PEDAGOGIKA
2017, 6-son
134
nazm va mutanosiblik bilan bezalgan bо‘lsa, u qalbga kuchliroq ta’sir qiladi”
1
. Ibn
Sino “Tib qonunlari” asarida bolalikdan boshlab musiqiy
hissiyotlarni tarkib
toptirish zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning musiqiy-nazariy merosi о‘sha davrda
yaratilgan musiqa ilmi tizimidagi eng mukammal talqinlardan iborat bо‘lib,
ushbu asarlarda milliy musiqiy ohanglarning
tarbiyaviy ahamiyatiga,
yо‘naltiruvchi kuchiga yuksak baho berilgan.
XI asrda yozilgan noma’lum muallifning “Risolatun fis-simo‘” asarida
musiqaning psixologik va estetik-tarbiyaviy ahamiyatiga oid kо‘pgina
ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, unda: “Yoqimli ovoz yuksak ta’sir kuchiga ega
bо‘lib, uni eshitish bilan inson qalbi ichki alamlardan xoli bо‘ladi.
Kishi har
qanday qiyinchilikni, hatto ochlik, tashnalikni esidan chiqaradi. Musiqaning ta’sir
kuchini shundan bilsa bо‘ladi. Yig‘lab turgan bola onaning allasini eshitib
tinchlanadi va uxlab qoladi”, ‒
deyiladi
2
. Asarda musiqiy tasavvurlar
shakllanishining tarbiyaviy xususiyatlari
haqida mulohaza yuritilib, chaqaloqlik
davridan boshlab milliy ohanglarni ular ongiga
singdirib borish lozimligi
tо‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
Faxriddin ar-Roziy “Ilmlar xazinasi” nomli qomusiy asarida musiqaning
ilmiy-nazariy, amaliy va psixologik xususiyatlari yuzasidan kо‘pgina ma’lumotlar
keltiradi. Muallif xalq musiqasining tinglovchiga ruhiy-hissiy ta’siri,
musiqiy
tovushlarning о‘ziga xos
ohanglar obrazlari orqali turli tasavvurlarni hosil qilishi
haqida gapirib: “Musiqiy tovushlar quvnoq kayfiyatni hosil qilsa, past va baland
tonlar mutanosibligidandir. Agar g‘amginlik uyg‘otsa, baland tovushlarning past
tonlar bilan qо‘shilishidandir. Qahr, g‘azab va fikrni past tovushlar,
sezgilar,
emotsional harakatlarni baland tovushlar ifodalaydi”, – deb tasvirlaydi
3
.
Xalq musiqa ohanglarining emotsional ta’sir xususiyatlarini chuqur
psixologik tahlil qilish о‘sha davr musiqasi samarali
tarbiya vositasi sifatida
foydalanilganligidan dalolat beradi.
О‘tmish olimlarining musiqiy shakl va uslublar haqidagi risolalarida (X-XIII
asrlar) kuy va ashula yо‘llarini “alhon” deb ataganlar hamda hissiy,
ijtimoiy-
psixologik ta’sir xususiyatlariga karab ularni bir necha turga bо‘lganlar.
1