• Парпиев А., Марахимов А., Ҳамдамов Р., Бегимкулов У., Бекмурадов М., Тайлоқов Н.
  • PEDAGOGIKA 2017, 6-son 90
  • Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/136
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,8 Mb.
    #149178
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   136
    Bog'liq
    4979 197 2017. 6-son

    Бегимкулов У. Ш. Олий педагогик таълим тизимига замонавий ахборот ва коммуникация 
    технологияларини жорий этишнинг илмий-педагогик асослари: пед. фан. док. ... дисс.
    – Тошкент: ТДПУ, 2007. – Б. 250. 
    3
    Парпиев А., Марахимов А., Ҳамдамов Р., Бегимкулов У., Бекмурадов М., Тайлоқов Н. 
    Янги ахборот технологиялари. ‒ Тошкент: ЎзМЭ Дaвлат илмий нашриёти, 2008.‒ Б. 118.


    PEDAGOGIKA 
    2017, 6-son
     
     
    90 
    ­ maqsadga yо‘naltirilganlik tamoyili. Portal ta’lim resurslarini taqdim 
    etadi va respublikadagi ta’lim muassasalari, ta’lim xizmatlari buyurtmachilari
    ta’limni boshqarish organlari uchun axborot-ta’lim manbayi bо‘lib xizmat qiladi; 
    ­ integratsiya tamoyili. Portalda ta’lim muassasalarining integrallashgan 
    axborot-ta’lim resurslari yagona manzilda joylashtiriladi, shuningdek, ta’lim 
    muassasalari resurslariga alohida murojaat yо‘li ham maxsus tarzda kо‘rsatiladi;
    ­ tо‘laqonlilik tamoyili. Soha bо‘yicha о‘quv-me’yoriy, metodik hujjatlar, 
    ilmiy faoliyat, tarbiyaviy faoliyat, bitiruvchilar bazasining portalda taqdim etilishi 
    uning tо‘laqonligini ta’minlaydi; 
    ­ yaxlitlik tamoyili. Portal markazlashtirilgan boshqaruv orqali axborot-
    ta’lim resurslarini taqdim etadi va portalning resurslarini rivojlantirish, ta’lim 
    muassasalarining resurslarini tahrirlash va joylashtirish yagona tizim asosida 
    amalga oshiriladi; 
    ­ ochiqlik tamoyili. Ta’lim muassasalarining portali ta’lim sohasi bо‘yicha 
    ma’lumotlarni ochiq taqdim etish tizimini yaratadi, shu jumladan, pedagogik 
    axborot-ta’lim resurslarining ochiqligini ta’minlaydi. 
    Bizningcha, 
    portal 
    texnologiyalariga 
    asoslangan 
    axborot-metodik 
    ta’minotni yaratish tamoyillarini yuqоrida ko‘rsatilgan maqsadga yo‘nalganlik, 
    integratsiya, to‘laqonlik, yaxlitlik, ochiqlik tamoyillari bilan birga yana 
    quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
    ­ kо‘rgazmalilik tamoyili. Portal metodik ta’minotida berilayotgan о‘quv-
    ilmiy resurslar matn va vizuallashtirilgan materiallarning ma’lum nisbatini 
    saqlagan holda, illustratsiyalar va kadrlar jamlanmasidan iborat bо‘lishi mumkin; 
    ­ erkin boshqarish tamoyili. Talabalar kompyuter ekranidagi kadrlarning 
    almashishini mustaqil boshqarish, zarur materiallarni istalgan marta ekranga 
    chiqarish va nazorat topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini mustaqil sinash 
    imkoniyatlariga ega bо‘ladilar; 
    ­ moslashuvchanlik tamoyili. Portal о‘quv-ilmiy resurslarining о‘quv 
    jarayonida ma’lum bir foydalanuvchining ehtiyojiga moslanishini ta’minlaydi, 
    о‘rganilayotgan materialning murakkabligini, uning amaliy yо‘naltirilganligini 
    о‘zgartirish, foydalanuvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qо‘shimcha illustrativ 
    materiallarni shakllantirish imkoniyatlariga ega; 
    ­ kompyuter kо‘magi tamoyili. Har bir talaba istalgan vaqtda о‘quv 
    materiallarining mohiyatiga qarab kompyuter kо‘magiga ega bо‘lishi mumkin. 



    Download 2,8 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   136




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish