PEDAGOGIKA
2017, 6-son
138
MEHRIBON USTOZ VA SAMIMIY INSON
Adilov Po‘lat Adilovich 1938-yil 2-yanvarda
Toshkent shahrida Qoratosh mahallasida dunyoga
kelgan va yoshlik yillari Nazarbekda o‘tgan.
Po‘lat aka Nazarbekdagi 7 yillik maktabni 6 yilda
tamomlagan, chunki u a’lochi bo‘lganligi bois 3-sinfdan
to‘g‘ri 5-sinfga ko‘chirilgan. Po‘lat Adilov o‘qigan
maktabda taqdirning taqozosi bilan juda kuchli o‘qituvchilar
to‘plangan edi. U o‘z ustozlarini: “Ular shunday dars berishar ediki, adabiyot
darsida adabiyotchi, tarix darsida tarixchi, matematika darsida matematik, fizika
darsida esa fizik bo‘lishni orzu qilib qolar edik. Ular o‘z fanlarinining fidoyilari
edi”, – deb eslaydi.
Po‘lat Adilov 1955-yili maktabni bitirib, rasm chizishga qiziqqanligi sababli
Beshyog‘ochdagi Benkov nomidagi rassomlar maktabining “Amaliy san’at”
bo‘limiga o‘qishga kiradi, lekin uni ayrim sabablarga ko‘ra davom ettira olmaydi.
Biroz muddat jamoa xo‘jaligida ishlaydi va shu davrda quruvchilar tayyorlaydigan
kursga kirib o‘qiydi.
Po‘lat Adilov 1958-yili Nizomiy nomidagi TDPIning badiiy grafika
mutaxassisligiga
o‘qishga
kiradi,
1962-yili
institutni
bitirib,
dotsent
Y. Qirg‘izboyev va kafedra mudiri A. Tojiboyevlarning tavsiyasi bilan chizma
geometriya va chizmachilik kafedrasiga o‘qituvchi qilib ishga qabul qilinadi.
Po‘lat Adilov 1970-1972-yillari Kiyev shahridagi Qurilish muhandislari
institutida stajor-tadqiqotchi bo‘lib, 1972-yili shu institut aspiranturasiga
o‘qishga kiradi.
Po‘lat Adilov 1975-yilda texnika fanlari doktori, professor Mixaylenko
Vsevolod Yevdokimovichning ilmiy rahbarligida “Yuqori tartibli algebrik
chiziqlarni nomogramm-koordinat usulida yasash va ularning o‘rta qobiq
sirtlarini konstruksiyalashdagi tatbiqi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini
yoqladi.
1975-yilda Nizomiy nomidagi TDPIga qaytib, chizma geometriya va
chizmachilik kafedrasida katta o‘qtituvchi lavozimida ishlay boshladi. P. Adilov
1975-1985-yillarda dekan muovini, kafedra dotsenti lavozimlarida faoliyat