|
Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrirBog'liq 4979 197 2017. 6-sonPEDAGOGIKA
2017, 6-son
141
Bundan tashqari, Po‘lat Adilovning “Slayd kadrlaridan foydalanish bo‘yicha
metodik ko‘rsatmalar” (metodik qo‘llanma. Toshkent,1981), “Perspektivada
pozitsion va metrik masalalarni yеchish usullari” (metodik qo‘llanma. Toshkent,
TDPU, 1999), “Chizma geometriyadan ta’limiy testlar” (metodik qo‘llanma.
Nukus, 2000) “Инженерная графика” (metodik qo‘llanma. Chimkent, 2008)
“Perspektivali proyeksiyalar” (metodik qo‘llanma. Chimkent, 2009) kabi o‘quv
adabiyotlari chop etilgan.
Hozirgi kunda rus tilida “Начертательная геометрия” darsligi chop etish
uchun nashrga tayyorlandi.
Po‘lat Adilov nafaqat olim, balki ustoz va inson sifatida ham barcha
hamkasblari, yor-birodarlari orasida katta hurmat-e’tiborga ega. U samimiy,
dilkash suhbatdosh, keng mushohada yuritadigan va o‘z maslahatlarini darig‘
tutmaydigan, har qanday davraga fayz olib kiradigan, nutqi juda ko‘plab maqol,
matal, tarixiy voqealar va latifalarga boy insondir.
P. Adilovning oilaviy hayot yo‘liga ham havas bilan qarasak arziydi. Bir o‘g‘il
va ikki qizning mehribon otasi, rafiqasiga sadoqatli umr yo‘ldosh. Farzandlarining
ikki nafari matematika va fizika fanlaridan dars beradi, bir qizi harbiy shifokor
kasbida faoliyat olib boradi.
2018-yilning dastlabki kunlarida mehribon ustoz Po‘lat Adilov muborak 80
yoshni qarshilaydi. U hozirda ham bardam, ijodda faol, tinib-tinchimaydi. Uning
tajribalaridan universitetimiz qoshidagi “Qayta tayyorlash va malaka oshirish”
kursi ham foydalanib kelmoqda. Biz, shogirdlari va hamkasblari, Po‘lat akani
tabarruk yoshlari bilan chin dildan tabriklaymiz, unga uzoq umr, mustahkam
sog‘lik, farzandlar va shogirdlar quvonchini ko‘rib yurishini tilaymiz.
Ashirboyev A. O., Valiyev A. N., Gulomova N. X. (TDPU)
|
| |