PEDAGOGIKA
2017, 6-son
82
oshirishni nazarda tutadi
1
. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi
jadal rivojlanish o‘quv jarayonini ochiq o‘quv arxitekturasi asosida qurishni talab
qilmoqda.
Ma’lumki, ijodiy ishlarning natijasi yangi bilim, yangi axborot hisoblanadi,
uni tarqatish yoki omma e`tiboriga havola qilishning eng oddiy va samarali
usullaridan biri bu internetdir. Internetdagi nashr natija berishi uchun esa
pedagogik web-dizayn asoslari juda muhimdir. Bu o‘z navbatida “Pedagogik
web-dizayn” modulining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ma’lumki, axborot
texnologiyalari yo‘nalishlarida “Pedagogik dasturiy vositalar va pedagogik web-
dizayn” fani o‘qitiladi. Axborot manbalarida keng qo‘llanib kelinayotgan
“pedagogik dizayn” (“Instructional design”, yoki ID) termini bizning
mamlakatimizda ham muomalaga kirib kelmoqda. Aksariyat ekspert olimlarning
tasdiqlashicha, o‘qitishning elektron vositalari pedagogik web-dizayni
innovatsion o‘quv materialining sifatiga bevosita ta’sir o‘tkazadi.
Pedagogik dizayn A. Y. Uvarov ta’rifiga ko‘ra, o‘quv jarayonida bilimlarni
samarali qo‘llashni loyihalash, ishlab chiqish, baholash va o‘quv materiallarini
o‘qitish va ta’lim berishning tizimli ketma-ketligi demakdir
2
. Pedagogik dizayn
o‘quv materiallarini loyihalash jarayoni sifatida bir qator tartibli jarayonlarning
aniq ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. O‘quv materiallarini yaratishning asosiy sikli
beshta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi:
a) tahlil – o‘qitishni olib borishning qanchalik zarurligi (talablar tahlili),
o‘qitishning talab qilinadigan maqsadlari (maqsadlar tahlili), kelajak o‘quv
ishlarining vosita va shartlari (shartlar tahlili);
b) loyihalash – rejalashtitrish, timsollarni ishlab chiqish, asosiy qarorlarni
tanlash, ssenariylarni tuzish;
c) ishlab chiqish – rejalar, ssenariylar va timsollarni o‘quv materiallari
to‘plamiga almashtirish;
d) qo‘llash – o‘quv materiallarini o‘quv jarayonida qo‘llash;
e) baholash – o‘quv ishlarining natijalari baholash.
1