Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

FAN VA TA’LIM FIDOYILARI 


PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
139 
ko‘rsatdi. Shu bilan birga o‘z faoliyatida e’tiborini o‘quv adabiyotlar yaratishga 
qaratdi.
1988-yili professor Sh. K. Murodov, P. Adilov, L. Hakimov, A. Shomurodov 
va M. Jumayevlar hammuallifligida tayyorlangan “Chizma geometriya kursi” 
darsligi chop etildi. Darslikning “Perspektiva”, “Soyalar nazariyasi”, “Egri 
chiziqlar”, “Qo‘shimcha proyeksiyalash” bo‘limlarini P. Adilov yozgan edi. Bu 
darslik Markaziy Osiyodagi mutaxassis olimlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
P. Adilov 1985-1991-yillarda tasviriy san’at va chizmachilikni o‘qitish 
metodikasi kafedrasi mudiri bo‘lib ishladi. 1991-yildan boshlab, chizma 
geometriya va chizmachilik kafedrasiga mudir etib saylandi. 1997-yili qabul 
qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
belgilab berilgan vazifalarni bajarishda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha Respublika 
olimlari bilan birga tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishining 
o‘quv rejalarini, chizma geometriya va chizmachilik fanlarining fan va ishchi 
dasturlarini tayyorlashda katta xizmat qildi.
Po‘lat aka mustaqillikning dastlabki yillarida yangi avlod adabiyotlarini 
yaratish ishida faol qatnashdi. Dastlab har bir fandan ma’ruza matnlari 
tayyorlash ishlari boshlandi. Bu ishlarda P. Adilov kafedra mudiri sifatida 
“Chizma geometriya”, “Perspektiva” fanlaridan ma’ruza matnlarini yakka muallif 
sifatida tayyorladi, shuningdek, kafedra jamoasini birlashtirgan holda, 
“Chizmachilik” fanidan ma’ruza matnini tayyorlashga boshchilik qildi.
P. Adilov “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishining har ikkala 
bosqichi: bakalavriat va magistratura ta’limida yangilangan ta’lim mazmuni 
bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish bilan birga, magistratura mutaxassisliklari uchun 
o‘quv-me’yoriy hujjatlar va o‘quv-metodik ta’minotni sifatli tayyorlash ishida 
ham faol ishtirok etdi. Yigirma yil davomida o‘nlab magistrlarning 
dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qildi va hozirda bu mutaxassislar 
Respublikamizning turli oliy o‘quv yurtlarida chizma geometriya, chizmachilik, 
muhandislik va kompyuter grafikasi fanlaridan dars berib kelmoqdalar. 
P. Adilov nafaqat oliy ta’lim talabalari uchun, balki umumiy o‘rta ta’lim 
maktabi o‘quvchilariga mo‘ljallangan darsliklar ham yozgan. 2003-yili P. Adilov,
I. Rahmonov, N. Hurboyevlar hammuallifligida 8- va 9-sinflar uchun 
“Chizmachilik” darsliklari chop etildi, shuningdek, ko‘p yillar davomida P. Adilov 



Download 2,8 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish