PEDAGOGIKA
2017, 6-son
85
Ixtiyoriy saytni yaratishdan oldin “U nimaga kerak?”
degan savolni
ko‘ndalang qo‘yish kerak. Internetda ko‘pgina saytlar mavjud, ularning
ko‘pchiligi qanday maqsadni ko‘zlab yaratilganligini tushunish qiyin.
Har bir
harakatni amalga oshirish negizida aniq bir maqsad yotadi. Ishni boshlashdan
oldin aniq bir maqsadni qo‘yish va uni amalga oshirish uchun vazifalar ishlab
chiqiladi
1
. Masalan, sayt maqsadi – axborotlarni ma’lumotnoma ko‘rinishida
saqlash xarakteridagi yoki ixtiyoriy bir mavzu bo‘yicha barcha o‘quv materiallari
jamlanmasini yaratish bo‘lishi mumkin. Maqsad va vazifalarni aniqlab olgandan
keyingi bosqich uning mazmunini to‘ldirish, qanday bo‘lishini aniqlashdir. Agar
ma’lumotnoma ko‘rinishidagi saytni yaratmoqchi bo‘lsak,
unda uning mazmuni
ensiklopedik turdagi lug`atga o‘xshab ketadi. Agar darslik yoki o‘quv qo‘llanma
yaratmoqchi bo‘lsak, kerakli ma’lumotlarni to‘plab bo‘lgandan keyingi bosqichda
u elektron ko‘rinishga olib kelinadi. Bajarishning oddiy usuli ‒ kalit
tushunchalarni ajratib olish va keyin ular orasida bog`liqlikni o‘rnatish. Masalan,
Nyuton qonunlari haqida sayt yaratsak, u holda kalit so‘zlar kuch, massa,
tezlanish va hokazolar bo‘lishi mumkin. Ularni esa aniq bir ifodalar bog`lab
turadi. Bir jihatdan u muayyan mavzuni o‘qitish rejasini tuzishga o‘xshaydi. Shu
bilan birga, o‘qituvchi o‘zi uchun muhim bo‘lgan pedagogik loyihalash bilan ham
shug`ullanadi.
Saytdan foydalanishdan kutiladigan natijalarni aniqlab olish kerak.
O‘quvchilar nima oladi? Qanday vosita sifatida saytdan foydalaniladi? Namoyish
uchun, muloqot yoki o‘qitishni to‘liq qo‘llab-quvvatlash uchunmi?
Ana shu
savollarga javob topilgandan keyin sayt ishlanmasi yaratishni boshlashimiz
mumkin. U quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
saytning zaruriyligini, butun sayt va uning qismlari maqsadini asoslash;
foydalanuvchilarning faoliyati va texnik imkoniyatlaridan
kelib chiqqan
holda saytni mazmunan to‘ldirish va tizimga keltirish;
saytni yaratish va uni joylashtirish;
saytni tahrirlab turish, davriy ravishda rivojlantirib borish;
1