PEDAGOGIKA
2017, 6-son
88
hayotga keng joriy qilishga erishilmoqda. Jumladan,
bozor iqtisodiyotining
ijtimoiy yо‘naltirilgan, kо‘p tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish
orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish
maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bir qancha farmonlar
va hukumat qarorlari qabul qilinib, amalda tatbiq qilinmoqda.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanayotgan
bir paytda eng
asosiy e’tibor ta’lim jarayoni boshqaruvini tizimli olib borishga qaratilmoqda. Bu,
albatta, ta’lim jarayonini sifatli boshqarish hamda avtomatlashtirish uchun
boshqaruv elementlari va texnologiyalarini loyihalashning ayrim jihatlarini qayta
kо‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi. Jumladan, ta’lim
muassasalari
xodimlarining elektron tizimi, hujjat aylanishining avtomatlashgan tizimi,
kontrakt tо‘lovlarini hisoblash tizimi, ta’lim jarayonining elektron о‘quv-metodik
ta’minoti, elektron jurnal hamda talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
yagona
nuqtaga
birlashtirish
va
portal
texnologiyalariga
asoslangan
ta’lim
jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini yaratish dolzarb masalalardan
biridir.
Kompyuterlarning ijtimoiy hayot va ishlab chiqarishning turli sohalarida
keng qо‘llanilishi kо‘pchilik mutaxassislarning fikrlash tarzini jiddiy о‘zgartirdi.
Mutaxassislar ta’limni kompyuterlashtirish muammosining о‘ta dolzarbligini har
qachongidan ham aniqroq his qila boshladilar.
Boshqacha aytganda, har bir
mutaxassis axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va usullari
yordamida axborot manbalariga ega bо‘lish,
ularni topish, о‘zining kasbiy
faoliyatida samarali foydalanish, ularga murojaat qilishni о‘rganishi kerak.
Amaliyotda о‘qitish dasturlari yetarli emas, ta’lim
tizimining yagona
axborot-metodik ta’minotini yaratishga mutaxassis olimlar keng jalb qilinmagan,
dastur vositalari va ulardan foydalanish texnologiyalari bо‘yicha tavsiyalar kam,
axborot-metodik ta’minotni yaratish texnologiyasi pedagogik, metodik,
psixologik jihatdan mukammal tadqiq qilinmagan va ilmiy asoslanmagan.
Shunday ekan, ta’limni axborotlashtirishga e’tiborni kuchaytirish va uni zamon
talabiga javob bera oladigan yagona ta’lim muhitini yaratish vaqti yetib keldi.
Ta’lim jarayonining portal texnologiyalarga
asoslangan axborot-metodik