|
Pedagogik texnikani shakllantirish uslublari va uning psixologik xususiyatlariBog'liq pedagogik-texnikani-shakllantirish-uslublari-va-uning-psixologik-xususiyatlariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
583
w
www.oriens.uz
June
2021
Amerikalik olimlar: R.Ganye va L.Briggslar pedagogik texnologiya usulida dars
о‘tishning quyidagi shaklini taklif etganlar. Dars о‘tishning bu usuli xususiy о‘quv
maqsadlariga erishishga hamda fikrlash (tafakkur)ning maxsuldorligi darajasini
rag‘batlantirishga qaratilgan:
1. О‘quvchilar diqqatini jamlash.
2. Talabalarga dars maqsadini yetkazish.
3. Kerakli bilimlarni esda qoldirish va kо‘nikmalarni egallash zarurligini
uqdirish.
4. О‘quvchida qiziqish uyg‘otib, harakat qilishga undaydigan о‘quv
materiallarni taqdim etish.
5. О‘quvchilarning javob xarakatlarini ma’qullab rag‘batlantirish.
6. Talaba о‘zlashtirganidan xabardor bо‘lib borish.
7. Talabaning fikrlash (tafakkur) faoliyatini boshqarish, bilim va malakalarni
mustahkamlashni rag‘batlantirib borish.
8. Talabalarning harakatlarini baholash.
Ingliz olimi A.Romishevskiy pedagogik texnologiya metodining quyidagi
variantlarini tavsiya etadi:
1. Kerakli bilimlarnigina yetkazish.
2.Dastlabki reproduktiv darajada kо‘nikmalarni shakllantirish.
3. Bola bajaradigan ish – harakatini yaxlit holda va qismlari bо‘yicha namoyish
etish.
4. Malaka hosil qilishni soddalashtirish (topshiriqni qismlarga ajratib bajarish).
5. Talaba mustaqil bajarayotganidan doimiy xabardor bо‘lib, maqullab, uni
rag‘batlantirib borish.
6. Maxsuldor, tadqiqiy bosqichga о‘tish.
7. Xilma – xil muammoli vaziyatlarni tashkil etish – nostandart vazifalarni
bajarish.
8. о‘quvchi о‘z faoliyatini tahlil etib, о‘qituvchi (guruh) bilan qanday
bajarganini muxokama etib borish.
Amerikalik olim F.S.Keller oliy о‘quv yurtlari uchun pedagogik texnologiya
usulining individuallashtirilgan tizimini ishlab chiqdi.
Keller rejasining muhim belgilari quyidagilar:
1. О‘quv materiali mazmunini (oldin о‘tilgan bо‘limning mazmunini ham)
talaba tо‘liq о‘zlashtirib olishga erishish.
2. Har bir talaba о‘z о‘zlashtirish tezligiga binoan alohida ishlashi.
|
| |