblanadi. Ma’ruzalar
soni juda kam (bir semestrda 6 tadan oshmaydi), ularga qatnashish majburiy emas.
Keller rejasi AQShdagi oliy о‘quv yurtlarida tabiiy – ilmiy fanlarni, shuningdek
ijtimoiy – gumanitar fanlarni о‘qitishda qо‘llaniladi. 70-80 yillarda pedagogik
eksperimentlar Keller rejasi an’aanviy ta’lim usuliga nisbatan samarali ekanligini
kо‘rsatadi.
Rossiya Federatsiyasida V.Guzeyev integral pedagogik texnologiya metodini
ishlab chiqdi, uning asosiy qismlari, umumlashgan holda quyidagilardan iborat:
1. Har bir ixtisosolik bо‘yicha ta’limning rejalashtirilgan natijalari kо‘p darajali
diagnostik va amallar bо‘yicha bajariladigan о‘quv vazifalari shaklida taqdim etiladi.
2. Ta’lim jarayonining yirik tuzilmasi darslar bloki shaklida birlashtirilib, ta’lim
mazmunining katta birligini tashkil etadi.
3. Jamoaviy о‘qitishni guruh faoliyatining monitoringi asosida tashkil etiladi:
ta’limning har bir qadami oldingisining natijasiga binoan rejalashtiriladi.
4. Ta’lim jarayonini boshqarish va о‘qitish kompyuterlarda amalga oshiriladi.
Yuqorida bayon etilgan ta’limga texnologik yondashuvning shakl va
kо‘rinishlari xilma – xilligidan dalolat beradi. Rossiya Federatsiyasida “Shkolniye
texnologii” nomli yangi pedagogik jurnal ham chiqarilmoqda. О‘zbekiston
Respublikasida ham pedagogik texnologiya sohasida chet el tajribalarini о‘rganish,
|
| |