PEDAGOGIKA
2017, 6-son
136
musiqasining inson ruhiyatini tinchlantiruvchi, muvozanatga keltiruvchi,
yо‘naltiruvchi psixologik xususiyatlari borasida qimmatli fikrlarni ilgari surgan
1
.
XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyo hududlarida
musiqa ilmi va amaliyotiga
bag‘ishlangan Boqiy Noiniyning “Zamzamai vahdat”, G‘iyosiddin Rampurining
“Musiqa haqidagi lug‘at”i, Vojid Alixonning “Matla’ al-ulum va majma’ al-funun”
risolalari yaratildi. Mavlono Najmiddin Gavhariy Kavkabiy Buxoriyning “Musiqa
haqida risola” va “О‘n ikki maqom haqida risola” asarlarida xalq musiqasi orqali
insonlarni kamol toptirish, ayniqsa, maqomlar va ularning emotsional-psixologik
ta’sir imkoniyatlari, turli kayfiyat va xarakterdagi
musiqa asarlarini tinglash
natijasida tinglovchida vujudga keladigan musiqiy tasavvurlar, tinglovchi bilan
ijrochi munosabatlari haqida qimmatli fikrlarni keltiradi.
Bundan
tashqari, Kavkabiy о‘z asarlarida Xо‘ja Hasan Nisoriyning
“Muzakkir ul-ahbob”, Darvishali Changiy Buxoriyning “Tuhfat us-surur” yoki
“Risolai musiqi”, Sommirzo Safaviyning “Tuhfai Somi”, Xо‘ja Sayfiddin
G‘aznaviyning “Risola dar bayoni duvozdah maqom”,
Muhammad Yazdiyning
“Risola dar usuli musiqi”, Alirizo Koiniy Birjandiyning “Odobi ovozho va zikrho”,
Amirxon Kavkabiy Gurjiyning “Risolai musiqi”, Xojakalon Xurosoniyning “Risolai
musiqi”, bundan tashqari noma’lum muallifning “Manzuma dar musiqi”, “Risola
dar usuli ilmi musiqi”, “Ta’limi nag‘amot va bayoni darji shо‘bavu maqomot”
singari kо‘pgina mualliflar va ularning asarlari tahlilini keltiradi.
Mazkur asarlarda musiqa orqali inson ruhiyatida kechadigan ijobiy
о‘zgarishlar, iyerarxik tarzda tarkib topadigan ijtimoiy-estetik tasavvurlar,
shuningdek, shaxslararo munosabat subyektlari sifatidagi
ijrochi va tinglovchi
munosabatlari mualliflarning diqqat markazida turgan.
Musiqashunos I. Rajabovning ta’kidlashicha, maqomlarning kishi ruhiyatiga
ijobiy ta’sir etish xususiyatini al-Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Abdulmо‘min, ash-
Sheroziy, Jomiy va keyingi davr (XVI-XVII asr)larda
yashagan musiqa olimlari
qayta-qayta uqtirib о‘tganlar. Masalan, “Ushshoq”, “Buslik”, “Navo maqomlari
va Mohur”, “Nihovand” shо‘balari shaxsga shijoat va jasorat bag‘ishlaydi. “Rost”,
“Iroq”, “Isfahon” maqomlari va ovozlaridan “Navrо‘z”, “Gardoniyya”,
shо‘balardan Panjgoh va Zovuliy nozik, yoqimli maqom yо‘llari
hisoblanib, ular
insonga xushchaqchaq kayfiyat bag‘ishlaydi. “Buzurg”, “Zirafkand”, “Rahoviy”,
1
Кавкабий Н. Рисолаи мусиқи: Рисола дар баёни Дувоздаҳмақом // Тавҳезот ба қалами
А. Ражабов. ‒ Душанбе: Ирфон, 1985. ‒ Б. 87.