Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
137 
“Zangula” maqomlari, “Gavasht” va “Shahnoz” ovozlari, “Hisor”, “Humoyun”, 
“Mubarqa’”, “Raqb”, “Sabo”, “Bastayi Nigor”, “Navrо‘zi arab”, “Rо‘yi Iroq” 
shо‘balari g‘amginlik, ruhiy horg‘inlik, alamni ifoda etadi. Maqomlardan “Hijoz”, 
“Husayniy”, ovozlardan “Moya”, “Salmak”, shо‘balardan “Nuhuft”, “Navrо‘zi 
Bayotiy”, “Dugoh”, “Uzzol”, “Avj”, “Javziy”, “Nayrez” kabilar eshituvchida ham 
quvonch, ham qayg‘u kayfiyatini qо‘zg‘atadi
1

Maqomlar 
musiqasining 
ushbu 
ruhiy-hissiy 
va 
ijtimoiy-estetik 
xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan holda, allomalar asarlarini aynan 
tinglovchilarning psixik holatlariga mos holda tanlashga, shuningdek, adekvat 
tasavvurlar hosil qilish orqali insonlarning emotsional holatlarini yо‘naltirib, 
shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy uyg‘unlikni, hamjihatlikni qaror toptirishga 
harakat qilganlar. 
Ayniqsa, xalq musiqa asarlarining insonlarda Vatanparvarlik, mehr-oqibat, 
iymon-e’tiqod kabi ijtimoiy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirishdagi muhim rolini 
chuqur his etgan holda musiqiy ta’sirga katta ahamiyat berganlar. 
XX asr о‘zbek adabiyotining yirik vakili Abdulla Qodiriy mohir ijodkor 
sifatida san’atning, xususan, musiqaning inson ruhiyati, irodasi va kayfiyatiga 
kо‘rsatadigan emotsional-psixologik ta’siri va uning yordamida hosil bо‘ladigan 
musiqiy tasavvurlar qudratini “О‘tkan kunlar” romanida aks ettirib, yozuvchi 
milliy musiqiy ohanglar, cholg‘u sozlaridan taraladigan tovushlarni idrok etish 
natijasida shakllanadigan musiqiy tasavvurlar ulkan hissiy qudratga ega 
ekanligini, emotsional-psixologik va ijtimoiy-estetik ta’sir kuchini yorqin, 
betakror tasvirlay olgan. 
Muxtasar qilib aytganda, sharqning buyuk mutafakkirlari, qomusiy olimlari 
va musiqa ilmi bilimdonlarining yuqorida qayd etilgan barcha ilmiy fikr-
mulohazalari shaxs tarbiyasi, kamoloti, uning milliy-ma’naviy о‘zligini anglashida, 
ayniqsa, musiqiy tasavvurlarni shakllantirish orqali yoshlarda xalq musiqasiga 
nisbatan о‘ziga xos faol ijobiy munosabatlarni tarkib toptiradi.

Download 2,8 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish