PEDAGOGIKA
2017, 6-son
73
1-jadval
Guruhlar
O‘zlashtirish ko‘rsatkichi
Talabalar
soni
A’lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz
Tajriba
7
14
9
-
30
Nazorat
5
12
14
-
31
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, akademik litsey
va kasb-hunar kollejlari
algebra va analiz kursida masalaning tasvirli ko‘rinishda berilishi o`quvchida ilmiy
bilishgа qiziqishni оshirаdi, o`quv mаtеriаlini o`zlаshtirishni оsоnlаshtirаdi
hamda mаtеmаtik bilimlаrning mustаhkаm bo`lishigа yordаmlаshаdi.
Demak, matematikaning algebra va analiz bo‘limida
tasvirli masalalardan
foydalanish, avvalo, algebra va analizga doir tushunchalarni tasvirda, ya’ni
geometrik shaklda tasavvur qilish imkonini yaratadi. Bu, o‘z
navbatida,
o‘quvchida fazoviy tasavvurni rivojlantirish bilan birga,
algebra va analiz
tushunchalarining tabiiy shakli haqida fikr yuritishga undaydi. Umuman, tasvirli
masalalarning boshqa fanlarda qo‘llanilishi o‘quvchilarda geometrik tasavvurni
kengaytirish bilan bu fanlarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Algebra va analizga oid tasvirli masalalarni yechish nazariylashtirgan holda
o‘qitishga
yondashishdan biroz chetlashib, o‘quvchining kundalik hayotda
matematik bilimlarni tatbiq eta olish ko‘nikmalarini
shakllantirish va
rivojlantirishga erishishga ko‘maklashadi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash
imkoniyatlarini rivojlantiradi.