• PEDAGOGIKA 2017, 6-son 76
  • Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/136
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,8 Mb.
    #149178
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   136
    Bog'liq
    4979 197 2017. 6-son

    Муслимов Н. А. Бўлажак касб таълими ўқитувчиларини касбий шакллантириш. – Тошкент: 
    Фан, 2004. – Б. 82. 
    2
    Qarang: Муслимов Н. А. Бўлажак касб таълими ўқитувчиларини касбий шакллантириш.
    – Тошкент: Фан, 2004. –
    Б. 83. 


    PEDAGOGIKA 
    2017, 6-son
     
     
    76 
    Bunda oliy ta’lim muassasasi о‘qituvchisining о‘quv faoliyatini 
    loyihalashtirish mantig‘i eng umumiy kо‘rinishda quyidagicha ifodalanishi 
    mumkin: 
    ­ о‘qitishning didaktik maqsadlarini aniqlash, kutilayotgan didaktik 
    natijani о‘lchanadigan parametrlarda tavsiflash; 
    ­ о‘qitish mazmunini mutaxassisning bо‘lajak kasbiy faoliyati doirasida 
    asoslash; 
    ­ о‘quv materiali mazmunining strukturasini, uning axborot sig‘imi va 
    shuningdek, uning elementlari orasidagi ma’naviy bog‘lanishlarni aniqlash; 
    ­ talabalar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan kasbiy tajribani bilish va uni amaliy 
    vazifalar tizimi kо‘rinishida ifodalash; 
    ­ bu tajribani о‘zlashtirishning maxsus didaktik tomonini, yakka tartibli 
    (individual) va jamoaviy о‘quv faoliyatining maqbul metodlari, shakllari va 
    vositalarini izlash; 
    ­ talabalar bilan subyektiv munosabatlar darajasida о‘zlashtirilayotgan 
    tajribani yangi faoliyat sohalariga kо‘chirish maqsadida pedagogik о‘zaro ta’sirni 
    tashkil etish mantig‘ini aniqlash; 
    ­ о‘quv dasturini о‘zlashtirish sifatini nazorat qilish. 
    Demak, yuqorida keltirilgan har bir bosqich boshqalaridan hal etilayotgan 
    vazifalari va olinayotgan natijasi bilan farq qiladi. Bu loyihalashtirish jarayoni 
    mantig‘iga muvofiq hisoblanadi va kafolatlangan natijaga erishishni ta’minlaydi. 
    Aytilgan fikrlardan kelib chiqadiki, pedagogik loyiha pedagogning amallari 
    ketma-ketligi 
    sifatida 
    yuqorida 
    kо‘rsatilgan 
    tartibda 
    mutaxassislarni 
    tayyorlashning dolzarb muammosini hal etish imkonini beradi va oliy ta’lim 
    muassasasining ta’lim amaliyotida ommaviy foydalanish uchun qulaydir. 
    Mehnat ta’limi yо‘nalishida о‘qitiladigan ixtisoslik fanlarida talabalarda 
    kasbiy sifatlargina shakllantirilib qolmay, balki ularda texnologik va kreativ 
    sifatlarni ham yuzaga chiqarishga e’tibor qaratiladi. 
    Demak, mashg‘ulotlarni olib borishda talabalarning kasbiy sifatlari 
    hisoblangan texnologik, loyihalash va kreativlik kompetentliklari shakllantirib 
    boriladi. 



    Download 2,8 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   136




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish