Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
78 
yoritib berilsa, boshqasi deduktiv(muammoli izlanish) metodini qо‘llash orqali 
yoritishi mumkin. Bu metodlar esa boshqa bir dars jarayoni uchun umuman 
tо‘g‘ri kelmasligi ham mumkin. Metod tanlashning mezonlaridan biri о‘quv 
jarayonini tashkil qilishda ta’limning turli metodlaridan foydalanishning 
zarurligidir. O‘qituvchi о‘z imkoniyatlari va pedagogik bilim darajasiga tayangan 
holda, ta’lim metodini tanlasa, bu orqali yuqori darajadagi о‘quv – tarbiya 
natijalariga erishishi mumkin bо‘ladi. 
Har bir metod boshqa bir metod bilan birga qо‘llaniladi. Masalan, 
reproduktiv va muammoli-izlanish metodi suhbat, kо‘rgazmalar amaliy faoliyat 
yordamida qо‘llaniladi. O‘z navbatida, suhbat, kо‘rgazmali va amaliy faoliyat 
metodlari ham reproduktiv yoki izlanish metodlari orqali qо‘llanilishi mumkin. 
Mehnat ta’limi yо‘nalishida о‘qitiladigan ixtisoslik fanlari obraz, belgi, 
tushunchalarni yaratish bilan bog‘liq amaliy vazifalarni ham о‘z ichiga oladi. Ular 
kreativlikni rivojlantirish, mantiq bilan sezgi, tasavvurlar bilan xayollar birligi 
kabilardir. Bu mashqlar intellektuallikni charxlash maqsadida amalga oshiriladi. 
Ta’lim jarayonida faqat tasavvurlarni faollashtirish masalasi maqsad qilib 
qо‘yilmaydi, balki ijodiy muhitni yaratish ham kо‘zlanadi. Bu sharoitda talabalar 
bilan о‘qituvchilarning hamkorlikdagi ishlari yuzaga chiqadi. Birgalikdagi ijobiy 
harakatlar, albatta, о‘rganilayotgan masalaga nisbatan ijobiy yondashuvga turtki 
bо‘ladi. Talabalarga tasodifiy vositalar yordamida obraz yaratish topshirig‘i 
berilib, ular kichik tо‘qima hikoya va grafikadan iborat bо‘lishi mumkin. Mabodo, 
talabada grafik vositalar bilan mukammallashtirish mahorati yetishmasa, vazifani 
bajara olmasligi mumkin. Kreativlik (ijodiy qobiliyat) qaysi sohada bо‘lishidan 
qat’i nazar, umumiy asosga ega bо‘ladi. Ma’lum bir materialda ishlangan narsa 
boshqasiga ham kо‘chirila oladi. Eng asosiy yо‘l tasavvurlar va fikrlarni 
uzviylashtiruvchi vosita savollardan iborat qilib belgilanganligidir
1

Og‘zaki va yozma ma’lumotlarni kо‘rsatish imkonini beradigan shaklga 
aylantirish 
qobiliyati 
bо‘lajak 
mutaxassisning, 
ya’ni 
mehnat 
ta’limi 
о‘qituvchisining kasbiy sifati sanaladi. Har xil о‘quv axborotini kо‘rgazmali 
shaklga aylantirish nafaqat о‘quv axborotlarni yaxshi о‘zlashtirishga olib keladi, 
balki aytish joiz bо‘lsa, bosh miya о‘ng qismida obrazlarning paydo bо‘lishiga, 
bilimlarni bir tizimga solishga ko‘maklashadi, olingan bilimlar umumiy ta’lim va 
1

Download 2,8 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish