PEDAGOGIKA
2017, 6-son
135
Abdurahmon Jomiy “Musiqa haqida risola”sida musiqaning insonga ruhiy-
hissiy ta’sirini quyidagicha izohlaydi. “Shunday bо‘ladiki,
- deb yozadi alloma, -
dilning qayg‘u yoki quvonch, ma’yuslik
yoki umid, tushkunlik yoki kо‘tarinkilik
kabi eng maxfiy holatlaridan biri tovushni о‘z rangiga о‘ragan holda unga ta’sir
etadi. Shu tufayli tinglovchi bu maxfiy holatdan ogoh bо‘ladi va undan alohida
lazzat oladi”
1
. Aksincha, musiqadan lazzat topmaslik, inson ruhining huzurbaxsh
kayfiyatga burkanmasligi, uning ruhiy olami jismoniy nafsoniyat darajasida qolib
ketganligidan, ma’naviy barkamollik sari qadam tashlamaganidan darak beradi.
Kо‘rinadiki, allomalar xalq musiqa asarlarining
tinglovchilarga emotsional-
psixologik ta’sir imkoniyatlarini hamda ijtimoiy-psixologik omillar sifatida
tinglovchilarning qiziqishi va ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda ularda musiqiy
tasavvurlar shakllanishini e’tirof etadilar.
Alisher Navoiyning bastakorlik ijodi haqida yirik adabiyotshunos va musiqa
ilmi bilimdoni Abdurauf Fitrat о‘zining “О‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi”
risolasida “Qari navo” yoki “Qari Navoiy” kuyi Navoiy tomonidan
bastalanganligini ta’kidlaydi. Navoiy g‘azallari chuqur falsafiy mazmuni va yuksak
badiiyligi
bilan birga, о‘ta ohangdorlik va musiqiylik xususiyatiga ham egadir"
2
.
Uning musiqa san’atiga yuksak ijtimoiy va tarbiyaviy baho berganligi shunda
kо‘rinadiki, alloma о‘zi hokimlik qilgan muzofotlarda maxsus ta’lim muassasalari
tashkil qilib san’atga, adabiyotga, musavvirlikka moyilligi bо‘lgan yoshlarni tanlab
olib, ular bilan maxsus mashg‘ulotlar olib borishni yо‘lga qо‘ygan.
Ayniqsa, muallif maqom musiqasining tinglovchiga
emotsional-psixologik
ta’siri borasida fikr yuritib, kommunikativ hamda
tarbiyaviy imkoniyatlariga
yuksak baho beradi.
Musiqiy tasavvurlarning imkoniyatlari haqida mulohaza yuritgan Shayx
Sa’diy yoqimli kuylarni eshitish insonni jaholatdan
qutqarishi va uning insoniy
hissini kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlagan
3
.
XV asrda yashab, ijod etgan Muhammad Nishopuriy о‘zining “Musiqa ilmi
haqida kitob” asarida cholg‘u kuylari va qо‘shiq ijrochiligida “tinglovchi-ijrochi”
munosabatlari, musiqiy tovushlarning nazariy jihatdan talqini,
xalq musiqa
ohanglarini tinglashdan hosil bо‘ladigan musiqiy tasavvurlar hamda maqom
1