• PEDAGOGIKA 2017, 6-son 133
  • Bahriyev Ahmad Rahmatovich




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/136
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,8 Mb.
    #149178
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   136
    Bog'liq
    4979 197 2017. 6-son

    Bahriyev Ahmad Rahmatovich, О‘zDK musiqiy pedagogika kafedrasi dotsenti, psixologiya 
    fanlari nomzodi. E-mail: 
    arbahriyev@umail.uz
     

    A. Bahriyev
    *
     
    SAN’AT VA JISMONIY MADANIYAT TA’LIMI 


    PEDAGOGIKA 
    2017, 6-son
     
     
    133 
    Musiqa ta’limida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining qarashlari o‘rganiladi, 
    ya’ni musiqa tarixida ularning qarashlariga keng to‘xtalinadi. 
    Ma’lumki, musiqaning jozibasi inson ruhiyatining tarkibiy qismi 
    hisoblanadi. Musiqiy tasavvurlar shakllanishi iyerarxiyasida musiqa yangrashi 
    hamisha tashqi omil sifatida kechadi va shaxsda adekvat emotsional-psixik 
    holatlarni hosil qilish natijasida mazmunli axborotga aylanadi, biroq yaratilgan 
    musiqiy asar moddiy borliq emas, balki muallifning tinglovchi bilan о‘ziga xos 
    ijtimoiy muloqoti, uning fikri va hissiyotlariga ta’sir etishning о‘ziga xos psixologik 
    usulidir. 
    Musiqiy tasavvurlar fenomeni borasida о‘tmish allomalarimiz ulkan ilmiy 
    meros qoldirishgan. Ayniqsa, musiqa tinglash orqali unda ifodalangan mazmunni 
    adekvat anglash, xalq musiqasi yuzasidan ma’lum ijobiy tasavvurlar 
    shakllanishining psixologik xususiyatlari Forobiyning “Musiqaga doir katta kitob”, 
    “Musiqa usullari haqida kitob”, Ibn Sinoning “Donishnoma”, “Musiqa ilmi haqida 
    risola” va boshqa asarlarida, Faxriddin ar-Roziyning “Ilmlar xazinasi” qomusida, 
    Urmaviyning “Davrlar kitobi”, Al-Husayniyning “Musiqa ilmi va amaliyoti 
    qonunlari”, Kavkabiy Buxoriyning “Musiqa haqida risola”, Jomiyning “Musiqa 
    haqida risola”, Abdulhaq Dehlaviyning “Eshitish masalasi tahqiqoti” va boshqa 
    ilmiy asarlarda tahlil qilingan. 
    Forobiy milliy cholg‘u sozlarining psixologik ta’sir imkoniyatlari va tinglash 
    orqali shaxsda shakllanib boradigan musiqiy tasavvurlarga yuksak baho beradi 
    hamda ularni qо‘llash bо‘yicha о‘z fikrlarini bayon qiladi: “Janglarga 
    mо‘ljallangan cholg‘u sozlari mavjud, ularning ovozi baland va keskin. Ziyofat va 
    raqslar uchun, tо‘y va quvnoq yig‘ilishlar uchun, muhabbat qо‘shiqlari uchun 
    ham maxsus cholg‘ular bor. Ayrimlarining tovushi keskin va hazin bо‘ladi, bir sо‘z 
    bilan aytganda, ular shunchalik kо‘p, shunchalik xilma-xilki, hammasini sanab 
    о‘tish qiyin”
    1

    Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino о‘zining ilmiy asarlarida musiqaga, 
    uning ruhiy-hissiy ta’siri orqali insonlarda musiqiy tasavvurlar shakllanishi 
    masalasiga keng tо‘xtaladi. U musiqani, avvalo, insonlar о‘rtasidagi aloqa vositasi 
    deb tushunadi. Fikr va tuyg‘ularni izhor etishda nutqni birlamchi, mutanosib 
    kuylashni esa undan ham mukammalroq bosqich sifatida baholaydi: “Agar kuy 
    1

    Download 2,8 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   136




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish